Hunarmandchilik mahsulotlari bozorida xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish yo‘llari (Buxoro viloyati misolida)
Ushbu dissertatsiya "Hunarmandchilik mahsulotlari bozorida xizmat ko'rsatishni rivojlantirish yo'llari (Buxoro viloyati misolida)" mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda Buxoro viloyatida hunarmandchilik sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari, zamonaviy iqtisodiyotda xizmat ko'rsatishning ahamiyati, hunarmandchilik mahsulotlari bozorida xizmatlar ko'rsatishning nazariy va uslubiy asoslari, jahon tajribasi va O'zbekiston sharoitida mazkur sohaga ta'sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Tadqiqotda hunarmandchilik sohasini rivojlantirish bo'yicha takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, zarurati, maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining ishonchliligi va joriy qilinishi hamda tavsiya etilgan xulosalar bayon etilgan.
- Birinchi bob: "Iqtisodiyotning transformatsiyalashishi sharoitida xizmatlar ko'rsatish sohasi rivojlanishining nazariy-uslubiy asoslari": Xizmatlar koʻrsatish sohasi xususiyatlari, mohiyati va rivojlanishi, hunarmandchilik mahsulotlari bozorida xizmatlar koʻrsatishning baholash koʻrsatkichlari hamda xorijiy mamlakatlar tajribasi yoritib berilgan.
- Ikkinchi bob: "Buxoro viloyati hunarmandchilik mahsulotlari bozorida xizmatlar koʻrsatish koʻrsatkichlari tahlili": Buxoro viloyati hunarmandchilik mahsulotlari bozorida xizmat koʻrsatish sohasining rivojlanish holati va tendensiyalari, xizmat koʻrsatish sohasining hunarmandchilik mahsulotlari bozoriga ta'sir qiluvchi omillari tahlili asosida hunarmandchilik mahsulotlari bozorida xizmatlar koʻrsatish sohasini rivojlanishni baholash usullari yoritilgan.
- Uchinchi bob: "Hunarmandchilik mahsulotlari bozorida xizmat koʻrsatishni rivojlantirish istiqbollari": Hunarmandchilik mahsulotlari bozorini rivojlantirishning asosiy omil va zahiralaridan samarali foydalanish usullaridan foydalangan holda xizmat ko'rsatishni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini aniqlash asosida keyingi besh yillikning prognoz natijalari asosida maqsadli koʻrsatkichlarini shakllantirish yoritib berilgan.
- Xulosa: Dissertatsiya tadqiqotining asosiy natijalari asosida hunarmandchilik sohasini rivojlantirish bo'yicha xulosalar va tavsiyalar berilgan.