Virtuаl tехnоlоgiyаlаr vоsitаsidа tаlаbаlаrni kаsbiy kompetentligini tаkоmillаshtirish
Ushbu dissertatsiya
Asosiy mavzular
- Kirish: Ushbu qismda tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati, maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti, ishning Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarining ustuvor yoʻnalishlariga bogʻliqligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilganligi, eʼlon qilinganligi, dissertatsiya ishining tuzilishi va hajmi boʻyicha maʼlumotlar kiritilgan.
- 1-bob. Talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirishning nazariy asoslari: Ushbu bobda tadqiqotning mohiyati, mazmuni va tarkibiy tuzilishi, shuningdek, virtual texnologiyalar vositasida talabalar intellektual salohiyatini rivojlantirishning ustuvorlik jihatlari tadqiq etilgan. Talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishda kompyuter texnologiyalari va ommaviy axborot vositalaridan samarali foydalanish oʻquv jarayonida talabalarda ijodkorlik, masʼuliyatlilik, faollik, maqsadni aniq koʻra bilish, amalga oshiriladigan ishlarni toʻgʻri belgilash, toʻplangan maʼlumotlar mazmunini tahlil etish, kasbga boʻlgan qiziqishga oid bilim, koʻnikma va malakalar, mehnat qilish, muhandislikka oid maʼlumotlarni oʻrganish, oʻz kasbining yetuk mutaxassisi boʻlish alomatlari namoyon boʻlishi koʻrsatib oʻtilgan.
- 2-bob. Virtual texnologiyalar vositasida talabalarda kasbiy kompetentligini takomillashtirish metodikasi: Ushbu bobda virtual texnologiyalar vositasida talabalarda kasbiy kompetentligi oshirish mazmunini shakllantirish jarayoni mazmunini tahlil qilgan, umumlashtirgan holda kompetentli yondashuvning pedagogik tizimi takomillashtirish, metodik va didaktik shart-sharoitlari hamda texnologik jihatlari yoritilgan. Raqamli ta'lim jarayoni shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davrda kasbiy kompetentligini shakllantirish va takomillashtirishda virtual texnologiyalar muhim oʻrin egallamoqda. Ayniqsa, oliy pedagogik taʼlim muassasalari talabalari uchun kasbiy kompetensiyalarni virtual muhitda shakllantirish va rivojlantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
- 3-bob. Tajriba-sinov ishlarini tadqiqot natijalari asosida amalga oshirish: Ushbu bobda tajriba-sinov ishlari jarayonida virtual texnologiyalari vositasida talabalarni kasbiy tarbiyalash mazmuni takomillashtirishga tayyorgarlik darajalari, tashxis etish mezonlari, koʻrsatkichlari hamda diagnostik vositalari aniqlashtirilgan. Tajriba-sinov ishlari 2022-2024-yillar davomida Andijon davlat universiteti, Fargʻona davlat universiteti va Guliston davlat universitetida amalga oshirildi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi qoʻllanilgan yondashuv va usullar, tadqiqot maqsadi, obyekti, predmeti, vazifalariga mos keluvchi metodlar majmuasidan foydalanilganligi, tajriba sinovga jalb etilgan boʻlajak oʻqituvchilar soni talab darajasida ekanligi, tajriba sinov natijalari statistik ma'lumotlarga tayanilganligi va olingan natijalar matematik-statistik jihatdan qayta ishlanganligi hamda vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
- Xulosa: Tadqiqot ishida virtual texnologiyalar vositasida talabalarni kasbiy kompetentligini takomillashtirish masalalari nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etildi. Tadqiqot natijalari asosida ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, boʻlajak oʻqituvchilar kasbiy kompetentligining boshlangʻich tajribalari, nazariya va amaliyoti bilan qurollantirish; barcha fan asoslariga tayanish; ijtimoiy, psixologik, pedagogik va maxsus bilimlarni egallashlari uchun shart-sharoitlar yaratish; maxsus mashg'ulotlar tashkil etish; pedagogik amaliyot turlari, uzluksizligi boʻyicha bilim va tajribalarni takomillashtirish, oʻquv malakalarini shakllantirishga alohida e'tibor qaratish muhim omil vazifasini o'taydi.