Sportchilar faoliyatida stressli kechinmalar namoyon bo‘lishinning ijtimoiy- psixologik xususiyatlari

Ushbu dissertatsiya avtoreferati sportchilarning faoliyatida stressli kechinmalarning namoyon bo'lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda stressning nazariy va amaliy jihatlari, sportchilar faoliyatiga ta'sir etuvchi omillar, ularning oldini olish va bartaraf etish usullari atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda sportchilarda stress holatlarini aniqlash va ularni yengish bo'yicha psixodiagnostik va psixokorreksion dasturlar ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan.

Asosiy mavzular

  • Stressning nazariy-metodologik asoslari: Dissertatsiyaning birinchi bobida stressning psixologik va fiziologik ta'rifi, turlari, uning turlari, stressni o'rganishda qo'llaniladigan ilmiy yondashuvlar, stressli kechinmalarni keltirib chiqaruvchi omillar, ularni oldini olish va bartaraf etish usullari, stressning namayon bo'lishi va stress holatini keltirib chiqaruvchi omillar muammosining nazariy-metodologik asoslari tahlil qilingan.
  • Sportchilar faoliyatida stressli kechinmalarning empirik tahlili: Ikkinchi bobda sportchilar faoliyatida stressli kechinmalarning namoyon bo'lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o'rganish empirik tahliliga bag'ishlangan. Unda qo'llanilgan nazariy-metodologik asoslari, tadqiqotda qo'lanilgan metodikalar, ularning umumiy tavsifi, o'tkazilish tartibi, bosqichlari va olingan natijalarining empirik tahlili va korrelyatsion bog'lanishlar o'z aksini topgan.
  • Sportchilar faoliyatida stressli kechinmalarni korrektsiyalashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari: Uchinchi bobda sportchilar faoliyatidagi stressli kechinmalarni oldini olishga yo'naltirilgan ijtimoiy-psixologik treninglar dasturi va uning samaradorligini ta'minlaydigan mezonlar, stressli kechinmalarnining muvofaqqiyatli yengishning ijtimoiy-psixologik modeli hamda salbiy emotsional holatni bartaraf etishga yo'naltirilgan koping-strategiyasi, yenguvchi mashqlar tizimi to'g'risida batafsil to'xtalib o'tiladi.