Talabalarda kasbiy identifikatsiya namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari

Ushbu doktorlik dissertatsiyasi avtoreferati Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan mavzuga bagʻishlangan. Tadqiqot talabalar kasbiy identifikatsiyasining psixologik xususiyatlarini, ya'ni talabaning oʻz kasbiga boʻlgan munosabatini, kasbiy motivatsiyasini, oʻzini anglashini va rivojlanishini oʻrganishga qaratilgan. Dissertatsiyada talabalar kasbiy identifikatsiyasining shakllanishida psixologik omillarning roli, ularning kasbiy rivojlanishiga ta'siri hamda bu jarayonda gender va ijtimoiy omillarning ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida talabalar kasbiy identifikatsiyasini rivojlantirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning respublikada fan va texnologiyalarni rivojlantirish ustuvor yoʻnalishlariga mosligi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, ob'yekti, predmeti va tadqiqot metodlari, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari, ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati ochib berilgan.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Oliy ta'lim dasturlari talabaning "Kasbiy ijtimoiylashuvi" hisobidan shakllantirilganligi, kasbiy motivatisya va kasbiy rivojlanishning integrativ namoyon boʻlishi kasbiy moyillikka bogʻliq ekanligi, talabalarning kasbiy identlifikatsiyasiga shaxsiy psixologik omillar ta'siriga koʻra oʻzgarishlar, shakllangan kasbiy identifikatsiya talabalik davrida kasbiy tayyorgarlik darajasini kuchaytirilganligiga bog'liqligi, stereotiplarga moyillik va "moratoriy" (tanlov inqirozi)ning vujudga kelishi dalillangan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Talabalik davrida kasbiy identifikatsiyalanish jarayonining tarkibiy komponentlarining oʻzaro aloqadorligi va rivojlanishiga ta'sir koʻrsatuvchi psixologik omillarni aniqlashtirish asosida uslubiy koʻrsatmalar ishlab chiqilgan, psixodiagnostik metodikalarning modifikasion variantlari taklif etilib, aprobatsiya qilingan, amaliy tavsiyalar kengaytirilgan va amaliyotda qoʻllanilgan.
  • Xulosa: Oliy ta'lim dasturlari talabaning "Kasbiy ijtimoiylashuvi” hisobidan shakllantirilganligi, kasbiy motivatisya va kasbiy rivojlanishning integrativ namoyon boʻlishi kasbiy moyillikka bogʻliq ekanligi dalillandi. Kasbiy identifikatsiyaga shaxsiy psixologik omillar ta'siri ochib berildi. Shakllangan kasbiy identifikatsiya talabalik davrida kasbiy tayyorgarlik darajasini kuchaytirilganligiga bog'liq ekanligi ko'rsatildi. Stereotiplarga moyillik va "moratoriy" (tanlov inqirozi)ning vujudga kelishi dalillandi. Kasbiy me'yorlar va qiymatlarni oʻrgatish bilan bogʻliq kognitiv, refleksiv koʻnikmalar kasbiy-motivasion sohaga adaptiv ta'sir etishi isbotlandi.