Temir yo'l transporti tizimini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish

Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston temir yoʻllari

Asosiy mavzular

  • KIRISH: Temir yo'l transporti tizimini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishning dolzarbligi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo'nalishlari, sohaga qo'llanilayotgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar va tadqiqotning ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari aniqlangan.
  • Tadqiqotning usullari va ilmiy yangiligi: Zamonaviy iqtisodiy nazariya va amaliyotda qoʻllaniladigan ilmiy-amaliy usullar, jumladan, statistik tahlil, ekonometrik modellashtirish, klasterlashtirish, kompleks baholash, ekspert baholash hamda "Yashil temir yo'l" konsepsiyasiga asoslangan yangi tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, xususan, temir yoʻl transporti uchun integral ekologik-iqtisodiy xavfsizlikni baholash indeksi va «yashil temir yoʻl klasterlari»ning rivojlanish modeli kabi yangi yondashuvlar taklif etilgan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari va joriy etilishi: Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ faoliyatiga joriy etilgan. Jumladan, transport xizmatlari tannarxini kamaytirish, ekologik xavfsizlikni baholash, energiya tejamkorligini oshirish hamda uglerod chiqindilarini kamaytirishga qaratilgan mexanizmlar takomillashtirilgan.
  • XULOSA: Dissertatsiya tadqiqoti natijalari bo'yicha temir yoʻl transportining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish, ekologik va iqtisodiy samaradorlikni oshirish yuzasidan ilmiy asoslangan xulosalar va takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda integratsiyalashgan davlat tartibga solish mexanizmi va «yashil temir yoʻl klasterlari» modelining joriy etilishi natijasida iqtisodiy va ekologik samaradorlikning tubdan yaxshilanishi tasdiqlangan.