Statistika

Ushbu kitob xalqaro iqtisodiy faoliyat statistikasi fanining asosiy tushunchalari, metodologiyasi va vazifalarini yoritadi. Unda tashqi savdo, investitsiyalar, migratsiya va boshqa global iqtisodiy jarayonlar statistikasining o'ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Kitob talabalar, magistrantlar va iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasining predmeti va metodi: Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi fanining asosiy tushunchalari, o'rganish ob'ekti, metodologik tamoyillari va vazifalari bayon etilgan. TIF statistikasining matematikaning alohida qismi sifatida shakllanish tarixi ko'rsatilgan.
  • Xalqaro statistik tashkilotlar va chet el mamlakatlarida statistik ishlarning tashkil etilishi: Xalqaro statistika tashkilotlarining (BMT, MDH, va boshqalar) tuzilishi, vazifalari va faoliyat yo'nalishlari, chet el mamlakatlarida statistik xizmatni tashkil etish tamoyillari va o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
  • Xalqaro statistikada qo'llaniladigan muhim tasniflar va guruhlashlar: Iqtisodiy faoliyat tarmoqlarining xalqaro tasnifi, ish faoliyatlarining xalqaro tasnifi, xalqaro savdo tasnifi kabi muhim tasniflar va guruhlashlar haqida ma'lumot berilgan.
  • Xalqaro aholi statistikasi: Chet ellarda aholi soni statistikasi, aholining harakat ko'rsatkichlari, chet elda aholi tarkibini o'rganish va aholining kelajakdagi sonini aniqlash masalalari ko'rib chiqilgan.
  • Xalqaro mehnat resurslari statistikasi: Xalqaro mehnat resurslari haqida tushuncha, ularning tarkibi va taqsimlanishi, xalqaro mehnat bozori va uning xalqaro migratsiyasi statistikasi, jahon mehnat bozorining rivojlanishiga ta'sir etuvchi iqtisodiy omillar tahlili masalalari yoritilgan.
  • Xalqaro aholi turmush darajasi statistikasi: Aholi turmush darajasi haqida tushuncha va statistikaning vazifalari, aholi turmush darajasini umumlashtiruvchi ko'rsatkichlar, aholining moddiy ehtiyojlarini qondirish darajasini ifodalovchi ko'rsatkichlar, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirishni ifodalovchi ko'rsatkichlar, aholining ijtimoiy sharoitini ifodalovchi ko'rsatkichlar haqida ma'lumot berilgan.
  • Tashqi savdo baholari statistikasi: Tashqi savdo statistikasining mohiyati va vazifalari, tashqi savdoda tovarlar importi va eksporti, uni statistik o'rganish, tashqi savdoda baholarning shakllanish xususiyatlari masalalari o'rganilgan.
  • Milliy hisoblar tizimida «Tashqi dunyo» sektori: «Tashqi dunyo» sektori tushunchasi, vazifasi va asosiy hisoblari, joriy operatsiyalar hisobi, kapital harajatlar hisobi, moliyaviy hisob va uning asosiy ko'rsatkichlari haqida tushunchalar berilgan.
  • Tashqi savdo dinamikasini va tuzilmasini o'rganish: Tashqi savdoni o'rganishning statistik metodlari, tovar aylanmasi dinamikasini o'rganish, tashqi savdo tuzilmasini o'rganish masalalari ko'rib chiqilgan.