Витилиго билан касалланган беморларда комбинирланган фототерапияни клиник-иммунологик самарадорлигини баҳолаш
Ushbu kitobda lazer va immunoterapiyani birlashtirib davolashning samaradorligini baholash orqali vitiligoni kompleks davolash usullari yoritilgan. Vitiligo kasalligining umumiy ko'rinishlari, sabablari, immunologik holati va ushbu kasallikni davolashda zamonaviy usullarning qo'llanilishi atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda bemorlarning hayot sifati ham nazardan chetda qolmagan va davolashning klinik-immunologik samaradorligi hamda tavsiyalar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Vitiligo kasalligining klinik va immunologik xususiyatlari: Kitobda vitiligo kasalligining kelib chiqishi, rivojlanish mexanizmlari, uning etiologiyasi va patogenezi bo'yicha zamonaviy qarashlar, immunologik buzuilishlar, turli xil klinik shakllari, diagnostikasi, shuningdek, uning qo'zg'atuvchi omillari va belgilari keng yoritilgan.
- Vitiligo davosida qo'llaniladigan zamonaviy usullar: Kitobda vitiligo kasalligini davolashda qo'llaniladigan fototerapiya (NB-UVB, eksimer lazer), immunokorrektiv terapiya (pentoksifilin, deksametazon, takrolimus) va ularning kompleks qo'llanilishi natijasida olingan samaradorlik statistik jihatdan tahlil qilingan.
- Vitiligo bilan kasallangan bemorlarda hayot sifatining baholanishi: Tadqiqotda bemorlarning hayot sifatini baholash uchun DLQI (Dermatologik hayot sifati indeksi) so'rovnomasi qo'llanilgan. Davolashdan oldingi va keyingi DLQI qiymatlari taqqoslanib, davoning bemorlar hayot sifatiga ta'siri tahlil qilingan.
- Vitiligo davosida immunologik mexanizmlarning roli: Kitobda vitiligo rivojlanishida T-limfotsitlar, sitokinlar va boshqa immun tizimi hujayralarining roli atroflicha o'rganilgan. Immunologik ko'rsatkichlarning davolashdan keyingi o'zgarishlari tahlil qilingan.