Quyosh kollektorlarini buzilishdan himoyalash uchun energiya tejamkor va ishonchli o‘zini o‘zi drenaj qiladigan gelioqurilmalar
Ushbu dissertatsiya avtoreferati quyosh kollektorlarini buzilishdan himoyalash uchun energiya tejamkor va ishonchli oʻzini oʻzi drenaj qiladigan gelioqurilmalar yaratishga bagʻishlangan. Tadqiqotda quyosh kollektorlarining samaradorligi va ishonchliligini oshirish, investitsiya va ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish usullari ko'rib chiqilgan. Tadqiqotda yangi konstruksiyalar ishlab chiqilgan, eksperimental tadqiqotlar o'tkazilgan va olingan natijalarning ilmiy-amaliy ahamiyati ko'rsatib berilgan.
Asosiy mavzular
- Quyosh kollektorlarini atrof-muhitning yuqori va past haroratlarida suvning qaynashi va muzlashi natijasida buzilishdan himoya qilish: jahon va mahalliy tajriba: Ushbu bobda dunyoda suyuqlik quyosh kollektorlaridan foydalanish koʻlami, ularning turlari, amaliy qoʻllanilish tendensiyalari va ularni yil davomida qish va yoz mavsumlarida atrof-muhitning past va yuqori haroratlarida issiqlik tashuvchining muzlashi va qaynashidan himoya qilishning zamonaviy usullari tahlil qilingan. Shuningdek, jahon amaliyotida suyuqlikli quyosh kollektorlari (QK) ni himoya qilish uchun qo'llaniladigan oʻz-o'zini drenaj qiladiigan quyosh qurilmalari (O`DQ) ning namunaviy sxemalarining gidravlik konfiguratsiyalari, faol elementlarni (FE) qoʻllash asosida oʻz-oʻzini qrenaj qiladiigan quyosh qurilmalarining konstruksiyalari va ularning gidrodinamik ishlash rejimlarini takomillashtirish yoʻllari, oʻz-o'zini qrenaj qiladiigan quyosh qurilmalari va ularning torayuvchi qurilmalar koʻrinishidagi faol elementlarini hisoblash va loyihalashning mavjud usullari ko'rib chiqilgan.
- Quyosh radiatsiyasining oʻzgaruvchan intensivligida quyosh kollektorlarida issiqlik tashuvchini bir marta past oqim bilan isitadigan oʻz-oʻzini drenaj qiladigan gelioqurilmaning nazariy tadqiqoti: Ikkinchi bobda quyosh kollektorlarida issiqlik tashuvchini bir marta past sarfli isitish bilan o'z-o'zini drenaj qiladigan gelioqurilmaning xususiyatlariga va sxematik yechimlariga qo'yiladigan asosiy talablarni ishlab chiqish; gelioqurilmaning investitsiya va ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirishni ta'minlovchi, oʻzgaruvchan quyosh radiatsiyasi intensivligi uchun drenajlash sxemasining takomillashtirilgan gidravlik konfiguratsiyasini yaratish; quyosh radiatsiyasi intensivligining quyosh kollektorlari va drenaj bakining oʻzaro joylashuviga ta'sirini aniqlash; quyosh kollektorlarini drenajlash va ularni issiqlik tashuvchi bilan to'ldirish vaqtini hisoblash; konussimon suv taqsimlagich tomonidan quyosh kollektorlari kanallari bo'ylab suvni bir tekis taqsimlashning matematik modelini ishlab chiqish va yechish kabi tadqiqot natijalari keltirilgan.
- Eksperimental tadqiqotlar va natijalari: Uchinchi bobda Venturi quvuri shaklida ishlab chiqarilgan polipropilen FEning, shuningdek, ishlab chiqilgan QKni yangi konstruksiyasining gidrodinamik xususiyatlarini oʻrganish hamda tajribalarni oʻtkazish uchun gidravlik stendlarning tavsiflari va ularning natijalarini qayta ishlash usullari keltirilgan. Qarshilik xarakteristikalari usuli asosida o'z-o'zini drenaj qiluvchi geliokonturni gidravlik hisoblash usuli taklif etildi. O`DG uchun ishlab chiqilgan QK konstruksiyasining eksperimental tadqiqotlarini oʻtkazish maqsadida, issiqlik tashuvchini bir marta past sarfli isitish bilan maxsus koʻchma (g'ildirakli) eksperimental stend ishlab chiqildi va yaratildi.