O‘zbek tili tarixi
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti O'zbek filologiyasi kafedrasi bakalavriat talabalari uchun "O'zbek tili tarixi" fanidan ma'ruzalar matni sifatida tayyorlangan.
Asosiy mavzular
- Kirish. Til tarixi fanining predmeti va mazmuni. Til tarixi fani boʻlimlari: Tilning mohiyati, til tarixining fan sifatidagi ahamiyati, o'zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari, til tarixining bo'limlari, milliy til, adabiy til va jonli til tushunchalari.
- Qadimgi turkiy til davri. Oltoy tillari oilasi haqida tushuncha: Qadimgi turkiy til, bitiglarning til xususiyatlari (fonetik, morfologik, leksik), fonema va leksemalarning asrlar davomida shakllanishi, oʻzgarishi va hozirgi holati, Oltoy tillari oilasi haqida ma'lumotlar.
- Qadimgi turkiy-run bitiklari. Run yozuvi yodgorliklari bilan bogʻliq ilmiy-tarixiy ma'lumotlar: Oʻrxun, Enasoy, Talas yodgorliklari, yodgorliklarning til xususiyatlari (fonetik, leksik, morfologik), Run yozuvi yodgorliklari haqida ma'lumotlar.
- Oʻrxun-Enasoy bitiklarining kashf etilishi, tadqiq qilinishi. Oʻrxun-Enasoy yozuvi haqida: Oʻrxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va oʻrganilishi, Turkiy xalqlar yozuvi, Oʻrxun-Enasoy yozuvi haqida ma'lumotlar.
- Uygʻur yozuvi tarixi haqida ma'lumot. Uygʻur yozuvi yodgorliklari: Uyg'ur yozuvi yodgorliklari haqida ma'lumotlar, yodgorliklarning til xususiyatlari, Uyg'ur yozuvi yodgorliklarining turlari.
- Qadimgi turkiy til fonetik tizimi. Unli va undosh tovushlar tasnifi. Singarmonizm: Qadimgi turkiy til fonetikasi haqida, qadimgi turkiy tilda unli va undosh tovushlar, tovush uyg'unligi (singarmonizm).
- Qadimgi turkiy til leksikasi. Yodgorliklarning lugʻat tarkibi, sohalarga oid so'z va terminlar: Qadimgi turkiy til leksikasining tematik qatlamlari, qadimgi turkiy til leksikasining umumturkiy qatlami, Turkiy obidalar tilida oʻzlashgan soʻzlar.
- Qadimgi turkiy til morfologiyasi. Qadimgi turkiy tilning morfologik tuzilishi. Soʻz yasalishi. Oʻzak va qoʻshimchalar: Qadimgi turkiy til grammatik qurilishi, qadimgi turkiy tilda kelishik qoʻshimchalari, qadimgi turkiy tilda ayrim soʻz turkumlarining qoʻllanishi.
- Soʻz turkumlari. Morfologik struktura haqidagi turkologlarning qarashlari: Qadimgi turkiy tilda so'z turkumlari, qadimgi turkiy tilda soʻzlarning morfologik tarkibi.
- Sintaksis. Qadimgi turkiy tilda gap qurilishi, soʻz birikmasi: Qadimgi turkiy tilning sintaktik qurilishi, qadimgi turkiy tilda sodda va qo'shma gap, qadimgi turkiy tilda soʻz birikmasining ifodalanishi
- Uygʻur yozuvi yodgorliklarining til taraqqiyotida tutgan oʻrni: Qadimgi turkiy yozma yodgorliklarni umuman, turkiy tillar qolaversa, oʻzbek adabiy tili va shevalarga qiyos qilish muhim kasb etadi.
- Oʻrxun-Enasoy bitiklarining kashf etilishi, tadqiq qilinishi. Oʻrxun-Enasoy yozuvi haqida: Oʻrxun, Enasoy, Talas yodgorliklari, Yodgorliklarning til xususiyatlari, Fonema va leksemalarning asrlar davomida shakllanishi
- Leksika. Eski oʻzbek tili soʻz boyligi, undagi oʻz va oʻzlashgan qatlam: Qadimgi turkiy til leksikasi. Run yozuvi yodgorliklari, Yozma yodgorliklar tilida old qator unlilar bilan yondosh kelgan uygʻunlik qonuniga muvofiq ularga moslanib yumshoq talaffuz etiladi.
- Qadimgi turkiy til fonetik tizimi. Unli va undosh tovushlar tasnifi: Fonetik oʻzgarishlar. Maʼlumki, yozma yodgorliklar qadimgi turkiy tilda 8 ta unli boʻlganligini koʻrsatadi. Bular quyidagilar: a. a, ?, i, o, oʻ, u, u.
- Soʻz turkumlari. Morfologik struktura haqidagi turkologlarning qarashlari: Leksik morfologiya qismning oʻziga xosliligi asosida ularni umumlashtirish mumkin emas. Bunday xususiyat morfologik xususiyatlar bilan bogliq.
- Eski oʻzbek tili va yozuvi. Eski oʻzbek tili va yozuvining shakllanishida qadimgi turkiy til va eski turkiy tilning oʻrni: Oʻzbek yozuvi. XI-XIII asrda bir necha madaniy aloqa, taʼlim sohalarida arab tili keng qoʻllanilgan