Talabalarda kurash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti talabalarda kurash boʻyicha amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan boʻlib, unda harakatli oʻyinlar orqali kurash elementlarini oʻrgatishning ilmiy-nazariy asoslari, usullari, vositalari va texnologiyalari, shuningdek, talabalarning jismoniy, psixologik va fiziologik tayyorgarliklarini oshirishga bagʻishlangan. Tadqiqotda kurash boʻyicha amaliy koʻnikmalarni rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar, texnologiyalar va modellar taklif etiladi. Tadqiqot natijalari talabalarda kurash boʻyicha amaliy koʻnikmalarni rivojlantirishning samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar va takliflarni oʻz ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Dunyo miqyosida kurashning tobora rivojlanib borayotganligi, musobaqa qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar, sportchilarni tayyorlash tizimi mukkammallashib hamda takomillashib bormoqda. Xalqaro sport maydonlarida sportchilarning raqobatbardoshliligini oshirish, talaba-yoshlar orasidan iqtidorli kurashchilarni saralab olish va mashgʻulot jarayonini samarali tashkil qilishda kompleks nazorat ilmiy ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda talaba-sportchilar tayyorgarlik tizimining har bir bosqichidan samarali foydalanish hamda oʻzgaruvchan mashgʻulot shakllari, usullari va vositalaridan maqsadli foydalanish jahon hamjamiyati soha olimlari oldida turgan asosiy masalalardan biri boʻlib qolmoqda.
- Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Oliy ta'lim muassasalari talabalarida kurashning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Vazifalari: talabalarning kurash sporti boʻyicha amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish mexanizmlarini pedagogik jihatlarini aniqlashtirish; talabalarning kurash sporti boʻyicha amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishning pedagogik shart – sharoitlarini belgilash asosida jarayon modelini ishlab chiqish; talabalarning kurash sporti boʻyicha amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish mexanizmlarini harakatli oʻyinlar klasteri asosida takomillashtirish; talabalarda kurash sporti boʻyicha amaliy kompetensiyalarning shakllanganligini baholash mezonlarini takomillashtirish.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Talaba-kurashchilarning himoya va xujum usullarini rivojlantirish uchun texnik harakat shakllanganlik darajalari boʻyicha baholash mezonlaridan tashkil topgan texnikani tizimli rivojlanlanganligi hamda tezkor qaror qabul qilish kabi jismoniy beqaror holat modellarini (muvozanat saqlash va organizm jismoniy holati boʻyicha) yakka va jamoaviy harakatlariga shaxsiy differensiallikda qoʻllash hisobiga musobaqalarga maqsadli tayyorlash imkoniyatlari kengaytirilgan; talaba-kurashchilar bilan olib boriladigan mashg'ulotlarni takomillashtirish uchun kurashning maxsus usullarini integral yondashuv usuli yordamida konseptual asosni oʻz ichiga olgan tarkibiy, jarayonli, baholash va natija kabi komponentlarini umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasi boʻyicha moslashtiruvchi modelini ishlab chiqish hisobiga musobaqadan oldingi nazorat sinovlari va natijalar dinamikasi yaxshilangan; talaba-kurashchilarning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish uchun jismoniy, psixologik va fiziologik holati boʻyicha qat'iyatlilik hamda irodaviylik sifatlarini shakllantirishga qaratilgan kongnitiv, motivatsion, faoliyatli va shaxsiy tayyorgarlik komponentlarini ixtisoslikka xos nazariy va amaliy tayyorgarlikni integratsiya qilgan holda mashg'ulotlarga kiritish hisobiga usullarni texnik jihatdan to'g'ri bajarish imkoniyatlari oshirilgan; talabalarning kurash boʻyicha maxsus tayyorgarligini oshirish uchun amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish modelini sog'lom-turmush tarzini oiladan ta'limga, ta'limdan musobaqagacha munosabatida barqarorlashtiruvchi yakka va jamoaviy ish turlarini kurashning ommabop elementlari kombinatsiyasini valeologik maqsadlarni (aqliy, psixologik va somatik qobiliyatlar kabi) darajalari boʻyicha mashg'ulotlarga kiritish hisobiga texnik harakatlarni amaliy oʻzlashtirish darajasi optimallashtirilgan.
- Tadqiqotning amaliy natijasi: Talabalarga jismoniy madaniyat fanini hamda kurash elementlarini o'rgatishda amaliy kompetensiyalarni rivojlantirish tamoyillari, shakl va vositalari hamda ularni ta'lim jarayoniga qo'llashda bo'lajak o'qituvchi va murabbiylarning faoliyat kompetentligini baholash meʼzonlari ishlab chiqilgan; talabalar amaliy kompetentligini baholash mazmuniy, pedogogik, texnologik, kreativlik, prognoz qilish komponentlarini oʻz ichiga olgan modeli ishlab chiqilgan; oliy ta'lim muassasalari jismoniy madaniyat yoʻnalishi talabalari uchun “Kurash turlari va uni oʻqitish metodikasi” (Milliy kurash) nomli darslik ishlab chiqilgan; oliy ta'lim muassasalarida boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini tayyorlash jarayonida talabalarning amaliy kompetentligi rivojlanganlik darajasini baholash usullari amaliyotga joriy etilgan.
- Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Tadqiqot natijalarining ishonchliligi ishda qo'llanilgan yondashuv va usullar, uning doirasida foydalanilgan nazariy ma'lumotlarning rasmiy manbaalardan olinganligi, keltirilgan tahlillar va tajriba-sinov ishlari samaradorligining matematik-statistik metodlar vositasida asoslanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangani bilan izohlanadi.