Bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish

Ushbu dissertatsiya boʻlajak oʻqituvchilarni pedagogik mahoratini oshirish jarayonida ularning refleksiv koʻnikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti, Qoʻqon davlat pedagogika universiteti, Termiz davlat pedagogika institutlari talabalari ishtirokida eksperimental ishlar olib borilgan. Tadqiqot natijasida bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv koʻnikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari bo'lajak oʻqituvchilarni tayyorlash jarayonida ularning pedagogik faoliyatini yanada samarali tashkil etishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Jahon miqyosida ta'lim global muammolaridan biri sifatida bo'lajak oʻqituvchilarning metakognitiv va refleksiv salohiyatini oshirishga doir innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bo'lajak oʻqituvchilarni pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv koʻnikmalarini rivojlantirishda innovatsion ta'lim metodlarini qoʻllash hamda kasbiy kompetentlilikka ega boʻlgan, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash modellari YUNESKO tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha xalqaro ta'lim konsepsiyasida "Butun hayot davomida sifatli ta'lim olishga imkoniyat yaratish” birinchi darajali vazifa sifatida qaralib, ta'lim mazmunini mazkur jarayonlarga asoslanib shakllantirish boʻyicha rejali ishlar amalga oshirilmoqda.
  • Pedagogik refleksiya va uning ahamiyati: Pedagogik refleksiya oʻqituvchining oʻz faoliyatini tahlil qilish, natijalarga baho berish va ulardan xulosa chiqarish qobiliyatini oʻz ichiga olishi va mazkur koʻnikmalar o'qituvchining shaxsiy va professional rivojlanishini ta'minlashda, oʻz pedagogik faoliyatini yanada samarali tashkil etishda muhim rol o'ynashi ilmiy asoslab berilgan.
  • Refleksiv koʻnikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish: Bo'lajak oʻqituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv koʻnikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish — bu boʻlajak oʻqituvchilarning pedagogik mahoratini oshirishda refleksiv koʻnikmalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan metodik usullarni yanada takomillashtirish, pedagogik faoliyatda yuqori samaradorlikni ta'minlashga qaratilgan jarayonlarni takomillashtirishni anglatishi oʻz asosini topgan.
  • Tadqiqot natijalari: Amalga oshirilgan tajriba-sinov natijalari bo'lajak oʻqituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv koʻnikmalarining rivojlanishini boshqarish imkoniyatini koʻrsatdi hamda tanlab olingan tajriba guruhidagi boʻlajak o'qituvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichi nazorat guruhiga nisbatan 1.145 barobar, ya'ni 14,5% barobar oshishiga erishish imkonini bergan.