Umumta’lim muassasalarida imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy moslashuvida o‘rta tibbiyot xodimlarini o‘rni
Ushbu monografiyada imkoniyati cheklangan insonlarga ijtimoiy moslashuvida avvalo sharoit yaratib va ushbu shaxslarni jamoatda o‘z o‘rnilarini topishlari, yo‘qotilgan sog‘ligi va organizmning faoliyati buzilganligi tufayli jamoat bilan uzilgan yoki yo‘qotilgan munosabatilarni tiklash chora-tadbirlari, shaxsni ijtimoiy statusini tiklash, jamoatda ijtimoiy moslashish, ijtimoiy hayotga tayyorlashning muammolari va yechimlari yuzasidan olib borilgan tajribalarga asosan qo‘llanilgan va samaradorligi aniqlangan. Olib borilgan tajriba sinov ishlarini tashkil etish va taxlil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar haqida so‘z yuritilgan. Mazkur monografiya uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar, ilmiy tadqiqotchilar foydalanishi uchun mo‘ljallangan.
Asosiy mavzular
- KIRISH: Imkoniyati cheklangan bolalar, ularning ijtimoiy ahvoli, ta’lim olish masalasi hozirgi kunda dunyo miqyosidagi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Muammoning ijobiy yechimi insoniyat kelajagini, farzandlarimizning farovon turmush kechirishining muhim omillaridan biridir. Nogironlarning jamiyatdagi hayot sharoitlariga ijtimoiy-psixologik moslashuvi muammosi umumiy integratsiya muammosining muhim jihatlaridan biridir. So‘nggi paytlarda nogironlarga yondashuvlardagi sezilarli o‘zgarishlar tufayli bu masala yanada muhim va dolzarb bo‘lib qolmoqda. Shunga qaramay, ushbu toifadagi fuqarolarni jamiyat hayotining asoslariga moslashtirish jarayoni deyarli o‘rganilmagan bo‘lib, aynan shu jarayon imkoniyati cheklangan insonlar bilan ishlaydigan mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan amaliy yordamlarini samaradorligini oshiradi. Imkoniyati cheklangan insonlarni nogironlik muammosi sifatida emas, balki butun jamiyat muammosi sifatida ko‘rsatish vaqti keldi. Uning mohiyati nogironlarning atrofdagi voqelik bilan o‘zaro munosabatlarining huquqiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish, kommunikativ va psixologik xususiyatlari bilan belgilanadi. Nogironlik muammosining eng jiddiy jihatlari nogironlar va surunkali kasalliklarga chalingan odamlarning jamiyat hayotiga faol qo‘shilishiga to‘sqinlik qiladigan ko‘plab ijtimoiy to‘siqlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ushbu holat asosan aholining sog‘lom qismiga qaratilgan va ushbu toifadagi fuqarolarning manfaatlarini ifoda yetadigan ijtimoiy siyosat bilan bog‘liq. Shuning uchun ishlab chiqarish va hayot, madaniyat va dam olish, ijtimoiy xizmatlar tarkibi hali ham kasal odamlarning ehtiyojlariga to‘liq moslashtirilmagan. Nogironlar va sog‘lomlar o‘rtasidagi munosabatlar moslashish jarayonida kuchli omil hisoblanadi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, nogironlar, hatto ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatda faol ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlarga yega bo‘lsalar ham, ularni amalga oshira olmaydilar, chunki boshqa vatandoshlar ular bilan muloqot qilishni xohlamaydilar va ish jarayoniga jalb qilishdan qo‘rqishadi. Shuning uchun psixologik jihatdan tayyorlanmagan ijtimoiy moslashuv bo‘yicha tashkiliy choralar samarasiz bo‘lishi mumkin. Shu sababli tibbiyot mutaxassislari ham boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda ularga amaliy yordam berishlari kerak. Shu bilan birga, birinchi navbatda, sog‘lom va nogiron bolalar jamiyatda birgalikda faol ishtirok etish uchun psixologik jihatdan tayyorlanishi mumkin bo‘lgan umumiy ta’lim muassasalaridagi tibbiyot xodimlari ish o‘rinlariga hamda ularning faoliyatiga aloxida e’tibor qaratish kerak. Bugungi kunda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi yo‘nalishi ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘lib, unda belgilangan vazifalar mamlakatimizda insonparvarlik g‘oyalarining ustuvorligi, millatimizga xos mexr shavqatning muhim qadriyat ekanligidan dalolat beradi. Jumladan, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash kabi vazifalar imkoniyati cheklangan bolalar ta’limi tizimini tubdan yaxshilashni, bu jarayonga innovatsion texnologiyalarni olib kirishni taqazo etmoqda. Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida oxirgi yillarda sezilarli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu faoliyat davlatimizning ustuvor vazifalariga aylanib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
- CENTRAL ASIAN MEDICAL UNIVERSITY: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
- «TASDIQLAYMAN»: Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy texnik kengashi raisi Sh.K.Atadjanov
- YULCHIYEVA SAYLIBARXON TOJIBOYEVNA: UMUMTA’LIM MUASSASALARIDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI IJTIMOIY MOSLASHUVIDA O‘RTA TIBBIYOT XODIMLARINI O‘RNI
- (Monografiya): Imkoniyati cheklangan bolalar va ularning oilalari ijtimoiy himoyasini ta'minlash bo'yicha davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari, jamiyatda nogiron bolalar va ularga ijtimoiy himoya ko'rsatishning zamonaviy usullari va texnologiyalari, nogiron bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirishda o'rta tibbiyot xodimlari va oilaning roli
- Farg‘ona 2025: O‘rta tibbiyot xodimlari va ota-onalar bilan o’tkazilgan so’rovlar natijalarini tahlil qilish