Covid-19 oʻtkazgan bemorlarda surunkali yurak yetishmovchiligining rivojlanishida fibroz biomarkerining prognostik ahamiyati

Ushbu monografiya COVID-19 infeksiyasini o'tkazgan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligining (SYY) rivojlanishida fibroz biomarkerining prognostik ahamiyatini o'rganishga bag'ishlangan. Unda COVID-19 ning yurak-qon tomir tizimiga ta'sir mexanizmlari, fibroz jarayonlarining rivojlanishi, Galektin-3 biomarkerining roli va uning diagnostik hamda prognostik ahamiyati atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida SYY bilan og'rigan bemorlarni erta aniqlash va prognozlash usullarini ishlab chiqish bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Asosiy mavzular

  • COVID-19 ning yurak-qon tomir asoratlari: Koronavirus infeksiyasida surunkali yurak etishmovchiligining kechishini o'ziga xos xususiyatlari, surunkali yurak etishmovchiligida fibroz biomarkerlarining prognostik ahamiyati, Galektin-3 ning potensial (funksional) qiymatlari va COVID-19 dan keyingi davrda surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarni davolashda tizimli yondashuv.
  • SYY bilan bemorlarni klinik material tavsifi va tekshirish usullari: Tadqiqotda ishtirok etgan bemorlarning klinik tavsifi, ularning ijtimoiy-demografik va anamnestik ko'rsatkichlari, asosiy xavf omillarini baholash usullari, jismoniy yuklamalarga chidamliligini aniqlash, hayot sifatini baholash, immunoferment tahlillar va statistik tahlil usullari.
  • SYY mavjud bemorlarda COVID-19ga chalinganligiga bog'liq ravishda klinik-anamnestik tavsifini baholash: COVID-19 bilan kasallangan va kasallanmagan SYY bemorlarida ijtimoiy-demografik va anamnestik ko'rsatkichlarning taqqoslanishi, xavf omillarining tarqalganlik darajasi va ularning ruhiy-emosional holati.
  • SYY bo'lgan bemorlarda koronavirus infeksiyasidan keyingi klinik va gemodinamik ko'rsatkichlarni o'ziga xosligi: COVID-19 ga chalinganlik darajasiga qarab klinik-funksional holatni baholash, biokimieviy tekshiruv ko'rsatkichlariga bog'liq holda miokardial fibroz darajasini baholash va gemodinamik ko'rsatkichlarni o'rganish.
  • COVID-19 ga chalingan bemorlarda SYY og'ir darajalarini rivojlanishida fibroz markerining ahamiyati: COVID-19 ga chalingan/chalinmagan SYY bemorlarda fibroz markeri Galektin-3 ni miqdoriy taxlili, qondagi Galektin-3 miqdori bilan klinik, funksional va gemodinamik ko'rsatkichlarni o'zaro korrelyasion bog'liqligini baholash va COVID-19 dan keyingi davrda SYY bo'lgan bemorlarda avj olishini erta prognozlash logistik usulini ishlab chiqish.