Ruda konsentrati tarkibidan Bi (III) va Sb (III) ionlarini dietiltiokarbamat tuzlari eritmalari bilan aniqlashning voltamperometrik usullarini ishlab chiqish

Ushbu tadqiqot ishi rudali konsentratlar tarkibidagi surma (Sb) va vismut (Bi) ionlarini dietiltiokarbamat tuzlari bilan aniqlashning voltamperometrik usullarini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Tadqiqotda ushbu metallarning mikromiqdorlarini aniqlash uchun yuqori sezgirlik va selektivlikka ega bo'lgan yangi usullar taklif etilgan. Ishlab chiqilgan usullar sanoat chiqindilari va turli xil murakkab aralashmalarda ham qo'llanilishi mumkinligi ko'rsatilgan. Tadqiqot natijalari O'zbekiston Respublikasi va xalqaro jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar, shuningdek, foydali modelga patent bilan tasdiqlangan.

Asosiy mavzular

  • Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Dunyoda kimyo sanoati, tibbiyot, elektroenergetika va xalq xoʻjaligi turli tarmoqlarining jadal rivojlanishi surma va vismut metallarining mikrokonsentratsiyasini aniqlashning ekspress usullarini ishlab chiqish zaruratining ortib borishiga olib keladi. Vismut tibbiyotda og'riq qoldiruvchi, diareyaga va oshqozon-ichak dispepsiyasini davolashda, surma leyshmanioz va ba'zi gelmintozni davolashda qo'llanadi. Yuqori toza vismut yadroviy sanoat reaktorlarida issiqlik tashuvchisi yoki sovutish suvi sifatida va atom parchalanish qurilmalarini himoya qilish uchun material sifatida ishlatiladi. Vismut va surmadan tayyorlangan yarim oʻtkazgich komponentlari konditsionerlar, muzlatgichlarni yigʻish uchun tengsiz hisoblanadi. Shu sababli, surma va vismut mikromiqdorlarini aniqlashning sezgirligi va tanlab ta'sir etuvchanligi yuqori boʻlgan, tezkor usullarini yaratish amaliy ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli "2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida" gi farmonida sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan.
  • Tadqiqotning usullari va ilmiy yangiligi: Tadqiqotda voltamperometriya, potenciometriya, kulonometriya, polyarografiya, matematik va statistik, hamda kvant-kimyoviy hisoblash usullaridan foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iboratki, Sb(III) ioni bilan N,N-NaDEDTK reagentini va Bi(III) ioni bilan N,N-PbDEDTK reagentini kompleks hosil qilishining optimal sharotlari inversion voltamperometrik usulda topilgan va ularning pastki aniqlash chegaralari aniqlangan. Shuningdek, kompleks hosil qilish mexanizmi isbotlangan va usullar ishlab chiqilgan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari va joriy qilinishi: Tadqiqotning amaliy natijalari sifatida Sb(III) ionini N,N-NaDEDTK va Bi(III) ionini N,N-PbDEDTK bilan kompleks hosil qilish imkonini beruvchi tezkor, selektiv va sezgir voltamperometrik uslublar ishlab chiqilganligi keltirilgan. Ushbu uslublar Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan foydali modelga patent olindi va "Muborak gazni qayta ishlash zavodi” hamda “Gissarneftgaz” Oʻzbekiston-Shvesariya qoʻshma korxonasi analitik laboratoriyalariga joriy etildi.