Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning shaxsiy sifatlarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari
Ushbu dissertatsiya oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PHD 03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy Kengash tomonidan tasdiqlangan bo'lib, unda malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning shaxsiy sifatlarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari tadqiq etilgan.
Asosiy mavzular
- Dissertatsiyaning dolzarbligi va zarurati: Jahonda kadrlarning kasbiy mas'uliyati, kasbiy tashabbuskorligi va intellektual salohiyati kabi xususiyatlarning shakllanganlik darajasi ta'lim sifatini bevosita belgilovchi indikatorlardandir. Bu borada ta'lim sifatini oshirishda pedagog kadrlarning kasbiy shaxsiy sifatlarini rivojlantirish ustuvor bo'lib, dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Dunyo miqyosida raqamli texnologiyalar, inklyuziv ta'lim va innovatsion uslubiyotlar tez sur'atlarda joriy etilayotgani tufayli, o'qituvchining kasbiy shaxsiy sifatlaridan ijodiy yondashuv, emotsional intellect, muammolarni hal qilish, va hamkorlik ko'nikmalari zamonaviy ta'limning hal qiluvchi komponentlari sifatida dolzarb ahamiyatli bo'lib, bu yo'nalishdagi ilmiy izlanishlarni olib borish zarurati yuzaga keladi.
- Tadqiqotning maqsadi: Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning shaxsiy sifatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini o'rganish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
- Tadqiqotning vazifalari: Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy faoliyati samaradorligiga ta'sir etuvchi shaxsiy sifatlarni mehnat tajribasiga bog'liq ravishda namoyon bo'lishining dinamik xususiyatlarini tadqiq etish; malaka oshirish tinglovchilarining shaxsiy sifatlarini hayotiy qiyinchiliklarga qarshi kurashish strategiyasiga ta'sirini aniqlash; pedagoglarning muloqot uslubini malaka oshirish jarayoni tinglovchilarining shaxs sifatlariga bog'liq jihatlarini tadqiq etish; malaka oshirish tinglovchilarining kasbiy shaxsiy sifatlarini rivojlantirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
- Tadqiqotning obyekti: Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy shaxsiy sifatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari jarayoni.
- Tadqiqot predmeti: Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy shaxsiy sifatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari.
- Tadqiqotning usullari: Kuzatish, suhbat, intervyu metodlaridan, shuningdek, V.Smekal va M.Kucheralarning «Shaxs yoʻnalganligini aniqlash», Dj.Amirxanning «Shaxsning hayotiy qiyinchiliklarga qarshi kurashish strategiyasini aniqlash», «Pedagogning kasbiy sifatlarini baholash» hamda «Pedagogik muloqot uslublari» metodikalaridan foydalanilgan.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Malaka oshirish tinglovchilarining shaxsiy sifatlari kasbiy faoliyatda mustaqillik, o'ziga ishonch, kasbiy moslashuvchanlik, refleksiya, divergent fikrlashni mehnat tajribasiga bog'liq rivojlanishiga asoslanib, professional faoliyatdagi muvaffaqiyatni ta'minlovchi yetakchi omil ekanligi isbotlangan; malaka oshirish tinglovchilarining shaxsiy sifatlari o'ziga bo'lgan ishonch va vazyaitga standart yondashuv muammodan qochish, emosional holatda o'zini boshqara olish ko'nikmasi ijtimoiy qo'llab-quvvatlanishga intilish pozisiyasini, individual xususiyatlardagi qaramlik va kasbiy rigidlik esa muammodan qochish pozisiyasini kuchli ifodalanishiga olib kelganligi tufayli pedagogning hayotiy qiyinchiliklarga qarshi kurashish strategiyasini differensial namoyon bo'lishiga olib kelishi isbotlangan; pedagoglarning muloqot uslubini malaka oshirish jarayoni tinglovchilarining shaxs sifatlariga bog'liq jihatlarini tadqiq etish aniqlashtirilgan; malaka oshirish tinglovchilarining shaxsiy sifatlarini rivojlantirish modeli pedagoglarda o'ziga bo'lgan ishonchni oshirish, o'zini konstruktiv tanqidiy baholash, kasbiy moslashuvchanlik xususiyatlari va faoliyatga nisbatan kreativ yondashuvni shakllantirish muhimligi tuafyli ta'limni tashkil etishda motivasion, refleksiv, interaktiv mexanizmlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
- Tadqiqotning amaliy natijalari: Malaka oshirish tinglovchilarining kasbiy va shaxsiy sifatlariga ta'sir etuvchi omillarga asoslanib, uning namoyon boʻlishini prognoz qilish imkoniyati yaratilgan; malaka oshirish tinglovchilarining pedagogik muloqot uslublari takomilashtirilib, ulardagi kasbiy kompitensiyani oshirishga erishilgan; malaka oshirish tinglovchilarining kasbiy shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga doir psixologik treninglar ishlab chiqilgan va amaliyotga aprrobatsiya qilingan.
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati malaka oshirish tinglovchilarining kasbiy shaxsiy sifatlari omillarini tadqiq qilish mexanizmlari ishlab chiqilganligi, oʻrganilayotgan muammoni ilmiy jihatdan ochib berish va pedagoglar sohasida kadrlar tayyorlashga doir oliy ta'limning davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqishda, malaka oshirish tinglovchilarining kasbiy shaxsiy sifatlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida qoʻllash mumkin boʻlishining nazariy asosi yaratilganligi bilan izohlanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati malaka oshirish tinglovchilarining kasbiy shaxsiy sifatlarini samaradorligiga ta'sir etuvchi psixologik kompetentligini rivojlantirish boʻyicha tayyorlangan samarali trening dasturini qoʻllash imkoniyati bilan belgilanib, dissertatsiya ishi natijalaridan pedagoglarni o'qitishda, «Kasbiy psixologiya», «Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya», «Umumiy psixodiagnostika», «Ijtimoiy psixologiya» fanlari bo'yicha oʻquv dasturi, oʻquv adabiyotlarini yaratishda, malaka oshirish tinglovchilarini oʻqitishda va malakasini oshirishda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning shaxsiy sifatlarini rivojlantirishning pedagogik psixologik xususiyatlarini tadqiq etish asosida malaka oshirish tinglovchilarining shaxsiy sifatlari kasbiy faoliyatda mustaqillik, o'ziga ishonch, kasbiy moslashuvchanlik, refleksiya, divergent fikrlashni mehnat tajribasiga bog'liq rivojlanishiga asoslanib professional faoliyatdagi muvaffaqiyatni ta'minlovchi yetakchi omil ekanligi isbotlangan ma'lumotlar Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-359-son buyrug'i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (O'zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-359 a-son ma'lumotnomasi). Natijada malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy faoliyati samaradorligiga ta'sir etuvchi shaxsiy sifatlarni mehnat tajribasiga bog'liq ravishda namoyon bo'lishining dinamik xususiyatlarini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan; malaka oshirish tinglovchilarining shaxsiy sifatlari o'ziga bo'lgan ishonch va vazyaitga standart yondashuv muammodan qochish, emosional holatda o'zini boshqara olish ko'nikmasi ijtimoiy qo'llab-quvvatlanishga intilish pozisiyasini, individual xususiyatlardagi qaramlik va kasbiy rigidlik esa muammodan qochish pozisiyasini kuchli ifodalanishiga olib kelganligi tufayli pedagogning hayotiy qiyinchiliklarga qarshi kurashish strategiyasini differensial namoyon bo'lishiga olib kelishi isbotlangan ma'lumotlar Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-359-son buyrug'i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-359a-son ma'lumotnomasi). Natijada malaka oshirish tinglovchilarining shaxsiy sifatlarini hayotiy qiyinchiliklarga qarshi kurashish strategiyasiga ta'sirini aniqlash imkoniyati yaratilgan; pedagoglarning muloqot uslubi o'zaro munosabatlardagi demokrativ uslub kasbiy moslashuvchanlikni, kreativ fikrlashni, mustaqillik sifatlarini kuchli ifodlanishiga olib kelishiga asoslanib malaka oshirish jarayonida shaxs sifatlarini differensial namoyon bo'lishiga ta'sir etishi aniqlashtirilgan ma'lumotlar Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-359-son buyrug'i bilan «Muloqot psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-359 a-son ma'lumotnomasi). Natijada pedagoglarning muloqot uslubini malaka oshirish jarayoni tinglovchilarining shaxs sifatlariga bog'liq jihatlari ochib berilgan; malaka oshirish tinglovchilarining shaxsiy sifatlarini rivojlantirish modeli pedagoglarda o'ziga bo'lgan ishonchni oshirish, o'zini konstruktiv tanqidiy baholash, kasbiy moslashuvchanlik xususiyatlari va faoliyatga nisbatan kreativ yondashuvni shakllantirish muhimligi tuafyli ta'limni tashkil etishda motivasion, refleksiv, interaktiv mexanizmlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan ma'lumotlar Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-359-son buyrug'i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy Markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-359a-son ma'lumotnomasi). Natijada malaka oshirish tinglovchilarining kasbiy shaxsiy sifatlarini rivojlantirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
- Xulosa: Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy shaxsiy sifatlarini rivojlantirishning pedagogik psixologik xususiyatlari tadqiq etish asosida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi: 1. Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy shaxsiy sifatlarini rivojlantirish uchun ularning shaxsiy ehtiyoj va qobiliyatlarini hisobga olgan holda individual ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq etish maqsadga muvofiq. 2. Pedagogik-psixologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan samarali metodlarni qo'llash orqali tinglovchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun amaliy mashg'ulotlarni koʻpaytirish kerak. 3. Tinglovchilarning kasbiy shaxsiy sifatlarini rivojlantirish jarayonida motivatsiya va refleksiya mexanizmlarini kuchaytirish uchun interfaol o'quv texnologiyalaridan foydalanish maqsadlidir. 4. Kasbiy shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan trening va psixologik maslahatlar orqali tinglovchilarning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirish lozim. 5. Malaka oshirish kurslarida tinglovchilarning kasbiy oʻsishini baholashning diagnostik usullarini ishlab chiqish va joriy etish zarur. 6. Malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqishda pedagogik-psixologik tamoyillarga asoslangan holda ilg'or xorijiy tajribalarni oʻrganish va moslashtirish maqsadga muvofiq. 7. Tinglovchilarning kasbiy shaxsiy sifatlarini rivojlantirish jarayonida o'qitishning psixologik muhitini optimallashtirish uchun muloqot madaniyatini oshirish bo'yicha maxsus mashg'ulotlarni tashkil etish maqsadlidir.