Бино ташқи деворига тушадиган иссиқлик ҳисоби ва энергетик самарадорлиги

Ushbu kitob, asosan, O'zbekiston sharoitida turar joy binolarini energiya bilan ta'minlash, ularning issiqlik texnik hisob-kitoblarini amalga oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi masalalariga bag'ishlangan. Unda binolarning tashqi devorlariga tushadigan issiqlik hisobi, energiyani tejash imkoniyatlari, quyosh energiyasidan foydalanish, turli qurilish materiallarining issiqlik texnik ko'rsatkichlari va iqtisodiy jihatlar ham ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Yashash binosi konstruktiv elementlarining issiqlik-texnik hisobi: Qashqadaryo viloyati sharoitida radiatsiya va meteorologik rejimlar, yashash binosi konstruktiv elementlariga oid ma'lumotlar, binoning tashqi devorlarining issiqlik-texnik hisobi, issiqlikdan himoya qatlamlarining sanitariya-gigienik ko'rsatkichlari, binoning issiqlik rejimi hisobi.
  • Bino tashqi devoriga tushadigan issiqlik hisobi va energetik samaradorlikni aniqlash: Bino tashqi devorlarini issiqlik-texnik hisoblash, bino tomining konstruksiyasini issiqlik-texnik hisoblash, bino deraza va eshiklari joylashgan chegara qatlamlarini hisoblash, bino issiqlik himoya qatlamlarining sanitariya-gigienik ko'rsatkichlarini hisoblash.
  • Atrof-muhit muhofazasi: Atrof-muhitning ifloslanishi, atrof-muhitni muhofaza qilishning ahamiyati, havo ifloslanishining oldini olish, sanoat korxonalarining ta'siri, ekologik muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari.
  • Xavfsizlik texnikasi: Mehnatni muhofaza qilish qonunlari, radiatsiya xavfsizligi, ish muhitini aniqlash, nurlanish dozasini aniqlash va undan himoyalanish, ishlab chiqarish xonalari va maydonlarini yoritish.
  • Iqtisodiy qism: Bino devorlarining issiqlik xususiyatlarini yaxshilashning iqtisodiy samaradorligi, energiya tejash tadbirlari va ularning iqtisodiy bahosi.