Postmodern jamiyatda o‘zgalarga toqatlilik deformatsiyasi

Ushbu dissertatsiya oʻzbek olimi Mamasaliyev Mirzooulugʻ Mirsaidovichning

Asosiy mavzular

  • Dissertatsiyaning maqsadi va vazifalari: Postmodern jamiyatda oʻzgalarga toqatlilik tamoyilining mazmuniy oʻzgarishlari va deformatsiyasining shaxs, jamiyat va umuminsoniy qadriyatlarga ta'sirini aniqlash. Zamonaviy jamiyatda “oʻzgalarga toqatlilik” tushunchasining ilmiy-konseptual asoslari va namoyon boʻlish shakllarini tadqiq etish; postmodern jamiyatda o'zgalarga toqatsizlikni kuchayib borishiga ta'sir koʻrsatuvchi omillarini aniqlashtirish; jamiyatda destruktiv xarakterning shakllanishi ta'sirida oʻzgalarga toqatlilik deformatsiyasining sabablari va oqibatlarini ochib berish; O'zbekistonda oʻzgalarga toqatsizlikni kuchayib borishiga sabab bo'layotgan ijtimoiy muammolarni tahlil etish; postmodern jamiyatda diniy bagrikenglikni rivojlantirish zaruriyati, sohadagi ijtimoiy vazifalarni asoslab berish; Oʻzbekiston sharoitida oʻzgalarga toqatlilikni rivojlantirishning sekulyaristik-konsensus hamda alturistik fazilatlar asosida takomillashtirishga oid taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
  • Postmodern jamiyatda oʻzgalarga toqatlilik tushunchasining nazariy-metodologik asoslari: Postmodern jamiyat va unda deformatsion jarayonlarning rivojlanishi hamda “oʻzgalarga toqatlilik” tushunchasining mazmun-mohiyati va ilmiy-konseptual asoslari tadqiq etilgan hamda namoyon boʻlish shakllari va ijtimoiy ahamiyati, oʻzgalarga toqatlilikni shakllantiruvchi ijtimoiy va shaxsiy omillar ochib berilgan. Postmodern jamiyat XX asrning 80 yillari oxirida qaror topgan. O'tgan asrning 70 yillarida boshlangan ijtimoiy-iqtisodiy, industrial-texnologik, ijtimoiy-madaniy oʻzgarishlar kishilik jamiyati o'z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo'yganidan dalolat beradi va bu bosqichga xos xususiyat va tendensiyalarini ifodalash uchun "postmodern jamiyat" tushunchasidan foydalanilmoqda.
  • Postmodern jamiyatda oʻzgalarga toqatlilikning zaiflashuvi: sabab va oqibat dialektikasi: Postmodern jamiyatda oʻzgalarga toqatlilikni kuchayib borishiga ta'sir koʻrsatgan omillar, oʻzgalarga toqatlilik deformatsiyasi sabablari va ijtimoiy oqibatlari hamda O'zbekistonda oʻzgalarga toqatsizlikni kuchayib borishiga sabab bo'layotgan ijtimoiy muammolar falsafiy tahlil etilgan. Ijtimoiy ziddiyat - ijtimoiy birliklar o'rtasidagi munosabatlarni bir shakli boʻlib, xalqlar, millatlar va elatlarni ochiq qarama-qarshiligi, oʻzaro bahsli holatini tavsiflovchi jarayon boʻlib, bu qarama-qarshiliklar qurolli toʻqnashuvlar, hatto ochiq urushga aylanish xavfini vujudga keltirishi mumkin.
  • Oʻzbekiston sharoitida oʻzgalarga toqatlilikni mustahkamlash imkoniyatlari: Postmodern jamiyatda oʻzgalarga toqatlilikni oʻzgarishining psixologik aspektlari va mazmuni hamda jamiyatda oʻzgalarga toqatlilikni shakllantirish istiqbollari tadqiq etilgan. Hozirgi zamon insonida ikki dialektik holat paydo boʻldi: bir tomondan, u mustaqil, oʻziga ishonadi, tanqidiy yondashadi, ikkinchi tomondan, tobora yolg'izlanib, boshqalardan ajralgan va qo'rqoq holatda yashay boshladi. Postmodern jamiyatda individ oʻz fazilatlari va sa'y-harakatlari evaziga ilg'or boʻlish imkoniyatiga ega boʻldi. U o'z kuchiga ishonishga, mas'uliyatli qarorlar qabul qilishga, unga taskin beradigan yoki qo'rqitadigan har qanday odatlarni uloqtirib tashlashni o'rgandi.