Bolalarda rejali jarroxlik operatsiyalarini amalga oshirish asoslari

Ushbu monografiya bolalar jarrohligida rejali va shoshilinch operatsiyalarni ilmiy-metodik asosda tashkil etish muammolarini chuqur tahlil qilgan holda, zamonaviy pediatrik xirurgiya talablariga javob beruvchi kompleks yondashuvlarni tavsiflaydi. Asosiy e’tibor bolalar organizmining anatomo-fiziologik o‘ziga xosliklariga mos tarzda ishlab chiqilgan operatsion blok arxitekturasi, sanitariya-gigiyenik me’yorlar, xavfsizlik choralarini ta’minlaydigan texnologik jihozlanish, aseptika va antiseptika prinsiplari, shuningdek JSST va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining klinik yo‘riqnomalari asosida shakllantirilgan xavfni baholash algoritmlariga qaratilgan. Shuningdek, bu ishda diagnostika va preoperatsion tayyorgarlikdan tortib postoperatsion monitoringgacha bo‘lgan bosqichlarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, jumladan robotlashtirilgan tizimlar, 3D modellashtirish, sun’iy intellekt yordami va simulyatsion treninglar orqali jarrohlik amaliyotining xavfsizligini oshirish imkoniyatlari keng yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Bolalar jarrohligida operatsiyalarni tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari: Monografiyada bolalar organizmining anatomo-fiziologik xususiyatlari asosida operatsion blok arxitekturasi, sanitariya-gigiyenik talablari, asbob-uskuna va yoritish tizimlari, operatsion mikroiqlim sharoitlari ilmiy yondashuv bilan tahlil qilingan. Aseptika va antiseptika prinsiplari, sterilizatsiya texnologiyalari, hamda zamonaviy antiseptik vositalarning bolalar tibbiyotidagi o‘rni chuqur o‘rganilgan.
  • Operatsion texnika va undan foydalanish: Operatsiya texnika bo‘limida umumiy va maxsus jarrohlik yondashuvlar, asboblarning mosligi, qon to‘xtatish usullari, laparoskopik, endoskopik va minimal invaziv texnikalar keng qamrovda yoritilgan. Ayniqsa, innovatsion texnologiyalarning – jumladan robotlashtirilgan tizimlar, 3D model asosidagi rejalashtirish, sun’iy intellekt va simulyatsion treninglar – shoshilinch va rejali bolalar jarrohligiga integratsiyalashuvi bo‘yicha milliy va xalqaro tajribalarga asoslangan ilmiy tahlillar keltirilgan.
  • Xavfni baholash va postoperatsion monitoring: Preoperatsion xavfni baholash algoritmlari, jumladan ASA, P-POSSUM tizimlari, laborator-biokimyoviy skoring va psixologik tayyorgarlik mexanizmlari keng ko‘lamda tahlil etilgan. Shuningdek, postoperatsion monitoring algoritmlari orqali infeksiya, qon ketish, og‘riq sindromi va emotsional stress nazoratida innovatsion yondashuvlar asosida amaliy takliflar berilgan.