Agroklaster tizimining optimal modellarini ishlab chiqish metodologiyasi (Qashqadaryo viloyati misolida)
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoniga muvofiq Qashqadaryo viloyatida agroklaster tizimini rivojlantirishning optimal modellarini ishlab chiqish metodologiyasiga oid tadqiqot natijalarini oʻz ichiga oladi. Unda agroklaster tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirish, innovatsion ishlab chiqarishni rivojlantirish va resurslardan samarali foydalanish boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan. Kitobda klaster tizimining nazariy-uslubiy asoslari, zamonaviy nazariyalari, ularning mohiyati, farqli xususiyatlari, agroklaster tizimini optimal modellarini ishlab chiqishning ekonometrik usullari, shuningdek, Qashqadaryo viloyati misolida klaster tarmoqlarining tahlili va iqtisodiy samaradorligini baholash usullari yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Agroklaster tizimining nazariy-uslubiy asoslari va optimal modellarini ishlab chiqish metodologiyasi: Ushbu mavzu doirasida klasterli yondoshuv nazariyalari, ularning mohiyati va farqli xususiyatlari, zamonaviy nazariyalarning tasnifi, agroklaster tizimining murakkab qo'shilgan qiymat zanjirini tasniflovchi sxemalar va optimal modellarini ishlab chiqishning ikki konturli metodologik sxemasi, shuningdek, hududiy innovatsion agroklaster tizimini global mezonlarda shakllantirish talablari va modellari bayon qilingan.
- Agroklaster tizimida ishlab chiqarish intensivligini optimallashtirish mexanizmi: Mintaqa qishloq xoʻjalik tarmoqlarida ishlab chiqarish intensivligi koeffitsiyentining haqiqiy, muvozanatlashgan va optimal koʻrsatkichlari asosida agroklasterlarning iqtisodiy samaradorlik darajasini oshirish mexanizmi taklif etilgan. Bunda ishlab chiqarish intensivligini oshirishning matematik apparati ishlab chiqilgan.
- Qashqadaryo viloyati agroklaster tizimida innovatsion-vositalar va iqtisodiy baholash: Qashqadaryo viloyati agroklaster tizimi uchun innovatsion-vositalar belgilangan, ularning mintaqaviy rivojlanishdagi oʻrni tahlil etilgan. Shuningdek, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, texnologik, ijtimoiy, ekologik va geografik qatlamlarning innovatsion oʻtkazuvchanlik darajasi aniqlangan va baholangan.
- Agroklaster tizimini rivojlantirish boʻyicha prognoz parametrlari va mezonlari: Qashqadaryo viloyati agroklaster tizimini rivojlantirishning 2025-2030 yillarga moʻljallangan prognoz parametrlari BSTS (Bayesian Structural Time Series), VAR va VECM modellari asosida ishlab chiqilgan. Shuningdek, klaster tarmoqlarining resurs sarfi va optimal koʻrsatkichlari, investitsiya samaradorligi boʻyicha tahlillar keltirilgan.