Bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish

Ushbu dissertatsiya avtoreferati boʻlajak fizika oʻqituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, unda raqamli ta'lim texnologiyalari va zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish orqali ta'lim jarayonini takomillashtirish masalalari koʻrib chiqilgan. Tadqiqotda boʻlajak oʻqituvchilarning ijodiy-intellektual kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari, bunda qoʻllaniladigan usullar, vositalar va modellar tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida ushbu yoʻnalishda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan va ularning amaliyotga joriy etilishi boʻyicha takliflar berilgan.

Asosiy mavzular

  • Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati: Jahon ta'lim tizimida bo'lajak fizika o'qituvchilarining ijodiy-intellektual kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish jarayonida raqamli texnologiyalar va innovatsion vositalar ta'lim jarayoniga joriy etilmoqda. Xalqaro tajribada fizika ta'limida simulyatsiyalar va virtual laboratoriyalardan foydalanish orqali talabalarning individual qobiliyatlariga moslashtirilgan ta'lim muhitini yaratish, boʻlajak fizika o'qituvchilarining analitik tafakkurini rivojlantirish va ilmiy fikrlashini shakllantirish bo'yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
  • Tadqiqotning maqsadi: Boʻlajak fizika oʻqituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirishni dasturiy ta'minotini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
  • Tadqiqotning vazifalari: boʻlajak fizika fani o'qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarining pedagogik imkoniyatlarini aniqlash; bo'lajak fizika fani o'qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirish modelini takomillashtirish; dasturiy ta'minot vositasida bo'lajak fizika fani o'qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish; dasturiy ta'minot vositasida bo'lajak fizika fani o'qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini samaradorligini aniqlash;
  • Tadqiqot obyekti: Boʻlajak fizika oʻqituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonida dasturiy ta'minotni takomillashtirish hisoblanadi.
  • Tadqiqot predmeti: Bo'lajak fizika oʻqituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy ta'minotini takomillashtirishga oid shakl, metod va vositalar tashkil etadi.
  • Tadqiqotning ilmiy yangiligi: bo'lajak fizika fani o'qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari elektron resurslarning ergonomik-metodik va maxsus talablarini bajarishga ustuvorlik berish, talabalarning bilim olishiga ijodiy yondashuvlarini rag'batlantiruvchi simulyasion muhit yaratish, dasturlashtirilgan resurslarni virtual borliqda moslashtirish asosida aniqlashtirilgan; boʻlajak fizika fani o'qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirish modeli xalqaro tajribalarga koʻra elektron didaktik vositalar funksiyalarini didaktik tamoyillarga uyg'unlashtirish hamda eksperemental ta'lim texnologiyalarini oʻquv jarayoniga maqbul integratsiyalash asosida takomillashtirilgan; boʻlajak fizika fani o'qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi “Discussion”, “Heuristic”, “Discovery learning” va “Case study" obrazi va tasviriy intelektual tasavvurlarini va electron talim resurslarini rivojlantiruvchi metodlarini virtual ta'lim muhitida foydalanishning amaliy natijadorligini oshirish traektoriyasiga intensiv integratsiyalash asosida takomillashtirilgan; boʻlajak fizika fani o'qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi amaliy va mustaqil ta'lim mashg'ulotlarida eksperimental ta'lim mazmunini oshirishga qaratilgan “Collaborative Learning",