Tohir Malik asarlaridagi o'xshatishlarning lingvomadaniy tadqiqi

Ushbu dissertatsiya Tadqiqot

Asosiy mavzular

  • Tohir Malik asarlaridagi oʻxshatishlarning lingvomadaniy tadqiqi: Ushbu tadqiqot Tohir Malikning "Shaytanat", "Savohil", "Ov", "Soʻnggi oʻq", "Murdalar gapirmaydilar", "Alvido, bolalik", "Imtihon", "Charxpalak", "Devona", "Falak", "Iblis devori", "Ozod inson haqida qoʻshiq", "Jinoyatning uzun yoʻli", "Xazonrezgi" kabi qissalaridagi oʻxshatishlarning lingvomadaniy xususiyatlarini tadqiq etadi. Tadqiqotning maqsadi Tohir Malik qissalarida qoʻllangan oʻxshatishlarning lingvomadaniy jihatlarini ochib berishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: o'xshatishlarning jahon, shu jumladan, oʻzbek tilshunosligida oʻrganilish holatini aniqlash; o'xshatishlarda milliy-madaniy konnotatsiyaning oʻrnini belgilash; badiiy matnda o'xshatishlarning o'rnini ochib berish; Tohir Malik qissalarida qo'llangan o'xshatish etalonlari va ularning lingvomadaniy xususiyatlarini koʻrsatib berish; adib qissalaridagi o'xshatishlarda xalq milliy-madaniy qarashlarining namoyon boʻlishini dalillash; yozuvchining turg'un va erkin o'xshatishlardan foydalanish mahoratini ko'rsatib berish.
  • Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi: Milliy ong, milliy-mental va badiiy tafakkur qirralarining lisoniy ong, lisoniy tafakkur orqali voqelanish xususiyatlari va ularning millat lingvistik konseptlari orqali amalga oshish yoʻllari, omillari hamda sabablari borliqdagi narsa-buyum, predmet va ramz-timsollarga nisbatan baholanishi masalalari o'xshatish etalonli birliklari vositasidagi hosilalar ekanligi ochib berilgan; Tohir Malik badiiy lisoniy tafakkuri mahsullari hamda xalqimizning milliy-mental til birliklarining koʻnikmaviy hosilalariga aylangan o'xshatishlar orqali xalqning oʻziga xos tafakkur tarzi, dunyo haqidagi tushuncha va qarashlari, tasavvurlari, olam manzarasining til vositalari orqali yuzaga chiqishi, nutqiy jonli va badiiy holatda aks etishi oʻzbek tili lingvistik qonuniyatlari asosida dalillangan; yozuvchi qissalarida qoʻllangan “bola” etalonli o'xshatishlar hamda “xotinday”, “mushtday” kabi o'xshatishlarning lisoniy belgi-xususiyatlari, nutqiy voqelikda anglatgan konsepsiyaviy qoʻllanish usullari, fikr ifodalashdagi kommunikativ-lingvistik vazifasi, emotsional taʼsir koʻlami, mazmun qamrovidagi pozitsiyaviy oʻrni hamda milliy lingvomadaniy miqdor va sifat belgilari, ularning badiiy va soʻzlashuv nutqidagi voqelanishi ilmiy hamda amaliy jihatdan isbotlangan; Tohir Malik badiiyatida qo'llagan individual oʻxshatishlarning kongnitiv tizimi va uzualligi hamda oʻzbek milliy tili etaloniga aylangan turg'un va erkin o'xshatishlar, ulardagi milliy-madaniy stereotiplarning ifodalanishidagi pragmatik, badiiy, hissiy boʻyoqdorlik darajalari milliy-tarixiy va zamonaviy jihatdan lingvomadaniy tamoyillar orqali aniqlangan.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari: Tadqiqot doirasida toʻplangan materiallar, qoʻyilgan masalalarni tadqiq etish natijasida olingan xulosalar tilshunoslik uchun muhim ilmiy-nazariy maʼlumotlar berishi ko'rsatib berilgan; o'xshatish etalonlarining tanlanishidagi milliy oʻziga xos konnotatsiya lingvomadaniy jihatdan dalillangan; oʻzbek tilidagi turg'un o'xshatishlar orqali insonning olamni idrok etishi va anglashi xalq ruhi va mentaliteti, milliy baho bilan bog'liq ekanligi asoslangan; turli o'xshatishlarning tahlillaridan izohli lug'atlar tayyorlashda muhim manba sifatida xizmat qilishi koʻrsatilgan; o'xshatishlarni tadqiq etish natijasida chiqarilgan xulosalar tilshunoslik uchun muhim ilmiy-nazariy ma'lumotlar berishi, oliy o'quv yurtlarida o'qitiladigan "Lingvokulturologiya”, “Matn lingvistikasi”, “Madaniyatshunoslik”, “Badiiy tahlil asoslari”, “Uslubiyat”, “Etnolingvistika” kabi fanlardan yaratiladigan darslik va oʻquv qo'llanmalarning mukammallashuviga xizmat qilishi asoslangan.