Bо'lajak о'qituvchilarning metametodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish
Oʻzbekiston taʼlim tizimida boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining metametodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga bagʻishlangan ushbu nomzodlik dissertatsiyasi, tadqiqotning dolzarbligi va zarurati, ilmiy yangiligi, mohiyati, amaliy ahamiyati hamda tadqiqot natijalarining ilmiy-pedagogik nazariy va amaliy jihatdan asoslanishini atroflicha ochib beradi. Tadqiqotda metametodik kompetensiyaning mazmun-mohiyati, uning tarkibiy elementlari, rivojlantirish yoʻllari, mezon va koʻrsatkichlar aniqlanib, nazariy-metodik jihatdan asoslangan model va texnologiyalar taklif etiladi. Tajriba-sinov ishlarida ushbu modelning samaradorligi empirik yoʻnalishda isbotlangan. Ishda keltirilgan taklif va tavsiyalar pedagogika oliy taʼlim muassasalarida boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining metametodik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Jahon ta'lim tizimida jamiyatning taraqqiyotiga asos bo'lgan ta'lim sohasini isloh qilish, sifatli bilim berish, xalqaro standartlarga javob beruvchi kadrlar tayyorlash, o'qitish metodlaridan zamon talablariga mos ravishda foydalanish hamda ta'lim oluvchilarda universal oʻquv harakatlarini shakllantirish asosida ularda metametodik kompetensiyani rivojlantirishga oid tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Dunyo oily ta'lim tizimida innovatsion pedagogik muhitni yaratish, o'qitishning yangi paradigmalarini ishlab chiqish, nazariya va amaliyot integratsiyasini rivojlantirish hamda bo'lajak oʻqituvchilarning metametodik kompetentligini rivojlantirish orqali o'z faoliyatini samarali tashkil eta oladigan, mustaqil yangi bilimlarni egallay oladigan va oʻz kasbiy malakalarini doimiy rivojlantirishga qodir mutaxassislarni tayyorlashga doir ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
- Tadqiqotning maqsadi: Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metametodik kompetentligini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
- Tadqiqotning vazifalari: bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metametodik kompetentligi va uning tarkibiy komponentlarining mazmuni, shart-sharoitlari, strukturasi va tarkibiy elementlarini tahlil qilish hamda ularning pedagogik potensialini aniqlashtirish; boʻlajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metametodik kompetentligining rivojlanganlik darajasini tizimli tahlil qilish hamda jarayonni ob'yektiv baholashga qaratilgan indikator va mezonlarni oʻzaro moslashtirish orqali takomillashtirish; bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metametodik kompetentligini rivojlantirish modeli tizimli tasavvurga qaratilgan komponentlarni kiritish hamda metametodik kompetensiya strukturasi tarkibiy elementlarining ichki imkoniyatlarini kuchaytirish orqali takomillashtirish; bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metametodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish boʻyicha pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalarini umumlashtirish hamda ularning yaxlitlashgan ko'rinishi boʻyicha ilmiy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
- Tadqiqotning ob'yekti: Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metametodik kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni tanlab olinib, 2021-2024 yillar davomida tajriba-sinov ishlariga Jizzax davlat pedagogika universiteti (tajriba guruhi - 74, nazorat guruhi - 74), Qoʻqon davlat pedagogika instituti (tajriba guruhi - 73, nazorat guruhi - 74), Chirchiq davlat pedagogika universitetlarining (tajriba guruhi – 76, nazorat guruhi - 72) - jami 443 nafar boshlang'ich ta'lim yoʻnalishi (tajriba guruhi-223, nazorat guruhi 220) respondent-talabalari jalb etilgan.
- Tadqiqotning predmeti: Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metametodik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari, shakl, metod va vositalari tashkil etadi.
- Tadqiqotning usullari: Pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarni qiyosiy tahlil etish; modellashtirish; empirik metodlar (kuzatish, suhbat, anketa, test); pedagogik eksperiment; hujjatlarni tahlil qilish (DTS, oʻquv reja, fan dasturlari); matetatik-statistik usullardan foydalanilgan.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metametodik kompetentligini rivojlantirish tuzilmasi retrospektiv tahlil asosida metabilim, metako‘nikma va metamalakalar bilan universal oʻquv harakatlarini (shaxsiy, regulyativ, kognitiv, kommunikativ) integratsiyalashga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan; bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metametodik kompetentligining rivojlanganlik darajasi ma'lumotlarni tizimli tahlil qilish va ob'yektiv baholashga qaratilgan regulyativ, shaxsiy, bilishga oid va kommunikativ indikatorlar hamda motivatsion, kognitiv, refleksiv kabi mezonlarni adaptivlashtirish orqali takomillashtirilgan; bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metametodik kompetentligini rivojlantirish modeli tizimli tasavvurga qaratilgan kompetensiyaviy, faoliyatli, konseptual-maqsadli, tashkiliy-texnologik va baholovchi-natijaviy komponentlarni diversifikatsiyalash hamda metametodik kompetentligining axborot-kommunikatsion, kommunikativ, tashkiliy-metodik, ilmiy-tadqiqotchilik, mustaqil bilim olish va oʻzini-oʻzi rivojlantirish kabi strukturaviy elementlarining internallik darajasini kuchaytirish orqali takomillashtirilgan; bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metametodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari shaxs intellektual-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi qisman izlanuvchan, motivatsion, produktiv va konstruktiv topshiriqlarni fluktuatsion ishlab chiqish hamda “Kontekstli oʻqitish”,
- Tadqiqotning amaliy natijalari: bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metametodik kompetentligini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalarining oʻrni, oʻquv jarayoni mazmuni-mohiyati yetarlicha faktlar asosida tahlil qilingan va oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun "Pedagogik mahorat" nomli darslik chop etilgan; kompetensiyaviy va metametodik yondashuvlarining yetakchi g'oyalari va qoidalari asosida “boshlang'ich sinf o'quvchilarida universal oʻquv kompetensiyalarini shakllantirish texnologiyasi” nomli tanlov fan dasturi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan; bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi metametodik kompetensiyasining rivojlanganlik darajasini baholash mezon va koʻrsatkichlari ishlab chiqilgan; bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi metametodik kompetensiyasini rivojlantirish jarayonining dasturiy-uslubiy ta'minoti takomillashtirilgan va shu asosida baholash vositalari (testlar) ishlab chiqilgan.
- Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Tadqiqotning o'zaro bir biriga zid bo'lmagan mantiqiy va nazariy asoslari, tizimli, kompetensiyaviy, faoliyatli, shaxsga yo'naltirilgan, androgogik yondashuvlar integratsiyasi, tajriba-sinov ishlari jarayonida tadqiqot maqsadi, vazifalari va shart-sharoitlariga adekvat nazariy va empirik metodlardan foydalanilganligi hamda tadqiqot natijalarining aprobatsiyadan oʻtkazilganligi, olingan natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati bo'lajak o'qituvchilarning metametodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishning zamonaviy tendensiyalari, metodika, metametodika, metamavzu, metapredmet, metametodik kompetensiya kabi tushunchalarning ilmiy-pedagogik mohiyati ochib berilganligi hamda bo'lajak oʻqituvchining metametodik kompetentligini rivojlantirish prinsiplari va pedagogik shart-sharoitlari aniqlashtirilganligi bilan belgilanadi.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metametodik kompetensiyani rivojlantirishga mo'ljallangan tanlov fan dasturining ishlab chiqilganligi, kompetensiyaviy, tizimli, integrativ va metametodik yondashuvlar hamda innovatsion pedagogik texnologiyalar integratsiyasi asosida talabalarning metametodik kompetensiyalarini rivojlantirish modelining takomillashtirilganligi, boʻlajak o'qituvchilarning metametodik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalariga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilganligi va amaliyotga joriy etilganligi bilan belgilanadi. Tadqiqot natijalaridan pedagogika oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida ta'lim mazmunini takomillashtirishda foydalanish mumkin.
- Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi: Mazkur tadqiqot natijalari 5 ta xalqaro va 5 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan oʻtkazilgan.
- Tadqiqot natijalarining e'lon qilinganligi: Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 18 ta ilmiy-uslubiy ishlar, shu jumladan, 1 ta darslik, Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 7 ta maqola, shundan 3 tasi xorijiy va 4 tasi Respublika jurnallarida chop etilgan.
- Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati, xulosa va tavsiyalar hamda ilovalardan iborat boʻlib, asosiy matn 121 betni tashkil etadi.
- DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI: Dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob'yekti, predmeti tavsiflangan, Respublikada fan va texnologiyalar rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlariga mosligi ko'rsatilgan hamda ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, ularning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, nashr etilgan ishlar, shuningdek, dissertasiyaning tuzilishi boʻyicha ma'lumotlar keltirilgan.
- Dissertatsiyaning "Bo'lajak oʻqituvchilarning metametodik kompetensiyasini rivojlantirish pedagogik muammo sifatida": birinchi bobida bo'lajak oʻqituvchilar metametodik kompetensiyasi mazmun va mohiyati, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining metametodik kompetensiyasi strukturasi hamda bo'lajak oʻqituvchilar metametodik kompetensiyasini takomillashtirish prinsiplari, mezon va koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi ma'lumotlar nazariy yoritib berilgan.
- Metametodika tushunchasi: Metametodika - sifat jihatidan yangi ta'lim natijasini olishga qaratilgan boʻlib, umuminsoniy bilim va ko'nikmalarning ichki variantlarini ajratib ko'rsatish orqali ta'lim mazmunini optimallashtirish uchun imkoniyatlar va vositalarni taqdim etadi, ta'lim faoliyatining davomiyligida yangi ma'lumotlarni qayta ishlash va yangi bilimlarni oʻzlashtirish uchun samarali qoʻllaniladi.
- Metametodik kompetensiya: Boshlang'ich sinf o'qituvchisining metametodik kompetensiyasi bu oʻquvchilarda bilim, ko'nikma να malakalarni mustaqil oʻzlashtirishga qaratilgan, ularda universal oʻquv harakatlarni integratsiyalashga yo'naltirilgan integrativ sifatlar majmuasidir. Ikkinchidan, boshlang'ich sinf o'qituvchisining metametodik kompetensiyasi bu boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan fanlar boʻyicha umumiy, integrativ bilim, ko'nikma va malakalardir yaʼni metabilim, metako‘nikma va metamalakalardir.
- Metametodik kompetensiyani rivojlantirish modeli: Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining metametodik kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni dissertasiya ishimizda yaxlit tizim sifatida oʻz ichiga barcha zaruriy komponentlarni qamrab oladi. Ushbu tizimning konseptual xususiyati boʻlajak o'qituvchining metametodik kompetensiyasini rivojlantirish maqsadi orqali o'z ifodasini topadi.
- Tajriba-sinov ishlarining shakllantiruvchi bosqichi oxirida talabalarning metametodik kompetensiyalarining rivojlanish darajalari: Tajriba-sinov ishlarining shakllantiruvchi bosqichi oxirida talabalarning metametodik kompetensiyalarining rivojlanish darajalari yana bir bor sinovdan oʻtkazildi. Ushbu jarayonning natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan (2-jadvalga qarang).
- UMUMIY XULOSA: Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metametodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish boʻyicha oʻtkazilgan tatqiqodlar natijasija quyidagi xulosalar shakllantirildi: 1. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metametodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishning mavjud holati oʻrganilib, amaliyotda mavjud muammolar aniqlandi, ushbu muammolarni bartaraf etish yo'nalishlari belgilab olindi. 2. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metametodik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari, shart-sharoitlari aniqlashtirildi. 3. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metametodik kompetentligining mazmuni, tarkibiy elementlari, metametodik tushunchalarning pedagogik mazmuni ochib berildi. 4. Bo'lajak boshlang'ich sinf oʻqituvchilarining metametodik kompetentligi rivojlanganlik darajasini baholovchi mezon va koʻrsatkichlar ishlab chiqildi hamda tajriba-sinov ishlari jarayonida pedagogika oliy ta'lim muassasalarida sinovdan oʻtkazildi. 5. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metametodik kompetensiyasini rivojlantirish modeli ishlab chiqildi va samaradorligi isbotlandi. 6. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metametodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. 7. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metametodik kompetentligining tarkibiy komponentlari (motivasion, kognitiv (bilishga oid), faoliyatga doir, baholash-refleksiv) mazmuni oʻquvchilarning oʻquv faoliyatini tashkil etishga qaratilgan shaxsiy, regulyativ (maqsadlarni aniqlash, rejalashtirish, bashorat qilish, nazorat, korresiya, baholash, oʻz-oʻzini baholash), bilishga oid hamda kommunitkativ koʻnikmalarini integrativ rivojlantirish orqali ishlab chiqildi. 8. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metametodik kompetentligining rivojlanganlik darajalarini obyektiv baholashga qaratilgan mezonlar (motivasion, kognitiv, faoliyatga oid, baholash-refleksiv) baholash jarayonida regulyativ, shaxsiy, bilishga oid, kognitiv va kommunikativ indikatorlarni kiritish asosida takomillashtirildi. 9. Boʻlajak boshlang'ich sinf oʻqituvchilarining metametodik kompetentligini rivojlantirish modeli tizimli tasavvurga qaratilgan kompetensiyaviy, faoliyatli, metametodik va integrativ yondashuvlarning konseptual-maqsadli, mazmunga oid, tashkiliy-texnologik hamda baholovchi-natijaviy komponentlarini integratsiyalash asosida takomillashtirildi. 10. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari metametodik kompetensiya strukturasi tarkibiy elementlari (axborot kommunikasion, kommunikativ, tashkiliy-metodik, ilmiy-tadqiqotchilik, mustaqil bilim olish, oʻzini oʻzi rivojlantirish, baholash kompetensiyalari)ning oʻziga xos xususiyatlari ularning oʻzaro va boshqa kasbiy kompetensiyalar bilan munosabatlarini muvofiqlashtirish asosida takomillashtirildi.