Bo‘lajak ingliz tili mutaxassislarining yozuv kompetensiyasini takomillashtirishda blended ta’lim texnologiyalari

Ushbu dissertatsiya avtoreferati boʻlajak ingliz tili mutaxassislarining yozuv kompetensiyasini takomillashtirishda blended ta'lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasini rivojlantirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda zamonaviy chet tili ta'limi adabiyotlarida "yozuv", "yozuv kompetensiyasi", "blended ta'lim", "texnologiya", "texnologiya integratsiya modeli (TIM)" va "blended ta'lim texnologiyasi” tushunchalarining mazmun-mohiyati oʻrganib chiqilgan. Shuningdek, ingliz tilida yozuv kompetensiyasini takomillashtirishda TIMlarining tatbiqini ilmiy asoslanganligi va blended ta'lim muhitida texnologiyalarning didaktik xususiyatlari tadqiq qilingan. Yozma nutq janrlari - paragraf va insho turlarini o'qitish holati va bu jarayonda duch kelinadigan muammolar tahlil qilingan. Bundan tashqari, IELTS, TOEFL iBT va CAE FCE kabi xalqaro imtihon tizimlari mezonlarining integratsiyasi hamda mashqlar tizimi ishlab chiqilgan. Tadqiqotda tajriba-sinov ishlari natijalari tahlil qilinib, bo'lajak ingliz tili mutaxassislarining yozuv kompetensiyasini takomillashtirishda blended ta'lim texnologiyalarining samaradorligi tasdiqlangan.

Asosiy mavzular

  • Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Jahon ta'lim tizimida chet tillarni o'qitish sifatiga va uning mazmuniga ta'sir ko'rsatuvchi ichki va tashqi omillar, samarali ta'lim muhitini yaratishga xizmat qiluvchi zamonaviy AKTlari, shu jumladan, ulardan maqsadli hamda manzilli foydalanish kontekstini izchil tahlil va tasnif qilish bilan bog'liq boʻlgan tadqiqotlarga talab ortayotganligi hamda oliy ta'limning chet tillarni o'rgatish tizimida blended ta'lim texnologiyalaridan foydalanish zaruratiga ehtiyoj kuchayganligi bayon etiladi.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iboratki, bo'lajak ingliz tili mutaxassislarining paragraf va insho yozish ko'nikmalari yozma nutqda lingvistik rivojlanish, matn yaratish usullari, metalingvistik bilimlar hamda metakognitiv strategiyalarni blended ta'lim sharoitida takomillashtirilganligi ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Amaliy natijalari sifatida talabalarning ingliz tilida yozma nutq janrlaridan pararagraf va insho turlarini yozishga oid ko'nikmalarini blended ta'lim muhitida takomillashtirishga yo'naltirilgan mashqlar tizimi asosida didaktik materiallar bazasi ishlab chiqilganligi hamda talabalarning yozuv kompetensiyasini takomillashtirishda texnologiyalarga nisbatan farqli yondashuv tizimi amaliyotga joriy etilganligi ta'kidlangan.
  • Xulosa: Tilning kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emasligi, kommunikativ kompetensiya talabalarni nutq faoliyatining produktiv turlaridan, ayniqsa yozuvdan maqsadli va manzilli foydalanishga yo'naltiruvchi muhim vosita ekanligi bayon etiladi. Shuningdek, oʻqituvchining yozma nutqda mazmun, tashkiliy tuzilish, soʻz tarkibi, tildan foydalanish va mexanika aspektlariga qaratishi samarali ta'lim yondashuvini tanlash hamda uning tamoyillariga to'liq rioya qilish lozimligi ko'rsatiladi. Blended ta'lim shaklining afzalliklari va uning ta'lim jarayonida qo'llanilishi muhimligi ta'kidlanadi.