Фертил ёшдаги аёлларда метаболик синдром фонида буйрак шикастланишининг этиопатогенетик хусусиятлари, ташхисот ва профилактика асослари
Ushbu monografiya «Fertil yoshdagi ayollarda metabolik sindrom fonida buyrak shikastlanishining etiopatogenetik xususiyatlari, tashxisot va profilaktika asoslari» mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda semizlik va ortiqcha tana vaznining buyraklar faoliyatiga ta'sirini, shu jumladan, genetik moyillikning rolini chuqur o'rganishga bag'ishlangan ilmiy tadqiqot natijalari keltirilgan. Kitobda ayollarda buyrak kasalliklarining rivojlanishida semizlikning o'rni, uni aniqlash usullari va oldini olish choralarining muhimligi yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Semizlik va ortiqcha tana vazni bilan bog'liq surunkali buyrak kasalliklari: Ushbu mavzu semizlik va ortiqcha tana vaznining surunkali buyrak kasalliklari (SBK) rivojlanishidagi o'rni, uning global miqyosdagi tarqalishi, etiologiyasi, diagnostikasi va davolash muammolarini keng qamrovli o'rganadi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko'ra, semizlik dunyo aholisi salomatligi uchun jiddiy xavf tug'dirayotgan global muammolardan biriga aylanganligi va SBK ning eng muhim xavf omillaridan biri ekanligi ta'kidlanadi.
- Abdominal semizligi bo'lgan fertil yoshdagi ayollarda buyrak kasalligi rivojlanish xavf omillari: Bu mavzu abdominal semizlikka ega bo'lgan fertil yoshdagi ayollarda buyrak kasalliklarining rivojlanish xavf omillarini aniqlash va baholashga bag'ishlangan. Tadqiqotda aniqlangan ma'lumotlarga ko'ra, ushbu guruhdagi ayollarda buyrak shikastlanishining ko'rsatkichlari yuqori bo'lib, bu holatning sabablari o'rganilgan.
- Abdominal semizligi bo'lgan fertil yoshdagi ayollarda surunkali buyrak kasalligi ertata'shxisoti va bashorati: Mavzu abdominal semizlikka ega bo'lgan fertil yoshdagi ayollarda surunkali buyrak kasalligini erta aniqlash va uning rivojlanishini bashoratlashtirish usullarini o'rganishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari ushbu kasallikning rivojlanishida bir qator omillarning muhimligini ko'rsatadi va diagnostik hamda prognoz ahamiyatini belgilaydi.
- Genetik mutatsiyalar va buyrak kasalliklari: Bu bo'lim APOL1 geni polimorfizmlarining surunkali buyrak kasalliklari (SBK) rivojlanishidagi roli va genetik moyillikning ahamiyatini ochib beradi. APOL1 genining mutatsiyalari bilan bog'liq bo'lgan buyrak patologiyalari va ularning genetik mexanizmlari tadqiq qilingan.