Кибержиноятларнинг келиб чиқиш тарихи ва бугунги кундаги ривожи
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Xalqaro nodavlat tashkiloti “Mintaqaviy muloqot” hamkorligida tashkil etilgan "Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari" mavzusidagi xalqaro konferensiya materiallari to'plamidan iborat. Kitobda raqamlashtirishning huquq tizimiga ta'siri, xususan, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bu jarayonning o'ziga xos jihatlari va istiqbollari, shuningdek, O'zbekistonning ushbu sohadagi erishgan yutuqlari va xorijiy tajribalar tahlil qilingan. Raqamlashtirishning korrupsiyaga qarshi kurashdagi roli, kibеrjinoyatlar va axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari, shuningdek, yoshlar va ilm-fan sohasida raqamlashtirishning ahamiyati ham o'rganilgan. Kitobda O'zbekistonning raqamli rivojlanish strategiyasi va uning huquqiy tizimga tatbiqi yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Adliya organlari va muassasalarini raqamlashtirish masalalari: O'zbekiston Respublikasi adliya organlarida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy bosqichdagi asosiy tendensiyalari, jumladan, elektron davlat xizmatlari, sud-ekspertlik faoliyati, notarial va boshqa adliya organlari faoliyatining raqamlashtirilishi yoritilgan.
- Raqamli iqtisodiyot va intellektual mulk: Intellektual mulk sohasida raqamlashtirish, elektron tijoratni huquqiy tartibga solish mexanizmlari, bankrotlik instituti va uning raqamli iqtisodiyotdagi rivojlanish muammolari ko'rib chiqilgan.
- Axborot xavfsizligini ta'minlash va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish masalalari: Sud-huquq sohasida axborot xavfsizligining holati va istiqbollari, axborot xavfsizligini ta'minlashning dolzarb masalalari, kibеrjinoyat va uning rivojlanishi, korrupsiya va axborot xavfsizligi masalalari hamda AQSH va boshqa mamlakatlarda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishning o'ziga xos jihatlari tahlil qilingan.
- Fan va yoshlar: Raqamli transformatsiya sharoitida sudga qadar ish yuritish organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashda o‘zaro hamkorligining ijtimoiy ahamiyati, Yuridil ta'lim va fanning raqamli transformatsiyasi tendensiyalari, Yoshlar bandligini ta'minlash sohasida kooperativlar faoliyatini tashkil etishdagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar, shuningdek, raqamli iqtisodiyotda yoshlar bandligi muammolari yoritilgan.