"Qutadg'u Bilig" asarida milliy-madaniy va universal leksika: semantik va tarjima aspektlari
Ushbu dissertatsiya mavzusi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil mavzusidagi tadqiqot bo'lib, unda "Qutadg'u bilig" asaridagi milliy-madaniy va universal leksikaning semantik va tarjima aspektlari tahlil qilingan. Tadqiqotda "Qutadg'u bilig" asarining ingliz, rus va o'zbek tilidagi tarjimalaridan olingan milliy-madaniy va universal leksikaning semantik va tarjima jihatlari aniqlangan. Tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti tavsiflangan, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, xorijiy ilmiy-tadqiqotlar sharhi, mavzuning oʻrganilganlik darajasi, tadqiqot usullari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati: Dunyo tarjimashunosligida til va madaniyat ifodasi nafaqat uzviylikda, balki oʻziga xos lingvistik hodisa sifatida ham oʻrganiladi. Hozirgi bosqichda turli tuzimli tillardagi milliy-madaniy, universal leksema va iboralarning semantik hamda tarjima xususiyatlarini oʻrganish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tarjimashunoslikda olamning milliy tasviri, xalq mentaliteti, madaniy paradigmani diaxron va sinxron nuqtayi nazaridan aks ettishi butun dunyo olimlarini qiziqtirmoqda. “Qutadgʻu bilig” asaridagi milliy-madaniy va universal leksikani tadqiq qilish zamonaviy tilshunoslik hamda tarjimashunoslikning jiddiy vazifalari
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: ijtimoiy-tarixiy voqelik, din, milliy urf-odat va an'analar hamda umumbashariy qadriyatlarni oʻzida umumlashtirgan til va madaniyat oʻrtasidagi munosabatlar turli tizimli tillardagi universal hamda milliy-madaniy leksemalarning semantik va tarjima xususiyatlari orqali asoslangan; milliy-madaniy va universal leksik birlik hamda iboralarning semantik munosabatlarini qiyosiy-chogʻishtirma tahlil qilish orqali “Qutadgʻu bilig” asarining ingliz, rus tillariga tarjimalarida hamda oʻzbek tiliga tabdilida transkripsiya va transliteratsiya kabi transformatsiya usullarining ustunligi aniqlangan; milliy-madaniy leksikani qiyosiy tahlil qilish orqali "Qutadg'u bilig” asarining ingliz, rus tillariga tarjimalarida hamda oʻzbek tiliga tabdilida milliy-madaniy leksika mezonlarini aniqlash natijasida uning tematik paradigmasi ishlab chiqilgan; madaniyatlararo tahlil usuli orqali "Qutadg'u bilig" asarida uchraydigan universal leksemalarning tarjimasi ingliz, rus va turk xalqlarining dunyoqarashini hamda diniy tasavvurlarini aks ettirishi isbotlangan; statistik usul yordamida dil, qalb, insoniylik, olimlik, rahm-shafqat kabi universal leksemalarning “Qutadgʻu bilig” asarining ingliz, rus tillariga tarjimalarida hamda oʻzbek tiliga tabdilida ifodalanish chastotasi aniqlangan; "Qutadg'u bilig"ning pandnoma leksikasini oʻrganish asosida asar leksikasining asosini tashkil etgan didaktik va diniy leksemalarning 14 asosiy aksiomasini ishlab chiqish hamda didaktik g'oyalarning 12 asosiy postulatini aniqlash orqali muallif va tarjimon mahorati baholangan.
- Tadqiqotning amaliy natijalari: Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu Bilig” asarining hozirgi oʻzbek adabiy tiliga tabdili, shuningdek, ingliz va rus tillaridagi tarjimasi qiyosiy tahlil qilinib, milliy-madaniy xususiyatga ega soʻzlar tahlili natijasida uning tematik paradigmasi ishlab chiqilganligi to'g'risidagi ilmiy natijalardan foydalanilgan holda monografiya nashr qilingan; Yusuf Xos Hojibning “Qutadg'u Bilig