Jamiyatda marginallashuv jarayonlarining ijtimoiy - falsafiy jihatlari
Ushbu doktorlik dissertatsiyasi O'zbekiston Respublikasi
Asosiy mavzular
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.: Jahonda globallashuv jarayonlarining ortib borishi, jamiyat va inson oʻrtasidagi ijtimoiy-madaniy munosabatlarida turli paradigmalarni keltirib chiqarib, inson-jamiyat-davlat strukturasida global ijtimoiy hodisalar yuz bermoqda. Xalqaro migratsiya omilining kengayib borishi, jamiyatdagi ijtimoiy institutlar faliyatidagi madaniy oʻzgarishlar, assimilyatsiya hodisasining keskinlashib borishi, urf-odat an'analarning madaniy xususiyatlarini qadrsizlanishi, ijtimoiy turmush-tarzidagi atributlar, mavqe va maqomning oʻzgarishi jamiyatda oʻziga xos tendensiya sifatida qaralib, ijtimoiy munosabatlar kontekstida oʻziga xos yondashuvlarni yuzaga keltirmoqda. Jamiyatda yuzaga kelayotgan marginal guruhlarning ehtiyojlari, ijtimoiy munosabatlarning yangi shakllari va dunyoning turli mintaqalarida kuzatilayotgan tartibsiz sotsiomadaniy protseslar, mintaqaviy integratsiya, siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy omillar ilg'or texnologiyalar va iqtisodiy kuch taqsimotining yangi modellari jamiyatda ijtimoiy tengsizlikni chuqurlashtirib ayrim guruhlar, aholining zaif qatlamlari va boshqa toifalarda ijtimoiy qarama-qarshiliklarni paydo qilmoqda. Ushbu omillar bilan bir qatorda jamiyatdagi ma'naviy-madaniy xilma-xillik ijtimoiy tizimning yaxlitligi va muvozanatiga salbiy ta'sir etib sotsial-madaniy paradigmalarning zaruriy oʻzgarishida madaniy nomutanosiblikni keltirib chiqarmoqda.
- Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi.: Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda, innovatsion g'oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo'llari” ustuvor yoʻnalishi doirasida bajarilgan.
- Muammoning oʻrganilganlik darajasi.: Jamiyatda marginallashuv jarayonlarini ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish bir qator ijtimoiy-gumanitar fanlarning obyekti boʻlib, jamiyatda marginallashuv jarayonlarining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ilmiy tadqiq etish ko'p asrlik falsafiy an'analar bilan uzviy bog'liqdir. Antik davrdayoq shaxs hamda jamiyat munosabatlarida kechadigan ziddiyatli jarayonlar, boʻlinishlar va asl manba(ildiz)dan yiroqlashuv holatlari haqida fikrlar mavjud edi. Mazkur masala ilk bor Suqrot tomonidan insonning axloqiy kamolotga erishishi jarayonida paydo boʻladigan ijtimoiy ziddiyatlar orqali kuzatilgan. Unda shaxsning oʻz jamiyati oldidagi burchi va shaxsiy axloqiy qarashlari oʻrtasida paydo boʻladigan boʻshliq marginallashuvni keltirib chiqarishi mumkinligi e'tirof etilgan. Platon esa jamiyat tuzilishida tabaqalashuvni tartibli tashkil qilish zarurligi, aks holda, ayrim guruhlar davlat mexanizmi “chetida” qolib ketishi mumkinligini ta'kidlagan. Aristotel 'siyosat' tushunchasini tartibli jamiyat qurish bilan bog'lab, unda shaxslar oʻzi mansub qatlamda to'liq amalga oshishi uchun sharoit bo'lmasa, oʻsha qatlamda chetlashuv (marginallashuv) sodir bo'lishini
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi.: globallashuv sharoitida marginallik hodisasining rivojlanib borishi, shaxs identifikatsiyasida muhim o'rin tutuvchi aksiologik munosabatlar stimuliga (transendental, sotsiosentrik va antroposentrik) assimetrik (nomuvofiq) ta'siri salbiy ijtimoiy hodisa sifatida falsafiy asoslangan; jamiyatda mehnat migratsiyasining ortib borishi madaniy turmush tarzidagi ijobiy (iqtisodiy farovonlik, inson kapitalining oshishi, praksiologik kompotensiya va innovatsion tafakkurning rivojlanish kabi) oʻzgarishlar bilan bir qatorda, yoshlar qatlamida ijtimoiy infantillik (ijtimoiylashuv mexanizmlarining buzilishi, sotsial izolyatsiya, me'yor va qadriyatlarni rad etish kabi) hodisalarini keltirib chiqarishi qiyosiy ochib berilgan; sotsiumda ijtimoiy oʻzgarishlarni rag'batlantirish va ijtimoiy integratsiyani ta'minlash, zamonaviy sharoitda marginal shaxsning deviant-xulq atvoridagi oʻzgarishlar dinamikasiga ijobiy ta'sir etib, yoshlarni demokratik islohotlarga aksiologik munosabatini rivojlantiruvchi sotsial drayver ekanligi aniqlangan; jamiyatda sodir boʻlayotgan marginal madaniy deformatsiya jarayonlari jamiyatda ijtimoiy (giyohvandlik, alkogolizm, tilanchilik, tekinxoʻrlik) deformatsiyalarni keltirib chiqarib, shaxsdagi marginal xususiyat va gedonistik tafakkurni olidini olish inson va jamiyatning immanent uzviyligini ta'minlovchi ijtimoiy (bilim, iste'dod, tajriba), madaniy (axloq, qardriyat, an'ana,) komponentlarga bog'liqligi falsafiy jihatdan isbotlangan.
- Tadqiqotning amaliy natijalari.: jamiyatda marginallashuv jarayonlarining sabablari va oqibatlarini ilmiy asosda saralash orqali marginallashuv jarayonlarini kamaytirish, ijtimoiy adolatni ta'minlash va jamiyatni birlashtiruvchi g'oyalarini rivojlantirish qiyosiy jihatdan asoslandi; marginallashuv jarayonlarini ilmiy-amaliy oʻrganish orqali, mahalliy idoralar va vakolatli tashkilotlar muhtoj guruhlar holati, ularni jamiyatga qayta integratsiya qilishga doir dastur loyihalari ishlab chiqildi; tadqiqot jarayonida marginallashgan qatlamlar uchun mos ta'lim metodlari, ma'naviy-ma'rifiy tarbiya usullari hamda ma'naviy qadriyatlarni qo'llab-quvvatlash mexanizmlariga oid ilmiy yondashuvlar amaliyotga tatbiq etildi.
- Tadqiqot natijalarining ishonchliligi.: Tadqiqot natijalarining ishonchliligi xalqaro va respublika miqyosdagi OAK roʻyxatiga kirgan ilmiy jurnal va konferensiyalarda maqola va ma'ruza shaklida muhokamasi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundaki, marginallashuv jarayonlarini chuqur ilmiy tadqiq etish orqali jamiyatdagi chetlashuv, ijtimoiy tengsizlik, global migratsiya, kulturologiya va identiklik muammolari kabi yo'nalishlarda metodologik yondashuvlar boyitiladi. Jamiyatda marginallashuvni falsafiy analiz qilish natijasi o'laroq, shaxs ongi va qadriyatlar tizimida kechadigan transformatsiya jarayonlari haqida yangi ilmiy xulosalar taqdim etiladi, bu esa milliy, madaniy hamda global shart-sharoitlarda turli soha olimlari uchun universal ilmiy nazariy model yaratish imkonini beradi. Marginallashuv jarayonlarini komparativ (qiyosiy) tahlil qilish orqali jahon ilmiy adabiyotidagi turli yondashuvlarni mahalliy sharoitga moslashtirish imkoniyati paydo boʻladi. Natijada ilmiy falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik va pedagogika sohalarida marginallashuvni tushunish uchun puxta nazariy asos shakllanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ishlab chiqiladigan ilmiy xulosa va tavsiyalar, eng avvalo, davlat siyosati darajasida marginallashgan qatlamlarni ijtimoiy muhofaza qilish mexanizmlarini takomillashtirishda muhim dasturilamal vazifasini o'taydi. Marginallashuv jarayonlarining sabab va oqibatlarini to'laqonli anglash orqali jamiyatda ixtiloflar, noroziliklar hamda ijtimoiy qarama-qarshiliklarni bartaraf etish yoki oldini olish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bu esa barqaror rivojlanishni ta'minlashda muhim omil sifatida namoyon boʻladi. Ta'lim muassasalarida marginallashuv jarayonlarini tushuntiruvchi maxsus oʻquv dasturlari yoki seminarlar tashkil etish imkoni paydo boʻlib, bu orqali yoshlar ongida keng qamrovli madaniy-ijtimoiy ongni shakllantirish, chetlashuv holatlarining oldini olish kabi amaliy samaralarga erishish mumkin.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.: jamiyatda marginallashuv jarayonlarini ilmiy-nazariy jihatdan har tomonlama oʻrganish hamda ularni amaliyotda samarali boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqishga doir tadqiqot natijasida: globallashuv sharoitida marginallik hodisasining rivojlanib borishi, shaxs identifikatsiyasida muhim o'rin tutuvchi aksiologik munosabatlar stimuliga (transendental, sotsiosentrik va antrosentrik) assimetrik (nomuvofiq) ta'siri salbiy ijtimoiy hodisa sifatida falsafiy asoslanganligiga oid tavsiyalardan Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi saylovoldi dasturining “Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga intilamiz!” qismining asosiy ustuvor yo'nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2025-yil 16-yanvardagi 1-47-sonli dalolatnomasi). Natijada, partiya ijtimoiy-siyosiy mafkurasining asosiy qadriyati hisoblangan “har bir inson uchun ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillari asosida munosib yashash sharoitini yaratish, ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berish" ga oid mezonlarni ishlab chiqishga samarali xizmat qilgan; jamiyatda mehnat migratsiyasining ortib borishi madaniy turmush tarzidagi ijobiy (iqtisodiy farovonlik, inson kapitalining oshishi, praksiologik kompotensiya va innovatsion tafakkurning rivojlanish kabi) oʻzgarishlar bilan bir qatorda, yoshlar qatlamida ijtimoiy infantillik (ijtimoiylashuv mexanizmlarining buzilishi, sotsial izolyatsiya, me'yor va qadriyatlarni rad etish kabi) hodisalarini keltirib chiqarishni oʻrganishning ijtimoiy falsafiy mohiyatini ochib berishga oid ilmiy yangiliklardan Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining elektorat manfaatlari yo'lidagi amaliy faoliyatida, partiyadan saylangan deputatlar faoliyatini amalga oshirish jarayonida hamda partiya tomonidan o'tkaziladigan siyosiy oʻquv soatlarini tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2025-yil 16-yanvardagi 1-47-sonli dalolatnomasi). Natijada, mazkur dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosa va tavsiyalardan partiya saylovoldi dasturini ishlab chiqishga hamda partiyaning amaliy faoliyatini samarali tashkil etishga yordam bergan; sotsiumda ijtimoiy oʻzgarishlarni rag'batlantirish va ijtimoiy integratsiyani ta'minlash, zamonaviy sharoitda marginal shaxsning deviant-xulq atvoridagi oʻzgarishlar dinamikasiga ijobiy ta'sir etib, yoshlarni demokratik islohotlarga aksiologik munosabatini rivojlantiruvchi sotsial drayver ekanligiga oid ilmiy xulosalardan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining 2024-yil uchun chora tadbirlar dasturining III yoʻnalishida belgilangan "Milliy g'oya targ'ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog'lom mafkura, yangi ma'naviy makon, ma'rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar" 31-bandi “Gʻoyaviy-mafkuraviy tahdidlarning ta'sirini tadqiq qilish, zamonaviy raqamli targ'ibot texnologiyalarini qoʻllash borasida rivojlangan mamlakatlar tajribasini oʻrganish uchun ilmiy jamoalarni xorijga yuborish yuzasidan takliflar tayyorlash” mavzusida oʻtkazilgan targ'ibot ishlarini tashkil etish va oʻtkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 20-yanvardagi 10/25-sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar globallashuv sharoitida jamiyatda kechayotgan marginallashuv jarayonlarining ijtimoiy – falsafiy jihatlarini ilmiy asoslashga xizmat qilgan; jamiyatda sodir boʻlayotgan marginal madaniy deformatsiya jarayonlari jamiyatda ijtimoiy (giyoxvandlik, alkogolizm, tilanchilik, tekinxoʻrlik) deformatsiyalarni keltirib chiqarib, shaxsdagi marginal xususiyat va gedonistik tafakkurni olidini olish inson va jamiyatning immanent uzviyligini ta'minlovchi ijtimoiy (bilim, iste'dod, tajriba), madaniy (axloq, qardriyat, an'ana,) komponentlarga bog'liqligi falsafiy jihatdan isbotlanishiga oid ilmiy xulosalaridan O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston-24
- Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi.: Mazkur tadqiqot natijalari 4 ta xalqaro va 2 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida ma'ruza koʻrinishida bayon etilgan hamda aprobatsiyadan oʻtgan.
- Tadqiqot natijalarining e'lon qilinganligi.: Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 14 ta ilmiy ish, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola (4 ta respublika va 2 ta xorijiy jurnallarda) chop etilgan.
- Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.: Dissertatsiya tarkibi kirish, uch bob, olti paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovalardan iborat boʻlib, uning asosiy qismi 130 sahifani tashkil qiladi.
- DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI: Dissertatsiyaning kirish qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, Respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yo'nalishlariga bog'liqligi koʻrsatilgan, muammoning oʻrganilganlik darajasi yoritilgan. Tadqiqotning maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti aniqlangan, tadqiqot usullari, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, ularning ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati asoslab berilgan, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilganligi, aprobatsiyasi, e'lon qilinganligi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi boʻyicha ma'lumotlar berilgan.
- “Marginallashuv tushunchasiga doir ijtimoiy – falsafiy yondashuvlar va uning tarixiy ildizlari": deb nomlangan birinchi bobida marginallashuv hodisasining nazariy asoslari va shakllanish jarayonlari chuqur tahlil qilinadi. Jamiyatda yuz beradigan koʻplab ijtimoiy oʻzgarishlar, mafkuraviy yoʻnalishlar hamda global miqyosdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy transformatsiyalar fonida marginallashuv muammosi insoniyat hayotining turli jabhalarida tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu bobning maqsadi marginallashuvning tarixiy ildizlarini koʻrsatish, ilmiy-falsafiy mohiyatini ochib berish va uni tahlil qilishda qo'llaniladigan asosiy nazariy yondashuvlarni sharhlashdan iborat.
- Ikkinchi bob “Globallashuv sharoitida marginallashuv jarayonlarining koʻrinishlari va oʻziga xos xususiyatlari": deb nomlangan. Marginallashuv hodisasi zamonaviy jamiyatda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu jarayonning negizida urbanizatsiya, migratsiya va globallashuv singari murakkab ijtimoiy-iqtisodiy omillar turishi haqida bir qator olimlar turli nuqtai nazarlarni ilgari surishgan. Xususan, ijtimoiy-falsafiy tadqiqotlarda marginallik shaxsning yoki ijtimoiy guruhning ikki yoki undan ortiq madaniy, iqtisodiy, siyosiy muhit oʻrtasida “oraliq