Atrof-muhitni muhofaza qilishda ikkilamchi resurs chiqindilarni boshqarishning ilmiy asoslari
Ushbu avtoreferat
Asosiy mavzular
- Ushbu avtoreferatda O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida B2023.4.PhD/Gr296 raqami bilan roʻyhatga olingan. Dissertasiya Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida: Kirish qismida oʻtkazilgan tadqiqotlarning Oʻzbekiston va jahonda zaruriyati hamda dolzarbligi asoslangan, ishning maqsadi va vazifalari, obyekt va predmetlari shakllantirilib, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi koʻrsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari ochib berilgan. Olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyatlari asoslangan, ishning aprobatsiyasi va natijalarining joriy qilinishi, hajmi va tuzilishi boʻyicha ma'lumotlar berilgan. Dissertasiyaning «Atrof-muhitni muhofaza qilishda qurilish chiqindilari bo'yicha olib borilgan nazariy va amaliy adabiyotlar tahlili» deb nomlangan birinchi bobida qurilish chiqindilarini atrof-muhitga ta'sir doirasini va ularni ikkilamchi resurs sifatida qayta ishlash va undan foydalanish imkoniyatlariga doir nazariy va amaliy izlanishlarning analitik tahlili keltirilgan.
- Xorijiy mamlakatlarda qurilish chiqindilarining hosil boʻlishi: Dunyo iqtisodiyot tarmoqlari tezkorlik bilan rivojlanib borishi tufayli tabiiy resurslardan keng ko'lamda oqilona foydalanish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish dolzarbligicha qolmoqda. Hozirgi kunda jahonda chiqindi turlari mingdan ziyod boʻlishiga qaramay, asosan maishiy, sanoat, tibbiyot, elektronika, oqova suvlar chiqindilariga urgʻu berilib, qurilish chiqindilari resurslaridan foydalanishning ilmiy asoslari yetarlicha oʻrganilmagan. Jamiyat inson faoliyati ta'sirida hosil boʻlayotgan chiqindilarni toʻplash, tashish, saqlash, utilizatsiya qilish, zararsizlantirish, ularni yoʻq qilish kabi muammolarga duch kelmoqda.
- Texnika fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi mavzusi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida B2023.4.PhD/Gr296: Ushbu dissertatsiya mavzusi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida B2023.4.PhD/Gr296 raqami bilan roʻyhatga olingan. Dissertasiya Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan. Dissertasiya avtoreferati uch tilda (oʻzbek, rus, ingliz (rezyume)) veb sahifada (www.ecoilm.uz) manzili boʻyicha va «ZiyoNet» Axborot ta'lim portalida (www.ziyonet.uz.) joylashtirilgan.
- Qurilish chiqindilarining tashish, saralash, paligonlarda joylashtirish, qayta ishlash mexanizmlarini ishlab chiqish orqali uning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini baholash.: Qurilish chiqindilarini tashish, saralash, paligonlarda joylashtirish, qayta ishlash mexanizmlarini ishlab chiqish orqali uning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini baholash.
- Qurilish chiqindi poligonlari infratuzilmasi, ularni qayta ishlash, utilizatsiya qilishda atrof-muhitga boʻlgan salbiy ta'sirini kamaytirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan: Qurilish chiqindi poligonlari infratuzilmasini yaratish, iqtisodiyotda qurilish chiqindilaridan ikkilamchi resurs sifatida foydalanish, atrof-muhitga boʻlgan salbiy ta'sirini kamaytirish orqali ekologik indikatorlarning 35 ta koʻrsatkichlari ishlab chiqilib, Bio eco service" MCHJga joriy etilgan (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining 2025-yil 8-yanvardagi 03-03/1-03/3-177-sonli ma'lumotnomasi). Natijada qurilish chiqindilaridan ikkilamchi resurs sifatida foydalanishda atrof-muhitni muhofaza qilishning ekologik indikatorlarini 10 tadan 35 taga yetkazishga erishilgan.