Germaniya Federativ Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari bilan o'zaro aloqalarining rivojlanish jarayonlari

Ushbu dissertatsiya Germaniyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan oʻzaro aloqalarining shakllanishi va rivojlanish jarayonlarini tadqiq etadi. Tadqiqotda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari, mexanizmlari, ta'sir etuvchi omillari, mintaqaviy va global kontekstdagi roli va ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda Germaniyaning mintaqadagi geosiyosiy va geoiqtisodiy manfaatlari, Yevropa Ittifoqi strategiyalari va Markaziy Osiyo davlatlari bilan oʻzaro munosabatlarning rivojlanish tendensiyalari ham koʻrib chiqilgan. Tadqiqot yakunida Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari boʻyicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.

Asosiy mavzular

  • Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, tadqiqot maqsadi, vazifalari, obyekti va predmeti, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining joriy qilinishi va aprobatsiyasi, tuzilishi hamda hajmi haqida ma'lumot beriladi.
  • Birinchi bob: Germaniya-Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlarining konseptual va shartnomaviy - huquqiy asoslari: Ushbu bobda Germaniya – Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlarining nazariy va uslubiy jihatlari, ikki tomonlama hamkorlikning shakllanishi va uning shartnomaviy-huquqiy asoslari, mintaqada Germaniya tashqi siyosatining Yevropa Ittifoqi kontekstidagi tahlili kabi masalalar tadqiq qilingan. Markaziy Osiyo davlatlarining Germaniya bilan munosabatlari 1992-yildan boshlab rivojlanib kelayotganligi, bu jarayonda ikki tomonlama shartnomalar va YI strategiyalarining oʻrni, hamkorlikning ilmiy va ta'lim sohasidagi jihatlari ham tahlil etilgan.
  • Ikkinchi bob: Germaniya-Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlarida iqtisodiy hamkorlik va xavfsizlik masalasi: Ushbu bobda Germaniya va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning strategik ahamiyati, hamkorlik aloqalarining xavfsizlik paradigmasi, yangi geosiyosiy sharoitda Germaniya va Markaziy Osiyo davlatlari aloqalarining xususiyatlari: imkoniyatlar va toʻsiqlar kabi masalalar oʻrganilgan. Jumladan, transport va logistika, energetika, savdo-iqtisodiy masalalar, shuningdek, xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash boʻyicha hamkorlik tahlil qilingan.
  • Uchinchi bob: Germaniyaning Markaziy Osiyo siyosatining madaniy-gumanitar jihatlari va “yumshoq kuch”ni qoʻllash amaliyoti: Ushbu bobda Germaniya va Markaziy Osiyo davlatlari aloqalarida “yumshoq kuch” siyosatini qoʻllash vositalari va maqsadlari, Germaniya siyosiy jamgʻarmalarning mintaqada “yumshoq kuch” siyosatini amalga oshiruvchi institutlar sifatida roli oʻrganilgan. Shuningdek, nemis diasporalarining roli, nemis tilini va madaniyatini targʻib qilish, taʼlim va madaniyat sohasidagi hamkorlik masalalari tahlil etilgan.
  • Xulosa: Dissertatsiyaning asosiy xulosalari va tavsiyalari keltirilgan. Markaziy Osiyo mintaqaviy integratsiyasi va hamkorligining rivojlanishi, Germaniya va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi aloqalarning rivojlanish jarayonlari, ularning istiqbolli yoʻnalishlari va mavjud muammolar tahlil qilingan. Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar berilgan.