Qozogʻiston Respublikasi Markaziy davlat muzeyining ilmiy-fond faoliyati (1830-2023-yillar)

Ushbu dissertatsiya tadqiqoti Qozogʻiston Markaziy muzeyining ilmiy-fond faoliyatini, uning Markaziy Osiyodagi tutgan oʻrnini va raqamli texnologiyalarning ushbu muassasa taraqqiyotiga koʻrsatadigan ta'sirini kompleks yondashuv asosida oʻrganish zaruratidan kelib chiqadi. Tadqiqotning maqsadi Qozogʻiston Markaziy muzeyining ilmiy-fond faoliyati konteksida muzey amaliyotini tahlil qilish asosida Qozogʻiston Markaziy muzeyining faoliyatini yangi raqamli texnologiyalarni qoʻllagan holda optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Asosiy mavzular

  • Muzey fondining shakllanish tarixi: Qozogʻiston Markaziy muzeyi fondining shakllanish tarixi oʻrganildi. Muzey fondining bosqichma-bosqich shakllanish jarayoni uning 1830-yilda tashkil topishi bilan boshlangan. Biroq muzeyning barcha faoliyat bosqichlarida muzey hujjatlarini yuritish tizimini takomillashtirish zarurati mavjud boʻlib kelgan.
  • Qozogʻiston Markaziy muzeyining ilmiy-fond faoliyatining istiqbollari va muzey fondlarini raqamlashtirish: Qozogʻiston Markaziy muzeyining ilmiy-tadqiqot tuzilmasi tahlil qilingan hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida ilmiy-fond faoliyatini rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar taklif etilgan. Muzey fondlarini raqamlashtirish jarayonida noyob ashyolar “virtual inventarizatsiya kartalari"ning joriy etilishi “elektron kataloglash tizimi"ning shakllanishiga asos boʻlganligi va bu jarayonlar muzey fondlarining tadqiqotchilar hamda keng jamoatchilik (PR) uchun ochiqligini ta'minlash bilan birga, muzey ma'lumotlarining ishonchli saqlanishi va ulardan ilmiy tadqiqot ishlarida tizimli foydalanish imkoniyatini yaratayotganligi isbotlangan.
  • Oʻzbek xalqining madaniy-tarixiy merosi fondining shakllanishi: Oʻzbek xalqining madaniy-tarixiy merosi fondining shakllanish evolyutsiyasi tavsiflangan. Oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, oʻzbek xalqining madaniy merosi fondini shakllantirish oʻzbek madaniyatining qadriyatlarini saqlash va targ'ib qilish yoʻlidagi muhim qadamdir. Qozogʻiston Markaziy muzey ushbu jarayonda asosiy oʻrinni egallaydi.