Turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy-ijtimoiy mexanizmini takomillashtirish

Ushbu dissertatsiya «Ipak yo'li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan doktorlik dissertatsiyasi avtoreferati bo'lib, unda turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy-ijtimoiy mexanizmini takomillashtirish masalasi ilmiy asosda ko'rib chiqiladi. Tadqiqotda jahon tajribalari tahlil qilinib, O'zbekiston sharoitida turizmning rivojlanishiga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xususan, Samarqand viloyati misolida turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solishning samaradorligini oshirish bo'yicha muhim xulosalar chiqarilgan.

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, jahonda globallashuv, xalqaro bozorlar beqarorligi hamda samarali rivojlanishga bo'lgan talablarning ortib borishi sharoitida turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solish alohida ahamiyat kasb etmoqda. "So'nggi yillarda turizm eksporti 1,6 karra oshib, 3,5 milliard dollarga yetdi. Bu sohada 2 mingdan ortiq yangi tadbirkor ish boshladi. Muhimi, xorijiy turistlar oqimi ilk bor 10 millionlik marradan o'tdi. 2040-yilgacha turizmning iqtisodiyotdagi ulushini 7 foizga, eksportni esa 10 milliard dollarga yetkazish lozim.
  • Tadqiqotning usullari: Dissertatsiyada ilmiy abstraksiya, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, tizimli tahlil, iqtisodiy-matematik usullar, jumladan, sistematik bibliografik tahlil, abstrakt fikrlash, IPA tahlil, statistik va solishtirma tahlil, ekonometrik tahlil va guruhlash, prognozlashtirish usullari qo'llanilgan.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Samarqand viloyatida 2,4 million nafar xorijiy turistlarni va 4,5 million nafar mahalliy sayyohlarni jalb qilish maqsadida turizm sohasidagi mutaxassislar xabardorligini oshirishga, ularning ko'nikmalarini rivojlantirishga va milliy biznes kontent yaratishga yordam beruvchi “Turizm-biznes" portalini ishlab chiqish asosida "Oʻzbekistonni tanitamiz-Rag'batlantiruvchi sayohat" modelidan foydalanish bo'yicha takliflar asoslangan; turizm obyektlari joylashtirish vositalarida atrof-muhitga salbiy ta'siri kamaytirilgan mahsulotlardan foydalanishni, shuningdek, sohada ekologik talablar asosida koʻrsatiladigan xizmatlarni rag'batlantirish tizimini joriy etish maqsadida "Eng namunali yashil turizm obyekti” tanlovini o'tkazish asosida “Smart turistik hududlar" milliy tarmog'ini yaratish indikatorlar tizimi modelini joriy etish bo'yicha takliflar asoslangan; hududlarda turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solish hamda tashkil etilgan raqamli boshqaruv elementlarining ahamiyati va hozirgi rivojlanish holatini aniqlash maqsadida "Turistik obyektlarda texnologik innovatsiyalardan foydalanish", “Smart turistik manzillar yaratish", “Turizm sohasidagi investorlar va tadbirkorlar bilan hamkorligini rivojlantirish" indikatorlar ta'siri asosida "Importance-Performance” modelidan foydalanish bo'yicha takliflar asoslangan; hududda turizm sohasini samarali rivojlantirishga ta'sir etuvchi omillarning tahlili asosida ichki va kiruvchi turistlar oqimining 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
  • Tadqiqotning amaliy natijasi: "Paired sample t-test" natijalari asosida turizm sohasini tashkil etuvchi elementlar, ularning ahamiyati va amaldagi rivojlanish darajasiga koʻra baholanib, tartibga solishda ustuvor e'tibor qaratilishi lozim boʻlgan yoʻnalishlar asoslangan; Smart turistik hududlarni yaratish va rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari aniqlanib, ushbu jarayonni samarali tashkil qilish va baholashga xizmat qiluvchi indikatorlar tizimi ishlab chiqilgan; iqtisodiy boshqaruvning turli darajalarida turistik tashkilotlar faoliyatini baholashning kompleks koʻrsatkichlari tizimi, turizm tashkilotlarining daromad olish dinamikasi, mijozlar mamnuniyati va xodimlar qoʻnimsizligiga ta'sir etuvchi omillar “Two sample t-test” natijasiga koʻra tahlil qilingan; hududda ichki va kiruvchi turistlarning istiqbolli parametrlarini aniqlash boʻyicha iqtisodiy va ijtimoiy omillar ta'siri asosida ekonometrik model ishlab chiqilgan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Tadqiqotda qoʻllanilgan uslubiy yondashuv va usullarning maqsadga muvofiqligi axborot bazasining rasmiy manbalaridan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Turizm qo'mitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasining rasmiy ma'lumotlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (UN), Butunjahon turizm tashkiloti (UN Tourism), Xalqaro iqtisodiy forum (WEF), Xalqaro turizm va sayohat kengashi (WTTC), Jahon banki (WB), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti rasmiy ma'lumotlaridan foydalanilganligi, ishda qoʻllanilgan yondashuv va usullarning maqsadga muvofiqligi va ilmiy asoslanganligi, keltirilgan xulosa, taklif va tavsiyalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan amaliyotga joriy qilinganligi bilan izohlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solish, sohada xususiy sektor faoliyatini optimallashtirish va ularning davlat hokimiyat organlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, sohada tartibga solish elementlarining joriy holatini yaxshilash yoʻnalishlarida ilmiy kontentni boyitishda foydalanishi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, ushbu tadqiqot natijalari turizmni rivojlantirish uchun iqtisodiy-huquqiy, tashkiliy va metodologik-uslubiy asoslarni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan ilmiy izlanishlar uchun nazariy va amaliy manba sifatida foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
  • Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solish va samarali rivojlantirishning iqtisodiy-ijtimoiy mexanizmini takomillashtirish orqali barqaror rivojlanishga erishish va sohaning jozibadorligini oshirish boʻyicha takliflardan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tasarrufidagi tuzilmalar faoliyatida bevosita foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi. Shuningdek, tadqiqot natijalari 2022-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning yettita ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqishga muayyan darajada xizmat qilishi mumkin.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy-ijtimoiy mexanizmi takomillashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar asosida: Samarqand viloyatida 2,4 million nafar xorijiy turistlarni va 4,5 million nafar mahalliy sayyohlarni jalb qilish maqsadida turizm sohasidagi mutaxassislar xabardorligini oshirishga, ularning koʻnikmalarini rivojlantirishga va milliy biznes kontent yaratishga yordam beruvchi “Turizm-biznes
  • XULOSA: Dissertatsiya tadqiqoti natijasida quyidagi ilmiy xulosa, takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. 1. Turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solish xususiyatlarini tavsiflovchi ilmiy yondashuvlarni nazariy jihatdan tahlil etish asosida “turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solish" kategoriyasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuniga oid mualliflik taʼrifi ishlab chiqildi. 2. Raqamli iqtisodiyot sharoitida davlatning turizm siyosatini amalga oshirish darajalari boʻyicha omillar tasnifi, turizm sohasini tartibga solish chora-tadbirlari, usullari, ta'sir etish obyektlari va yoʻnalishlari, shuningdek, ta'sir etish darajasiga koʻra tasnifi hamda turizm sohasini tartibga solish jarayonining turli bosqichlarida