Differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish

Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston Oliy ta'lim tizimida

Asosiy mavzular

  • Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati: Jahonda ilm-fan va texnika asri deb ataladigan hozirgi davrda ta'lim sifatini tubdan o'zgartirish uchun turli ilmiy metodik va tadqiqot ishlaridan foydalanish. Oliy ta'lim muassasalarini takomillashtirish, moddiy-texnik ta'minotini mustahkamlash, fundamental tadqiqotlarni yangi yoʻnalishlar bilan boyitish, innovatsion faoliyatlarni joriy etish. Oliy pedagogik ta'lim muassasalarini tarkibiy qayta qurish va mazmunini takomillashtirish, mutaxassislar sifatini oshirish, bo'lajak pedagoglarni kreativ sifatlarini rivojlantirish. O'quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, o'qituvchi va ustozlarga e'tibor qaratish, ta'lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish. Ta'lim tizimida individual yondashuv, ya'ni differensial yondashuv asosida rivojlanish. Bu yondashuv talabalarning psixologik, pedagogik va metodik xususiyatlarini hisobga olishga asoslanadi. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim modeli har bir talabaning qobiliyatlari, ehtiyojlari va o'quvga qiziqishini inobatga olib, ularga mos o'qitish metodlarini tanlashni talab qiladi. Ushbu ilmiy tadqiqot ishida analitik kimyoning nazariy va amaliy qonuniyatlarini chuqur egallash uchun differensial yondashuvdan foydalanishga e'tibor qaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-son "Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida", 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son "Xalq ta'limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 oktyabrdagi VMQ-646-son “Umumta'lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish toʻgʻrisida" qarori, 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasiga oid davlat dasturiga muvofiq ravishda 2022-2026 yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturi, shuningdek, ushbu sohaga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan ta'lim jarayonini takomillashtirishga doir vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi: Dissertatsiya tadqiqoti respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I.“Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda, innovatsion gʻoyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo'llari” ustuvor yoʻnalishiga muvofiq bajarilgan.
  • Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Respublikamizda pedagogika fanlarini o'qitishning oʻziga xos jihatlarini A.A.Abduqodirov, U.Sh.Begimqulov, H.T.Omonov, Sh.M.Mirkomilov, M.I.Umarov, A.A.Mamajonov, J.A.Fayozov, T.A.Gulboev; kimyo fanini axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etib o'qitish muammolarini S.Nizomova, F.A.Alimova, Sh.A.Mamajonov, M.Sh.Ahadov, E.U.Eshchanov, L.T.Zaylobov, N.A.Anvarova, I.E.Shernazarov, Sh.X.Shomurotova, R.Sh.Berdiqulov va boshqalarning ilmiy tadqiqot ishlarida ko'rish mumkin. MDH mamlakatlarida zamonaviy oʻqitishning samarali usullarini joriy qilish masalalari Ye.O.Emel'yanova, Ye.Yu.Zashivalova, A.A.Siromyatnikov, V.N.Lixachev, A.A.Podgornova, A.S.Artemeva, O.E.Gorbunova, N.S.Mixaylova kabi olimlarning ishlarida tadqiq qilingan. Ta'lim jarayonida differentsial yondashuvning afzalliklari Ye.N.Nikonova, K.M.Yax'yaeva, G.G.Yerkibaeva, I.G.Butuzov, V.M.Monaxov, V.A.Orlov, V.V. Firsov, M.B.Mindyuk, I.M.Osmolovskaya, K.A.Ribnikov, P.I.Samovol, Unt Inge, L.I.Novikova, Ye.L.Parfenova, N.S.Duschanova, E.S.Yuldashyev, S.A.Movlonova, R.Safarova va boshqalarning tadqiqotlarida oʻz aksini topgan. Xorijlik olimlar, jumladan, C.Tomlinson, K. Perez, Emma McCrea, W.I. Schollhorn, P.Hegen, K.Davids, Jada Pasquale Yengkopiong, S.N. Kaplan, M. N. Suprayogi, M.Valcke, R.Godwin va boshqalar differentsial yondashuvni ta'lim tizimida qoʻllash masalalari boʻyicha koʻpgina ilmiy izlanishlar olib borishgan.
  • Tadqiqotning maqsadi: Differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz boʻlimini oʻqitish metodikasini takomillashtirish va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
  • Tadqiqotning vazifalari: Differentsial yondashuv asosida analitik kimyo boʻyicha miqdoriy analiz bo'limini o'qitish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlarini tahlil qilish; "Miqdoriy analiz” boʻlimiga doir metodikani ishlab chiqishda talabalarning o'quv faoliyatini tashkil etish usullari va shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalarini takomillashtirish; differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo'limini oʻqitish metodikasi modelini takomillashtirish; differensial yondashuv asosida miqdoriy tahlil boʻlimi mavzularini oʻrganish, uning natijalarini tahlil qilish va tadqiqot ishlarining samaradorligini aniqlash bo'yicha pedagogik eksperimental ishlarni takomillashtirish.
  • Tadqiqotning ob'ekti: Oliy ta'lim kursida differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz boʻlimini oʻqitish metodikasini takomillashtirish jarayoni.
  • Tadqiqotning predmeti: Differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo'limini o'qitish metodikasini takomillashtirishning usul va vositalari.
  • Tadqiqotning usullari: Tadqiqotda analitik kimyo fanidan miqdoriy analizning nazariy asoslarini tahlil qilish, empirik metodlar: anketa so'rovnomalari, test, pedagogik tajriba -sinov, oʻzini oʻzi baholash, ekspert baholash, olingan natijalarni statistik qayta ishlash metodlaridan foydalanilgan.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo'limini o'qitish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari qiyosiy tahlil qilishning amaliy natijadorligini oshirishga yo'naltirilgan kreativ ko'nikmalar darajasini baholashga moslashtirilgan pedagogik infratuzilmani rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan; differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo'limini oʻqitish metodikasi talabalarning nazariy va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishga oid bilim darajasini ta'minlashda shaxsga yoʻnaltirilgan ta'lim texnologiyalari produktivligini ko'tarish hamda ularning motivatsiyasi va faolligini oshirishga doir topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan; differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo'limini o'qitish metodikasini rivojlantirish modeli talabalarning oʻquv-metodik tayyorgarligi texnologiyalarini qoʻllashni o'z ichiga olgan didaktik prinsiplarini tabiiy-ilmiy savodxonlikni oshirish komponentlarining tarkibiy mazmuniga idiyentiv uyg'unlashtirish asosida takomillashtirilgan; differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo'limini o'qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni olingan bilim, yangi ma'lumotlar va natijalarini tahlil qilish hamda oʻquv jarayonini qamrab oladigan tashkiliy yechimlar, vositalar va usullardan foydalanishga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: “Analitik kimyo” fanidan o'quv qoʻllanma yaratilgan; “Elektrokimyo” fanidan oʻquv qoʻllanma yaratilgan; analitik kimyo fanida axborot texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz boʻlimini oʻqitish metodikasini takomillashtirish boʻyicha elektron taʼlim resursi yaratilgan; differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo'limini o'qitish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Qoʻllanilgan yondashuv va usullar ilmiy-metodik jihatdan asoslanganligi, nazariy ma'lumotlarning rasmiy manbalardan olinganligi, keltirilgan tahlillar, tajriba-sinov ishlari samaradorligi matematik-statistik tahlil metodlari yordamida asoslanganligi, xulosa va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi hamda olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan belgilanadi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Ilmiy ahamiyati "Differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo'limini o'qitish metodikasini takomillashtirish" jarayoni pedagogik muammo sifatida hal qilinganligi; differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz boʻlimini oʻqitish metodikasini takomillashtirishning metodik faoliyati tuzilishi, tarkibiy qismlari, baholash mezonlari va koʻrsatkichlarining ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi. Amaliy ahamiyati shundaki, uning doirasida ishlab chiqilgan psixologik – pedagogik, diagnostik, texnologik, metodik materiallardan talabalar bilan ishlashda innovatsion texnologiyalarni qoʻllanilganligi, metodik tavsiyalardan boʻlajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirilganligi bilan belgilanadi.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz boʻlimini oʻqitish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz boʻlimini oʻqitish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari qiyosiy tahlil qilishning amaliy natijadorligini oshirishga yo'naltirilgan kreativ ko'nikmalar darajasini baholashga moslashtirilgan pedagogik infratuzilmani rivojlantirish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Elektrokimyo” nomli oʻquv qoʻllanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika unuversiteti Kengashining 4.07.2024 yildagi "11/3,1”sonli qarori). Natijada talabalarda differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz boʻlimini oʻzlashtirish imkoniyati kengaytirilgan. Differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz boʻlimini oʻqitish metodikasi talabalarning nazariy va amaliy ko'nikmalarini rivojlantirishga oid bilim darajasini ta'minlashda shaxsga yoʻnaltirilgan ta'lim texnologiyalari produktivligini ko'tarish hamda ularning motivatsiyasi va faolligini oshirishga doir topshiriqlarni kiritish.
  • Xulosa: Differensial yondashuv asosida analitik kimyo bo'yicha miqdoriy analiz bo'limini o'qitish metodikasini takomillashtirish, pedagogik shart-sharoitlari, tamoyillari, metodlari, ta'lim turlari, dasturiy vositalari interfaol texnologiyalar asosida yaxlit tizim sifatida shakllantirilgan metodik model ishlab chiqildi. Bu modelda differensial yondashuv asosida analitik kimyo fanidan ma'ruza matnlari, laboratoriya ishlari, mashg'ulotni tashkil etish shakllari, kimyodan mustaqil ishlarni tashkil etish imkoniyatlaridan samarali foydalanish tizimi ishlab chiqilgan hamda kimyo fanini o'qitishda axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalardan foydalanishni yoʻlga qo'yish, oʻquvchilarning bilish faoliyatini interfaol metodlar asosida faollashtirishga erishilgan. Tadqiqot ishi natijasida kimyo fanlarning mazmuni qiyosiy tahlil qilindi va kimyo fanini oʻqitishda differensial yondashuv asosida ta'lim texnologiyasidan foydalanishning ahamiyati katta ekanligi, bunda talabalarning bilim va kreativ ko'nikmalari darajasini oshirishi o'rganildi. Analitik kimyo fanini o'qitishda differensial yondashuvni qoʻllash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu yondashuv asosida har bir oʻquv mavzusi boʻyicha darslar to'rtta turga boʻlinadi: 1) mavzuni umumiy tahlil qilish darslari (ular ma'ruzalar deb ataladi), 2) birlashtirilgan laboratoriya mashg'ulotlari talabalarning mustaqil ishi jarayonida oʻquv materiallarini chuqur oʻrganish (har bir mavzu boʻyicha bir nechta, odatda uchtadan beshtagacha), 3) bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslari (tematik testlar), 4) fanlararo umumlashtirish darslari (tematik vazifalarni himoya qilish darslari) boʻlib, uni tashkil etish dissertatsiya ishida yoritilgan. Oliy ta'lim muassasalarida fanlarni differensial yondashuv asosida o'qitish jarayonida talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ular uchun turli maxsus oʻquv sharoitlarini yaratish zarur. Oʻquv jarayonining ma'lum qismlarini qamrab oladigan tashkiliy yechimlar, vositalar va usullarni ishlab chiqish, talabalarning bilim, malaka va ko'nikmalarini yaxshilashga yordam beradi. Kredit-modul tizimida differentsial yondashuvni joriy etish ta'lim oluvchilarning qobiliyatlarini va fanga nisbatan qiziqishini aniqlash hamda rivojlantirishga imkon beradi. Kredit – modul tizimida differentsial yondashuvning mazmuni va mohiyatini hamda uni amalga oshirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash, talabaning kasbiy tayyorgarligini differentsial yondashuv asosida rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish kabi bir qator vazifalar ishda o'z aksini topgan. Differensial yondashuv pedagogik jarayonni ancha osonlashtiradi. Bir tomondan, ta'limni maksimal darajada individuallashtirish va differensiallash uchun shart-sharoit yaratish, differensiallashning mustaqil ishda samaradorligini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish, o'quv jarayonini tashkil etish tamoyillarini takomillashtirish metodikasini ishlab chiqish kabi masalalar bugungi kundagi muhim masalalar boʻlib hisoblanmoqda.
  • Taklif va tavsiyalar: Differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo'limini o'qitish metodikasini takomillashtirishga doir topshiriqlardan kengroq foydalanish. Differensial yondashuv asosida analitik kimyo fanidan miqdoriy analiz bo'limini o'qitishda o'quvchilar bilan ishlash jarayonini tashkil etish, analitik kimyodan kimyoviy bilimlarni differensiyallashda nazariy manbalar, laboratoriya mashg'ulotlar uchun uslubiy yo'riqnomalar ishlab chiqish. Miqdoriy analiz bo'limini differensial yondashuv asosida o'qitishda kimyoviy jarayonlarni ilmiy izohlashga oʻrgatuvchi topshiriqlarni bajarish, ishlab chiqilgan ta'lim resurslarini ta'lim jarayoniga joriy qilish. Pedagogik tadqiqot davomida ishlab chiqilgan differensial yondashuv asosida ilmiy-metodik tavsiyalarni ommalashtirish hamda ulardan o'rinli va unumli foydalanishga erishish lozim.