Paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellarınıng sovutish tizimini takomillashtirish

Ushbu dissertatsiya avtoreferati Tojiboyev Sherali Imomali oʻgʻlining

Asosiy mavzular

  • Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati: Jahon tajribasida mashinasozlik va avtomobilsozlik mahsulotlarining sifatini va chidamliligini oshirish uchun ularni ishlab chiqarish jarayonida energiya-resurstejamkor texnologiya va texnika vositalarini qoʻllashga jiddiy e'tibor berilmoqda. Paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellarining sovutish tizimini takomillashtirish orqali ish samaradorligini oshirish koʻzda tutilgan. Jahonda traktor va paxta terish mashinalari ishlab chiqarish sanoatida qo'llaniladigan dvigatel sovutish tizimlarining xizmat muddatini oshirish ustida keng ko'lamli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
  • Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi: Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining II. "Energetika, energiya va resurs-tejamkorlik" ustuvor yoʻnalishiga mos ravishda bajarilgan.
  • Muammoning oʻrganilganlik darajasi: Traktor va paxta terish mashinalari dvigatellarining sovutish tizimi konstruksiyasini takomillashtirish hamda ish qobiliyatlarini belgilovchi asosiy parametrlarini hisoblash ishlarini qulaylashtirish va aniqligini oshirish borasida xorij va mamlakatimiz olimlar tomonidan qator ishlar olib borilgan. Biroq, traktor va paxta terish mashinalarini ishlab chiqarilgandan keyingi ekspluatatsiya jarayonida yuzaga keladigan nosozliklarni bartaraf qilish, ichki yonuv dvigatellarining sovutish tizimiga salbiy ta'sir koʻsatuvchi tashqi omillar jarayonini optimallashtirish, sovutish tizimi paramertlariga ta'sir darajasini miqdoriy baholash boʻyicha tadqiqotlar yetarlicha oʻtkazilmagan.
  • Tadqiqotning maqsadi: Paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellarining sovutish tizimini takomillashtirish orqali ish samaradorligini oshirishdan iborat.
  • Tadqiqotning vazifalari: Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan traktor dvigatellarining harorat-dinamik koʻrsatkichlarini tahlil etish asosida dvigatel sovutish tizimidagi issiqlikni modellashtirish hamda sovutsih tizimiga ta'sir etuvchi omillarni tahlil qilish; paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellarining sovutish tizimi, jumladan qoʻshimcha tozalovchi qurilma tizimi parametrlarini nazariy tadqiq qilish; paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellarining sovutish tizimi, jumladan qoʻshimcha tozalovchi qurilma tizimi parametrlarini eksperimental tadqiq qilish; nazariy va eksperimental tadqiqot natijalarini solishtirma tahlil qilish; tadqiqot natijalarini joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish va ularni joriy etishning iqtisodiy samarasini baholashdan iborat.
  • Tadqiqotning predmeti: Paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellarining sovutish tizimida tashqi omillar ta'sirida issiqlik oʻzgarishi jarayoni tashkil etadi.
  • Tadqiqotning usullari: Tadqiqot jarayonida paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellarining sovutish tizimi parametrlarini asoslashda nazariy mexanika, gidrodinamika, matematik tahlil va matematik statistika qoidalari, statik va dinamik parametrlarini sonli hisoblash usullari, eksperimentlarni rejalashtirish va natijalarni qayta ishlashning matematik usullari, ekspluatatsion xususiyatlarni aniqlashning me'yoriy hujjatlaridan foydalanilgan.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellari sovutish tizimiga ta'sir etuvchi omillarga bog'liq ravishda oʻzgarish bog'lanishlari asosida suvutish tizimi uchun takomillashtirilgan sxema va uning tajriba namuna konstruksiyasi joriy qilingan hamda paxta tersh mashinalari bilan agregatlangan traktorning ekspluatatsiya jarayonidagi samaradorligi ta'minlangan. Paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatelining sovutish tizimini kompleks hisoblash uslubi orqali atrof-muhit harorati va ifloslanishi, dvigatelning ish rejimi, uning butun massasi haroratining oʻzgarishi, radiatorning old yuzasidagi panjaralarning havo oʻtkazuvchanligi pasayishi kabi omillar ta'sirida sovutish tizimining ish jarayonida haroratning oʻzgarishi dinamikasi aniqlangan. Paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellarining sovutish tizimiga ta'sir etuvchi omillar (atrof-muhit harorati va ifloslanishi, dvigatelning ish rejimi, uning butun massasi haroratining oʻzgarishi, radiatorning old yuzasidagi panjaralarning havo oʻtkazuvchanligi pasayishi)ga bog'liq ravishda sovutish tizimiga oʻrnatilgan qoʻshimcha tozalovchi qurilmaning sxemasi va elementlarini hisoblash uslubi ishlab chiqilgan. Sovutish tizimiga oʻrnatilgan qoʻshimcha tozalovchi qurilma tizimining parametr (ressiver, forsunka, truboprovod, kollektor)larini hisoblash uslubi ishlab chiqilgan va asoslangan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktorlarning ekspluatatsiya jarayonida samaradorligini pasaytirishiga sabab boʻladigan atrof-muhit harorati va ifloslanishi, dvigatelning ish rejimi (ya'ni silindr devorlaridan sovutish suyuqligiga yetkazib beriladigan issiqlikning oʻzgarishi), dvigatelning butun massasi haroratining oʻzgarishi, radiatorga kirishidagi havo haroratining oʻzgarishi, radiatorning old yuzasini toʻr yoki to'rlar bilan qoplash, atrof panjaralari havo massasini oʻtish qismlarini yopishi, havo yoʻli orqali havo oqimining pasayishi va radiatorga kirish joyida havo haroratining oshishi kabi omillarning tavsiflarini aniqlash imkoniyati yaratilgan; paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatelining sovutish tizimini kompleks hisoblash uslubi turli omillar ta'sirida sovutish tizimining ish jarayonida haroratning oʻzgarishi dinamikasini aniqlash imkoniyati yaratilgan; paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatelining sovutish tizimiga qoʻshimcha tozalovchi qurilmani oʻrnatish orqali uning samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi: Izlanishlarning zamonaviy uslub va oʻlchash vositalaridan foydalangan holda oʻtkazilganligi, paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellarining sovutish tizimining konstruktiv, statik, kinematik parametrlari va ish rejimlarini nazariy jihatdan asoslash nazariy mexanika, gidravlika va matematik modellashtirish qoidalari asosida amalga oshirilganligi, tajribalar natijalariga matematik statistika uslublari bilan ishlov berilganligi, paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellarining sovutish tizimi dinamik hisoblash uchun ishlab chiqilgan EHM dasturini amaliyotga joriy etilganligi, nazariy va eksperimental tadqiqotlarning oʻzaro mosligi, dala sinovlari oʻtkazilib, amaliyotga joriy qilinganligi bilan izohlanadi.
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatelining sovutish tizimlari parametrlarini aniqlash imkonini beradigan matematik modellar, analitik bogʻlanishlar va hisobiy usullardan barcha turdagi dvigatellarning sovutish tizimi parametrlarini asoslashda qoʻllanilishi mumkin. Ishlab chiqilgan paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellarining sovutish tizimi tajriba-sinov nusxalarini ishlab chiqishda loyihalash sifati va samaradorligini oshirish, tajriba-konstruktorlik va zavod sinovlarini oʻtkazish xarajatlarini qisqartirish, ekspluatatsiya sharoitida yonilgʻi-moylash materiallari sarfini kamaytirish va ish unumdorligini oshirishga olib keladi.
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellarining sovutish tizimini takomillashtirish boʻyicha olingan natijalar asosida paxta terish mashinalari bilan agregatlangan traktor dvigatellarining sovutish tizimiga oʻrnatilgan qoʻshimcha tozalovchi qurilmaning sxemasi, elementlarini hisoblash uslubi va parametrlari asosida ishlab chiqilgan tajriba namunasi Namangan viloyati Pop tumanining “Chigʻanoq sohili” va “Pop-Olmos gavhari
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi: Mazkur tadqiqot natijalari, jumladan 3 ta xalqaro va 7 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan oʻtkazilgan.
  • Tadqiqot natijalarining e'lon qilinganligi: Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 16 ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 7 ta maqola, jumladan, 5 tasi respublika va 2 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan.
  • Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi: Dissertatsiya tarkibi kirish, to'rtta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 101 betni tashkil etadi.