Oliy ta’lim tizimida innovatsion boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish

Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini innovatsion boshqaruvini tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda jahon tajribasi, ilg'or metodikalar hamda ilmiy-nazariy asoslar o'rganilgan holda, oliy ta'lim tizimida innovatsion boshqaruvni samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Oliy ta'lim tizimida innovatsion boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini ilmiy-nazariy va metodologik asoslari: Oliy ta'lim tizimida innovatsion boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi mazmuni, unga ta'sir etuvchi omillar va ularni rivojlantirishning metodologik asoslari, innovatsion iqtisodiyot sharoitida oliy ta'lim tizimini boshqarishning xorijiy tajribalari o'rganilgan.
  • Oliy ta'lim tizimida innovatsion boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini baholash: Oʻzbekistonda oliy ta'lim muassasalarini boshqarish tizimi tahlili, oliy ta'lim muassasalari boshqaruviga ta'sir etuvchi omillarni ekonometrik tahlil qilish va prognozlash ishlari amalga oshirilgan.
  • Innovatsion iqtisodiyot sharoitida oliy ta'lim tizimi boshqaruvining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish uslubiyoti: Oliy ta'lim tizimida innovatsion boshqaruv holatini baholash usullarini shakllantirish, innovatsion loyihalar ishlab chiqish orqali tizim boshqaruvini takomillashtirish imkoniyatlari, innovatsion iqtisodiyot sharoitida oliy ta'lim tizimi boshqaruvining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish masalalari yoritilgan.
  • Oliy ta'lim tizimida innovatsion boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish: Oliy ta'lim tizimida innovatsion boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini innovatsion-integratsion yondashuv asosida takomillashtirish, raqamli texnologiyalar tizimidan foydalanish hamda masalalari yoritilgan.