Aholi daromadlari o‘zgarishini oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sirining nazariy asoslari
Ushbu dissertatsiya O'zbekistonda aholi daromadlarining o'zgarishi va oziq-ovqat xavfsizligi o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda daromadlarning oziq-ovqat xavfsizligiga ta'sirining nazariy asoslari tahlil qilinib, iqtisodiy tahlillar, ekonometrik modellashtirish va prognozlar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari O'zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan bo'lib, aholi daromadlarini ko'paytirish va oziq-ovqatga kirish imkoniyatlarini kengaytirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning muhimligini ko'rsatadi.
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga mosligi hamda muammoning o'rganilganlik darajasi bayon etilgan. Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda aholi daromadlarining roli va uning iqtisodiy rivojlanishga ta'siri tahlil qilingan.
- Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va aholining daromadlarini oshirishning nazariy asoslari: Birinchi bobda "Oziq-ovqat xavfsizligi" tushunchasi haqida nazariy qarashlar evolyutsiyasi, aholi daromadlari va oziq-ovqat xavfsizligi oʻrtasidagi oʻzaro bog'liqlikning mexanizmlari, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda rivojlangan mamlakatlarning amaliyoti va ularning Oʻzbekiston uchun ahamiyati tahlil qilingan.
- Oʻzbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash tizimining holati va aholi daromadlari tahlili: Ikkinchi bobda aholi daromadlari va oziq-ovqat xavfsizligining rivojlanish tendensiyalari oʻrganilgan. Shuningdek, oziq-ovqat narxlarining aholi daromadlari va oziq-ovqat iste'moliga ta'siri iqtisodiy tahlil qilingan hamda aholi daromadlari va oziq-ovqat xavfsizligini o'rtasidagi bog'liq ekometrik baholangan.
- Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash mexanizmini takomillashtirish yoʻnalishlari: Uchinchi bobda aholining yetarli oziq-ovqat sotib olish qobiliyatini qo'llab-quvvatlashning va oziq-ovqat narxlari barqarorligini ta'minlashning davlat siyosati oʻrganilgan hamda aholi daromadlari oʻzgarishini oziq-ovqat xavfsizligiga ta'sirini baholash bo'yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida prognozlar ishlab chiqilgan.
- Xulosa: Dissertatsiya tadqiqotining asosiy natijalari va xulosalari umumlashtirilgan. Aholi daromadlari va oziq-ovqat xavfsizligi o'rtasidagi bog'liqlikni kuchaytirish bo'yicha amaliy tavsiyalar berilgan.