Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida o‘quv lеksik kompеtеnsiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish
Ushbu dissertatsiya bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarida o'quv leksik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda chet tilini o'qitishda leksik kompetensiyaning o'rni, uni rivojlantirish usullari, metodikasi va samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – bo'lajak o'qituvchilarda o'quv leksik kompetensiyalarni rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlarini o'rganish hamda takomillashtirishdan iborat.
Asosiy mavzular
- O'quv leksik kompetensiyalarni rivojlantirishning nazariy asoslari: Bu bobda kompetensiya yondashuvi nuqtayi nazarida xorijiy til leksik kompetensiyasining o'ziga xos xususiyatlari, bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarida o'quv leksik kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik omillari, lug'at bilan ishlashga asoslangan xorijiy til o'quv-leksik kompetensiyalarining faoliyat bosqichlari tahlil qilingan.
- Bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarida o'quv leksik kompetensiyalarni rivojlantirishning metodik tizimi: Ikkinchi bobda kompetensiyaviy yondashuv nuqtayi nazarida oʻquv leksik kompetensiyalarning mazmuni, oʻquv leksik kompetensiyalarni rivojlantirish modeli, oʻquv leksik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi o'z aksini topgan.
- Bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarida o'quv leksik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi samaradorligi: Uchinchi bob tajriba-sinov ishlarining tashkil qilinishi va natijalari taxlili, tajriba-sinov ishlarining matematik-statistik tahlili va samaradorlik koʻrsatkichlari tahlil etilgan.