Po‘lati rang-baranglikdagi qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining nasl va mahsuldorlik xususiyatlari
Ushbu dissertatsiya qo'ylarning biologik, nasl va mahsuldorlik xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda Qoraqalpoq sur zot tipidagi qorako'l qo'ylarining po'lati, shamchiroqgul, o'rikgul va qamar rang-barangliklaridagi qo'chqorlar, sovliqlar, qo'zilar, qorako'l terilari va qo'y juni namunalari o'rganilgan. Xo'jalikda foydalaniladigan juftlash usullaridan olingan avlodlarni ayrim biologik hamda nasl va mahsuldorlik xususiyatlari baholangan. Shuningdek, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi ham yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati, maqsad va vazifalari, ob'ekt va predmeti, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati, natijalarni amaliyotga joriy etish, chop etilgan ilmiy ishlar va dissertatsiyaning tuzilishi bayon etilgan.
- Adabiyotlar sharhi: Qoraqalpoq sur qo'ylarining kelib chiqishi, qoʻylarning biologik xususiyatlarini yaxshilashda xorijiy olimlarning ilmiy ishlari, sur rangli qoʻylar mahsuldorligini oshirishda respublika olimlarining ilmiy adabiyotlari tahlil qilingan.
- Tadqiqot manbai va usullari: Tadqiqot manzili va manbai, tadqiqot sxemasi va usullari yoritilgan. Tadqiqot ob'ekti sifatida "Chori surchi" fermer xo'jaligida urchitiluvchi qoraqalpoq sur qorako'l qo'ylarining namunalari olingan.
- Qorako'l qo'ylarining biologik xususiyatlari: Tajribadagi sur qoʻzilar tirik vaznining yoshi dinamikasida oʻzgarishi, mutlaq va kunlik oʻsish koʻrsatkichlari, konstitutsional xususiyatlari, fiziologik koʻrsatkichlari va qonning morfologik tarkibi bayon qilingan.
- Po'lati sur rang-baranglikdagi qorako'l qo'ylarining mahsuldorlik xususiyatlari: Xoʻjalikda foydalaniladigan juftlash variantlari natijasida rang-baranglikning avlodga oʻtish xususiyatlari, teri-tovar xususiyatlari, jun-tola qoplamining sifati, gul, rang va rang-baranglik koʻrsatkichlari, jun mahsuldorligi va tadqiqot natijalarining iqtisodiy samaradorligi bayon qilingan.
- Xulosalar: Qoʻylarning eksterer, tana indekslari koʻrsatkichlari bo'yicha yangi tug'ilgan davrda jinslar oʻrtasida farqlanish mavjud. Eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar va gemoglobin darajalarining yoshga qarab o'zgarishi o'rganilgan. Nasl uchun elita sinfi, yarim doira qalam gul tipga mansub, teri rangi tekisligi yuqori, jun tolasi kuchli yaltiroqlik, yuqori va oʻrta ipaksimonlikka ega, teridagi gullar yondosh-konsentrik, yondosh-toʻgʻri boʻlgan qoʻzilar nasl uchun qoldirilishi tavsiya etilgan.