Iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish

Ushbu dissertatsiya Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishi bo'lib, unda iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning nazariy va uslubiy asoslari takomillashtirilgan. Tadqiqotda zamonaviy iqtisodiy nazariyalar, jahon tajribasi va mamlakatimiz iqtisodiyotining o'ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning samaradorligini oshirish bo'yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xususan, "yashil" iqtisodiyot va innovatsion moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning nazariy-uslubiy asoslari: Iqtisodiyotni transformatsiyalash jarayonida investitsiya loyihalarining iqtisodiy mohiyati, tarkibi va tasniflanishi, investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash shakllari va usullari, investitsiya faoliyatini noan'anaviy usullar orqali moliyalashtirishning ilmiy-nazariy jihatlari, investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning zarurligi va funksional elementlarining nazariy asoslari bayon etilgan.
  • Investitsiya loyihalarining samaradorligini tahlil qilish va baholashda pul oqimlarining diskontlash metodologiyasini shakllantirish tartibi: Investitsiya loyihalarini tahlil qilish va baholashning nazariy jihatlari, investitsiya loyihasining pul oqimlarini hisoblash tarkibi va ilmiy-uslubiy masalalari, investitsiya loyihalari boʻyicha pul oqimlarini diskontlash usullarining uslubiy jihatlari, investitsiya takliflarini baholash uchun pul oqimlarini diskontlash usullarining qoʻllanilishini tahlil qilish, investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini va uni amaliy qo'llash imkoniyatlarini baholashning uslubiy yoʻnalishlari oʻrganilgan.
  • Oʻzbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning hozirgi holati tahlili va ilgʻor xorijiy tajribalar: Oʻzbekistonda hududlar va tarmoqlar kesimida investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning joriy holati tahlili, milliy iqtisodiyotda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning noan'anaviy usullari tahlili, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish samaradorligi va unga ta'sir etuvchi omillarning ekonometrik tahlili, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etish tizimini takomillashtirish yo'llari tahlil etilgan.
  • Asosiy yoʻnalishlar va tavsiyalar: Iqtisodiyotni transformatsiyalash sharoitida investitsiya faoliyatini tizimli tarzda moliyalashtirish yo'llari ishlab chiqilgan. "Yashil" moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish taklif etilgan. Moliyalashtirish metodologiyasining koʻp bosqichli tizimi taklif qilingan. Transformatsiya davridagi institutsional muhitga mos zamonaviy moliyaviy vositalar taklif etilgan.