Boshlangʻich sinf oʻquv jarayonida ilk invariant va variativ tushunchalarni shakllantirish metodikasi (ona tili misolida)
Ushbu dissertatsiya boshlang'ich sinf oʻquv jarayonida ilk invariant va variativ tushunchalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirishga bag'ishlangan bo'lib, unda o'quvchilarda mazkur tushunchalarni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari, uslubiy tizimlari hamda samaradorligi tadqiq etilgan. Tadqiqotda invariant va variativ tushunchalarning o'ziga xos xususiyatlari, ularni shakllantirishning pedagogik va didaktik tamoyillari, zamonaviy ta'lim texnologiyalari asosida o'quv-metodik tizimlar, baholash mezonlari ishlab chiqilgan. Tajriba-sinov ishlari natijalari asosida olingan xulosalar va tavsiyalar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati: Jahon miqyosida fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish bilan bir qatorda ta'lim jarayonida oʻquvchilarni individual yondashuv asosida intellektual rivojlantirishning didaktik parametrlarini aniqlashtirish, shuningdek, ularning iqtidori va qobiliyatini shakllantirishda uzluksiz ta'limning asosiy bogʻini hisoblangan kichik maktab yoshi davri muhim hisoblanib, bu esa o'quvchilarda fan asoslariga oid invariant va variativ tushunchalarni shakllantirish'ni taqoza etadi. Ayniqsa, o'quvchilarning atrof-muhit bilan oʻzaro a'loqasini tashkil etish natijasida ijtimoiy, huquqiy hamda intellektual taraqqiyotini ta'minlash, qadriyatli yondashuv asosida variativ tushunchalarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
- Tadqiqotning maqsadi: Boshlang'ich sinf o'quvchilarida invariant va variativ tushunchalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
- Tadqiqotning vazifalari: 1. Boshlang'ich sinf ona tili darslarida invariant va variativ tushunchalarni shakllantirish jarayoni hamda mazmunini tahlil qilish; 2. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida invariant va variativ tushunchalarni shakllantirishning didaktik modelini takomillashtirish; 3. Boshlang'ich sinf ona tili darslarida invariant va variativ tushunchalarni shakllantirishning metodik tizimini takomillashtirish; 4. Darsdan tashqari mashg'ulotlarda invariant va variativ tushunchalarni shakllantirish texnologiyasini ishlab chiqish va uning samaradorligini baholash.
- Tadqiqotning obyekti: Boshlang'ich sinf ona tili darslarida invariant va variativ tushunchalarni shakllantirish jarayoni.
- Tadqiqotning predmeti: Boshlang'ich sinf ona tili darslarida invariant va variativ tushunchalarni shakllantirish mazmuni, shakl, metod va vositalari.
- Tadqiqotning usullari: Anketa, suhbat, savol-javob, tizimlilik, qiyosiy tahlil, test so'rovlari, pedagogik tajriba-sinov, natijalarni matematik-statistik tahlil etish usullaridan foydalanildi.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Ona tili darslarida oʻquv elementlarining taksonomik ketma-ketligini ta'minlash orqali o'quvchilarda invariant va variativ tushunchalarni shakllantirishning interiorizatsiya, eksteriorizatsiya va refleksiv-baholash kabi xususiyatlari aniqlashtirilgan; oʻquvchilarda variativ tushunchalarni shakllantirishning didaktik model mazmuni shaxsiy ta'lim dasturida oʻquvchining oʻqish maqsadlari va faoliyat turlarini belgilash hamda metodik tamoyillarni faol ta'lim strategiyalari bilan uyg'unlashtirish asosida takomillashtirilgan; oʻquvchilarda variativ tushunchalarni shakllantirishning metodik tizimi “Ona tili" darslarida variatsion mazmunga ega metodlarni qoʻllash, diagnostika qilish imkonini beruvchi didaktik muhitni yaratish orqali takomillashtirilgan; darsdan tashqari mashg'ulotlarning intellektual-ijodiy va korreksion-rivojlantiruvchi funksiyalarini oshirish asosida lokal-modulli texnologiyani takomillashtirish orqali boshlang'ich sinf o'quvchilarida variativ tushunchalarni shakllantirish samaradorligi aniqlashtirilgan.
- Tadqiqotning amaliy natijalari: Boshlang'ich sinf o'quvchilarining invariant va variativ tushunchalarni oʻzlashtirish darajasini belgilovchi mezonlar ishlab chiqilgan; oʻquvchilarda variativ tushunchalarni shakllantirishga yo'naltirilgan muammoli-izlanishli-kreativ topshiriqlar majmui ishlab chiqilgan; boshlang'ich sinf ona tili darslarida invariant va variativ tushunchalarni shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik tizim samaradorligini oshirishga doir ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan; "Boshlang'ich sinf o'quv jarayonida invariant va variativ tushunchalarni shakllantirish texnologiyasi”, “Boshlang'ich sinflarda ona tilini oʻqitishda variativ tushunchalarni takomillashtirish metodikasi” nomli uslubiy qoʻllanmalar chop etilgan.
- Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Tadqiqotda qo'llanilgan innovatsion ta'lim texnologiyalari va ilmiy yondashuvlar asosida olingan natijalarni nazariy ma'lumotlarga mos kelishi, metodologik bazasining ta'minlanganligi, olingan emperik miqdorlarning matematik-statistik metodlari yordamida tahlil qilinganligi, tadqiqot vazifalariga mos keluvchi, oʻzaro bir-birini toʻldiruvchi manbalardan foydalanilganligi, tajriba-sinov ishlarining tahlili va ularning natijalaridan olingan xulosa va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi bilan izohlanadi.
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Boshlang'ich sinf o'quv jarayonida ilk invariant va variativ tushunchalarni shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik qarashlar, nazariy yondashuvlar, oʻquvchilarni intellektual rivojlantirishga qaratilgan pedagogik jarayonning didaktik xususiyatlari, mazmuni, shakl va metodlarini yaratish, motivasiyani hosil qilish, intellektual faoliyatni tashkil etish yo'llarining ishlab chiqilganligi, oʻquvchilarda kreativlikni shakllantirishning intellektual hissiy-emotsional jihatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ona tili darslarida oʻquv elementlarining taksonomik ketma-ketligini ta'minlash orqali o'quvchilarda invariant va variativ tushunchalarni shakllantirishning interiorizatsiya, eksteriorizatsiya va refleksiv-baholash kabi xususiyatlarini aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalar umumta'lim maktablarining boshlang'ich ta'lim Milliy o'quv dasturi va darsliklari mazmuniga singdirilgan; boshlang'ich sinf o'quvchilarida invariant va variativ tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan didaktik model mazmuni shaxsiy ta'lim dasturida oʻquvchining oʻqish maqsadlari va faoliyat turlarini belgilash hamda metodik tamoyillarni faol ta'lim strategiyalari bilan uyg'unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpogʻiston filiali va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2024 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional soʻz yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan; oʻquvchilarda variativ tushunchalarni shakllantirishning metodik tizimi “Ona tili" darslarida variatsion mazmunga ega metodlarni qoʻllash, diagnostika qilish imkonini beruvchi didaktik muhitni yaratish orqali takomillashtirish boʻyicha tadqiqot natijalaridan Yevropa ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida 2019-2022-yillarda bajarilgan 574099-EPP-1-2019-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP raqamli PAWER-
- Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi: Mazkur tadqiqot natijalari 6 ta xalqaro va 3 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida muhokama qilingan.
- Tadqiqot natijalarining e'lon qilinganligi: Tadqiqot mavzusi boʻyicha 21 ta ilmiy ish chop etilgan. 2 ta uslubiy qoʻllanma, Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 10 ta maqola, shundan, 4 tasi xorijiy va 6 tasi respublika jurnallarida nashr etilgan.
- Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya tarkibi kirish, uchta bob, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 129 sahifani tashkil etadi.
- XULOSALAR: Boshlang'ich sinf o'quv jarayonida invariant va variativ tushunchalarni shakllantirish bugungi kunning eng muhim pedagogik muammolaridan biri hisoblanadi. Zero, oʻquvchi shaxsi, xulq-atvorini kompeleks tashxislash, mustaqil ta'lim olish va individual rivojlanishning oʻziga xos jihatlarini shakllantirish borasida olib borilayotgan ta'lim-tarbiyaviy ishlarning asosiy tarkibiy qismi ekanligini nazarda tutish lozim. Oʻrganilgan ilmiy, pedagogik va metodik manbalar shundan dalolat beradiki, o'quv jarayonida bu borada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan: 1. Boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitishda invariant va variativ tushunchalar mazmuni, holati, oʻquvchilar bilimi, oʻqitishning innovatsion didaktik koʻrsatkichlari, oʻquv jarayoni samaradorligini oshirishga qaratilgan variativ tushunchalarni (kognitiv sintaksis, fonetik, morfologik, sintaktik, interfeys, semantik, leksik) shakllantirish orqali ona tilini oʻqitish mexanizmlari takomillashtirildi. 2. Boshlang'ich sinf o'quv jarayonida invariant va variativ tushunchalarni shakllantirishga yo'naltirilgan nazariy yondashuvlar, oʻquvchilarni intellektual rivojlantirishga qaratilgan pedagogik jarayonning didaktik xususiyatlari, motivasiya va intellektual faoliyatni tashkil etish yo'llarining ishlab chiqilganligi va oʻquvchilarda kreativlikni shakllantirishning intellektual hissiy-emotsional jihatlari rivojlantirildi. 3. Boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitishda variativ tushunchalarni shakllantirishga doir tanlangan samarali metodlar (muammoli, mantiqiy, og'zaki bayon etish, kuzatish, mustaqil ishlash, innovatsion ta'lim texnologiyalarga asoslangan metodlar, sintaksis, inversiya, semiotik, interaktiv, lingvotaktik), shakllari dars, sinfdan va maktabdan tashqari mashg'ulotlar), vositalari (tarqatma, didaktik, tasviriy, koʻrgazmali) asosida takomillashtirildi. 4. Boshlang'ich sinflarda ona tilini invariant va variativ tushunchalar asosida shakllantirish mezonlari (motivatsion, kognitiv, faoliyatli), individual yondashuvga muvofiq o'quvchilarni rivojlantirishga yo'naltirilgan kommunikativ modeli ishlab chiqildi, modelning amaliy komponenti didaktik vaziyatlarni yaratishga asoslangan holda variativ tushunchalarni shakllantirishga oid mashg'ulotlar tizimi adaptivligi takomillashtirildi. 5. Boshlang'ich sinf ona tili darslarida invariant va variativ tushunchalarni shakllantirishga oid qoʻshimcha materiallar tayyorlandi. O'quv jarayonini takomillashtirishga yo'naltirilgan jarayonning mantiqiy tuzilmasini ta'minlashga xizmat qiluvchi interfeys ya'ni ona tilini oʻzgarishli tuzilmalar asosida samarali oʻqitish holati takomillashtirildi. Ulardan oʻrinli foydalanishga oid dars ishlanmalari ishlab chiqildi. 6. Boshlang'ich sinflarda ona tilini kompetensiyaviy yondashuv asosida oʻqitishning tashkiliy komponentlik darajasi ilk variativ tushunchalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi darsdan tashqari mashg'ulotlarda ya'ni ijodiy, izlanishli oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajalari, koʻrsatkichlari, ona tilini o'qitishda variativ tushunchalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan tajriba-sinov natijalari asosida toʻgʻriligini tasdiqlash imkonini berdi. 7. Boshlang'ich sinf ona tili darslarida invariant va variativ tushunchalarni kreativ yondashuv asosida takomillashtirish, o'quvchilarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan ijodiy topshiriqlar mazmunining uzviyligi va uzluksizligini ta'minlashning o'quv-metodik ta'minoti mazmunan boyitilishi bo'lajak boshlang'ich sinf oʻqituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. 8. Boshlang'ich sinf o'quv jarayonida invariant va variativ tushunchalarni shakllantirish natijalariga asoslangan holda tajriba sinflari oʻquvchilari nazorat sinflari oʻquvchilariga nisbatan 9,3% yuqori ekanligi matematik statistikaning x² (xi kvadrat) metodidan foydalanib ilmiy asoslandi.
- TAVSIYALAR: 1) boshlang'ich sinf o'quv jarayonida invariant va variativ tushunchalarni shakllantirishning metodik imkoniyatlarini rivojlantirish va o'quv materiallariga asoslangan dasturiy vositalardan samarali foydalanish lozim; 2) boshlang'ich sinf ona tili darslarida variativ tushunchalarni shakllantirishga yo'naltirilgan taklif va tavsiyalardan boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyasini takomillashtirishda va milliy tarmoq markazlarida foydalanish zarur; 3) boshlang'ich sinflarda ona tilini oʻqitishda variativ tushunchalarni oʻquvchilarda shakllantirishga tizimli yondashuvni tatbiq qilish sifatini yaxshilash boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; 4) boshlang'ich sinf o'quvchilarida ilk invariant va variativ tushunchalarni shakllantirishda oʻz-oʻzini boshqarish, mazmun yoki tashkiliy-faoliyat nuqtai nazaridan yondashuvni yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.