Amudaryo hozirgi deltasi elementar landshaftlarning meliorativ holatida relyef strukturasining roli
Ushbu dissertatsiya Oʻzbekistonda Amudaryo deltasining tabiiy-meliorativ holatida relyef strukturasi rolini o‘rganadi. Tadqiqotda relyef plastikasi usuli, dala tadqiqot, geografik taqqoslash, tizimli yondashish, kartografik, zamonaviy geografik axborotlar tizimi (GAT) va landshaft geokimyoviy usulidan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari asosida kichik deltalarning va Amudaryo oʻzanboʻyi balandliklarining “Elementar landshaft guruhlari” va “Erkindaryo kichik deltasi tuproqlarining shoʻrlanish darajasi” kartalari yaratilgan. Tadqiqot natijalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligida amaliyotga joriy etilgan.
Asosiy mavzular
- Tadqiqotning maqsadi: Elementar landshaft guruhlarining meliorativ holatida relyef strukturasining rolini ochib berish.
- Tadqiqotning vazifalari: Kichik deltalarning va Amudaryo oʻzanboʻyi balandliklarining shoxlanuvchi strukturasida elementar landshaft guruhlarining tabaqalanish qonuniyatlarini ochib berish; relyefning shoxlanuvchi strukturasi bilan elementar landshaft guruhlari meliorativ holatining oʻzaro aloqadorligini tahlil qilish va Erkindaryo deltasi tuproqlarining shoʻrlanish darajasi kartasini tuzish; kollektor geotizimlaridagi relyef havzaviy strukturasining elementar landshaft guruhlarining meliorativ holatiga ta'sirini tadqiq qilish; sug'oriladigan va sug'orilmaydigan hududlarning Yer resurslaridan oqilona foydalanishda relyef strukturasining rolini asoslab berish.
- Tadqiqotning obyekti: Amudaryo hozirgi deltasi elementar landshaft guruhlari.
- Tadqiqotning predmeti: Relyef strukturasi bilan elementar landshaft guruhlari meliorativ holatining oʻzaro aloqadorligini tahlili.
- Tadqiqotning usullari: Relyef plastikasi usuli, dala tadqiqot, geografik taqqoslash, tizimli yondashish, kartografik, zamonaviy geografik axborotlar tizimi (GAT) va landshaft geokimyoviy usuli.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Kichik deltalarning va Amudaryo oʻzanboʻyi balandliklarining shoxlanuvchi strukturasida elementar landshaft guruhlarining tizimli tabaqalanish qonuniyatlari yirik masshtabli (1:25000) relyef plastikasi kartalari asosida ilmiy asoslangan; elyuvial, trans-elyuvial, superakval elementar landshaft guruhlarining meliorativ holati bilan relyef strukturasi oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlik aniqlangan; Erkindaryo kichik deltasining 1: 100000 masshtabdagi "Tuproqlarning shoʻrlanish darajasi" hamda Amudaryo oʻzanboʻyi balandliklarida “Elementar landshaft guruhlari”ning kartalari ArcGIS dasturida yaratilgan; ilk bor sug'orilmaydigan hududlarning Yer resurslaridan oqilona foydalanishda kichik deltalar shoxlanuvchi strukturasining va sug'oriladigan hududlarning Yer resurslaridan samarali foydalanishda kollektor geotizimlar havzaviy strukturasining rollari ochib berilgan.
- Tadqiqotning amaliy natijalari: Turli masshtabdagi kichik deltalarning va Amudaryo oʻzanboʻyi balandliklarining “Elementar landshaft guruhlari" va "Erkindaryo kichik deltasi tuproqlarining shoʻrlanish darajasi” kartalari yaratilgan; sugʻorma dehqonchilikni va melioratsiyani rivojlantirish maqsadida elementar landshaft guruhlari meliorativ holatining relyef strukturasi bilan aloqadorligi ilk bor amaliyotda isbotlangan; elyuvial elementar landshaftdan irrigatsiya tarmoqlarini oʻtkazish, kichik deltalarning tutashgan superakval elementar landshaftidan melioratsiya tizimlarini oʻtkazilishi asoslab berilgan; sug'oriladigan va sug'orilmaydigan hududlarning Yer resurslaridan oqilona foydalanishda relyef strukturasi rolining amaliy ahamiyati ochib berilgan.