Йирик дарёлардаги тўғонсиз сув олиш иншоотларидан ишончли ва самарали фойдаланишнинг илмий асослари

Ushbu doktorlik dissertatsiyasi,

Asosiy mavzular

  • Disseratsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati: Jahonda to'g'onsiz suv olish inshootlarining loyihalash, qurish va ulardan samarali foydalanish, inshootlarning ishonchliligini ta'minlashning innovatsion texnologiyalarini joriy etishga alohida ahamiyat berilmoqda. Hozirgi kunda rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSh, Avstraliya, Braziliya, Ispaniya, Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va boshqa davlatlarda daryolar suv oqimidagi loyqa oqiziqlar harakati nazariyasini takomillashtirish, o'zanining deformatsiya parametrlari dinamikasini prognoz qilish, suv oqimidagi muallaq va tub loyqa oqiziqlarining dinamik modellashtirish va o'zan morfometrik parametrlarini aniqlash bo'yicha vazifalar belgilangan. Bu borada, jumladan daryodagi suv oqimining gidravlik hamda daryo o'zanidagi morfometrik parametrlarning o'zgarishini prognoz qilishda ishonchli va samarali texnologiyalardan foydalanish, to'g'onsiz suv olish inshootlaridan foydalanish davrida turg'unligini oshirish va xavfsizligini ta'minlashga alohida etibor qaratilmoqda.
  • Tadqiqotning Respublikada va xorijda o'rganilganlik darajasi: Disseratsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Jahonda to'g'onsiz suv olish inshootlarining ishonchlilik va samarali ishlashini ta'minlash texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga keng tadbiq etish, ularning ishonchli va samarali ishlashini ta'minlashning yangi ilmiy-texnikaviy echimlarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu yo'nalishda, jumladan, kaskadli mashina kanallarining suv manbalarida suv oqimi va o'zan morfologiyasi parametrlar dinamikasini ishlab chiqish bo'yicha tadqiqotlar ustivor hisoblanmoqda. Shu bilan birga, deformatsiyalanuvchi daryo o'zanlarida loyqa oqiziqlari harakatining imitatsiya modeli hamda zemsnaradlarni harakatini maqbul boshqarishni gidravlik modellarini ishlab chiqish dolzarb vazifalardan hisoblanmoqda.
  • Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Tadqiqotning maqsadi to'g'onsiz suv olish inshootlari joylashgan daryo uchastkalarida suv oqimi va o'zanining deformatsiya parametrlar dinamikasini prognoz qilish asosida zemsnaradlar harakatini maqbul boshqarishning gidravlik usullarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot vazifalari: tekislikdagi daryolardagi loyqa cho'kindilarni shakllanish va transporti bilan bog'liq ilmiy ishlarning retrospektiv taxlili; Qarshi mashina kanalining bosh suv olish inshooti joylashgan Amudaryo uchastkasi hamda I-nasos stansiyaga suv keltiruvchi kanalda suv oqimining gidravlik va o'zan morfometrik parametrlarini aniqlash bo'yicha eksperiment tadqiqotlarni o'tkazish.
  • Ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati: Disseratsiya jarayonida aniqlangan ilmiy yangiliklar orasida daryo o'zanidagi loyqa cho'kindilarining harakatini aniqlash uchun gidravlik model ishlab chiqilgan, zemsnaradlarni boshqarishning optimal usullari ishlab chiqilgan, amaliy ahamiyati esa ishlab chiqilgan usullar va modellar amaliyotga tatbiq etilishi natijasida suv tejash va energiya sarfini kamaytirishga qaratilgan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi va joriy etilishi: Tadqiqot natijalarining ishonchliligi nazariy echimlarning matematik va eksperimental asoslarga tayanishi bilan, amaliy ahamiyati esa amaliyotga joriy etilishi natijasida samaradorlik oshirilishi bilan tasdiqlanadi. Tadqiqot natijalari bo'yicha ishlab chiqilgan usullar va tavsiyalar amaliyotga joriy etilgan.