Геодезия
Ushbu o'quv qo'llanma "Geodeziya, kartografiya va kadastr" yo'nalishi bo'yicha bakalavriat ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda geodeziyaning asosiy tushunchalari, Yerning shakli va o'lchamlari, koordinatalar sistemasi, o'lchash usullari va xatoliklari, shuningdek, topografik planlar va ularni tuzish usullari batafsil yoritilgan. Qo'llanma o'zbek tilida yozilgan va davlat ta'lim standartlariga to'liq mos keladi.
Asosiy mavzular
- Geodeziyaga kirish: Geodeziyaning fan sifatida vazifalari, ilmiy yo'nalishlari, boshqa fanlar bilan aloqasi va xalq xo'jaligidagi ahamiyati bayon qilingan.
- Yerning o'lchamlari va shakli: Yerning shakli, o'lchamlari, geoid va ellipsoid tushunchalari, hamda ularning geodeziyadagi ahamiyati ko'rib chiqiladi.
- Koordinatalar sistemasi: Geografik koordinatalar, tekislikdagi to'g'ri burchakli koordinatalar sistemasi (Gauss-Kryuger proyeksiyasi), qutbiy koordinatalar va ularning geodezik masalalarni yechishdagi roli tahlil qilingan.
- Orientirlash va burhchaklar: Orientirlash tushunchasi, azimut, direksion burchak, rumb, meridian yaqinlashuvi, magnit og'ishi kabi tushunchalar izohlangan.
- Topografik kartalar va planlar: Topografik karta va planlarning ta'rifi, farqlari, klassifikatsiyasi, masshtablari, shartli belgilar tizimi keltirilgan.
- Geodezik o'lchashlar va xatoliklar: Geodezik o'lchash turlari (bevosita va bilvosita), xatolik manbalari, tasodifiy va sistemali xatoliklar, o'rtacha kvadratik xatolik, nisbiy xatolik tushunchalari bayon etilgan.
- Geodezik tayanch tarmoqlari: Geodezik tayanch tarmoqlarining turlari, ularni barpo etish usullari (triangulyatsiya, trilateratsiya, poligonometriya) ko'rib chiqilgan.
- Teodolit yo'li: Teodolit yo'lini o'tkazish bosqichlari, loyihasini tuzish, joyda punktlarni belgilash, o'lchash ishlari va hisoblashlar.
- Menzyula bilan topografik plan olish: Menzyula bilan topografik plan olish usullari, asboblarini tayyorlash va tekshirish tartibi, ishlash jarayoni ko'rsatilgan.
- Nivelirlash: Nivelirlash usullari, asboblarini tayyorlash va tekshirish tartibi, ishlash jarayoni ko'rsatilgan.
- Taxeometrik plan olish: Taxeometrik plan olish usullari, asboblarini tayyorlash va tekshirish tartibi, ishlash jarayoni ko'rsatilgan.