10-11 sinf o‘quvchilarida tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish
Ushbu dissertatsiya mavzusi zamonaviy ta'lim jarayonida 10-11-sinf o'quvchilarida tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan. Tadqiqotda tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda dasturiy ta'minotni takomillashtirish masalalari ko'rib chiqilgan bo'lib, ushbu jarayonlarni takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati: Jahon ta'lim muassasalarida oʻquvchilarning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy ta'minot vositalari yordamida ta'lim oluvchilarni tayanch kompetensiyalarini takomillashtirishning kreativ modellari amaliyotga tatbiq etilmoqda. Butun jahon forumida ta'limning barqaror taraqqiyotni ta'minlovchi “Ta'lim-2030” Inchxon deklaratsiyasida qabul qilindi va unga koʻra butun hayot davomida sifatli ta'lim olishga imkoniyat yaratish ta'lim taraqqiyotini belgilovchi omil sifatida qaraldi.
- Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yoʻnalishlariga mosligi: Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda, innovatsion gʻoyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo'llari” ustuvor yo'nalishga muvofiq bajarilgan.
- Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Respublikamiz uzluksiz ta'lim tizimida o'qitishning muammolari, umumiy oʻrta ta'lim maktablarida ta'limni tashkil etish B.Abdullaeva, A.Azamov, Sh.A.Alimov, M.Jumaev, X.B.Norboʻtaev, R.G.Isyanovlar; ta'limda kompetensiyaviy yondashuvning mohiyati B.N.Alimov, M.M.Vahobov, N.A.Muslimov, A.A.Xasanov, K.R.Atabaeva, S.Y.Temurov, T.Bugubayeva, ta'lim tizimini axborot texnologiyalari sohasida A.Abduqodirov, Begimqulov.U.Sh, M.E.Mamarajabov, Oʻ.Tolipovlarning ilmiy izlanishlarida tadqiq qilingan.
- Tadqiqotning maqsadi: 10-11 sinf oʻquvchilarida tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishning dasturiy ta'minotini joriy etish metodikasini takomillashtirish.
- Tadqiqotning usullari: Tadqiqot jarayonida nazariy tahliliy, qiyosiy-taqqoslash, diagnostik so'rovlar, test oʻtkazish, kuzatish, umumlashtirish, pedagogik tajriba-sinov va matematik ma'lumotlarni statistik qayta ishlash, natijalarni grafik tasvirlash usullaridan foydalanildi.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 10-11 sinf o'quvchilarining tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari elektron ta'lim resurslarini yaratish talablarini ta'limiy maqsadlar mazmuniga variativ moslashtirish, ijtimoiy muhitning tarkibiy qismlarini individual, psixologik, motivatsion-hissiy va irodaviy, faollik, rivojlanganlik xususiyatlarini bosqichma-bosqich integratsiyalash, fanga oid kompetensiyalarni oʻquvchilar kompetentligining oʻzaro bog'liqligi va vektorli shakllariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan.
- Tadqiqotning amaliy natijalari: 10-11 sinf o'quvchilarini dasturiy ta'minotini rivojlantirish bo'yicha yaratilgan oʻquv qo'llanmalar darsliklar taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Ilmiy ahamiyati innovatsion ta'lim-tarbiya jarayonida 10-11 sinf o'quvchilarining dasturiy ta'minotini rivojlantirish dolzarb muammo ekanligining asoslanganligi, o'quvchilarda shaxsiy sifatlar majmui, texnologik savodxonlik, ularning axborotlar bilan ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish, tanqidiy va mustaqil fikrlash potensiali darajasini aniqlovchi mezonlar va darajalari, axborot madaniyatini rivojlantirish yo'llari va bosqichlarining oʻrganilganligi, o'quvchilarning dasturiy ta'minotida axborot madaniyatini rivojlanganligini baholash mezon va koʻrsatkichlarining ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kompetensiyaviy yondashuv asosida umumiy o'rta ta'lim maktablarida matematika oʻqitish metodikasini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
- XULOSALAR: 1. 10-11 sinf o'quvchilarining Web-dasturlarga ta'luqli bilim darajalari ko'nikmalarini kompetensiyaviy yondashuv asosida o'qitish metodikasini takomillashtirish metodik jihatlariga ijodiy yondashuvning tarkibiy qismlari individual, psixologik, kasbiy hamda dars va masalalar echish metodikasini kiritish asosida takomillashtirilgan.
- TAVSIYALAR: 1. 10-11 sinf oʻquvchilarining mustaqil fikrlash qobiliyatini mantiqiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish.