Eksperimental toksik gepatitda ko‘z to‘r pardasining gistokimyoviy baholash uslubi
Ushbu uslubiy qo'llanma eksperimental toksik gepatitda koʻz toʻr pardasining gistokimyoviy baholash usullarini yoritadi. Unda toksik gepatit ta'siri ostida koʻz toʻr pardasidagi hujayra morfologiyasi va funksiyasidagi buzilishlar hamda gistokimyoviy usullardan foydalanish, natijalarni tahlil qilish va talqin etish mezonlari bayon etiladi. Tadqiqotlar toksik zararlanish fonida ko'z to'r pardasining tuzilishi va funksiyasida ro'y beradigan patologik jarayonlarni aniqlash, ularga baho berish va klinik jihatdan talqin qilish imkonini beradi. Qoʻllanmadagi metodik yondashuvlar, mikroskopik va gistokimyoviy tahlillar orqali aniqlangan natijalar ilmiy-tadqiqot maqsadlarida, balki amaliy sog'liqni saqlash tizimida keng qoʻllanilishi mumkin.
Asosiy mavzular
- Kirish: Bugungi kunda Oʻzbekistonda ichki organlar, ayniqsa jigar kasalliklari bilan bog'liq sog'liq muammolari sezilarli darajada ortib bormoqda. Toksik gepatit organizmda faqat jigarni emas, balki boshqa hayotiy muhim tizim va a'zolarni ham zararlaydi. Ulardan biri ko'z to'r pardasi (retina) bo'lib, u markaziy asab tizimi bilan bevosita bog'liq boʻlgan murakkab tuzilma hisoblanadi. Retina orqali jigar faoliyatidagi buzilishlarning koʻzga ko'rinmas dastlabki belgilarini aniqlash mumkin. Shu nuqtai nazardan, ko'z to'r pardasining gistokimyoviy va morfologik holatini oʻrganish jigar kasalliklarining erta tashxisini aniqlashda dolzarb masalalardan biridir.
- Dolzarbligi: Zamonaviy tibbiyotda surunkali toksik jarayonlar, ayniqsa metabolik va toksik gepatopatiyalar bilan bog'liq patologiyalar soni ortib bormoqda. Jigar nafaqat metabolik markaziy organ, balki butun organizmning detoksikatsiya tizimida muhim rol o'ynaydi. Uning strukturaviy va funksional buzilishi koʻplab ikkilamchi asoratlar, jumladan, koʻrish a'zolari retina va optik nervga ham bilvosita ta'sir ko'rsatishi mumkin. Gepatotoksik moddalar organizmda oksalat kislotasini hosil qilishi orqali faqat buyrak va jigar emas, balki koʻz toʻqimalariga ham zarar yetkazishi mumkin.
- Tadqiqot maqsadi: Jigar to'qimalari o'rtasidagi morfofunksional bog'liqlikni chuqurroq yoritib berish bo`lib hisoblanadi. Toksik gepatit sharoitida ko'z retinasida yuzaga keladigan fermentativ, energetik, metabolik buzilishlarni gistokimyoviy metodlar asosida aniqlashdan iborat. Gepatotoksik jarayonlar natijasida ko'rish a'zosida yuzaga keladigan yashirin morfologik shikastlanishlarni erta bosqichda aniqlash muhim ahamiyatga ega. Gepatoprotektiv preparatlarning nafaqat jigar, balki koʻrish organini ham himoya qilishdagi samaradorligini baholash muhim hisoblanadi.
- Tadqiqotning material va metodlari: Tadqiqot erkak Wistar kalamushlarida olib borilgan boʻlib, ularning tana vazni 150-200 g orasida boʻlgan. Hayvonlar Oʻzbekiston Respublikasining 'Laboratoriya hayvonlari bilan ishlash etik qoidalari'ga muvofiq, vivariyda 14 kunlik karantin sharoitida saqlanib, sog'lom namunalar tajribaga jalb etildi. Nazorat guruhi (n = 16) intakt, sog'lom kalamushlar tanlab olinadi. Toksik gepatit guruhi (n = 40) paracetamol preparati yordamida toksik gepatit modellashtirilgan.
- Tadqiqot natijalari: Jigar to'qimasining morfologik va gistokimyoviy oʻzgarishlari Rastoropsha bilan davolangan guruhda jigarning markaziy venalar atrofida donador degeneratsiya va nekroz hududlari aniqlanib, jigar parenximasining normal tuzilishi buzilganligi ko'rsatildi. SDG faolligi sezilarli darajada pasaygan, bu mitoxondrial metabolizmning buzilganligini tasdiqladi. Paratsetamol bilan toksik gepatit chaqirilganda retinaning kapillyarlarida oʻtkazuvchanlik oshishi va retikulin tolalarining buzilishi kuzatildi.
- Iqtisodiy samaradorligi: Oʻzbekiston sog'liqni saqlash tizimida dori vositalarining nazoratsiz qo'llanilishi tufayli jigar shikastlanishlari va u bilan bog'liq ikkilamchi asoratlar (masalan, retina zararlanishi) ko'payib bormoqda. Har bir toksik gepatit holati davolanishi uchun gemodializ, gepatoprotektorlar, parenteral terapiya kabi yuqori xarajatli tibbiy aralashuvlar talab etiladi. Koʻrish buzilishlari boʻlgan bemorlar nogironlik guruhiga chiqarilishi orqali davlatdan nafaqa, imtiyozli dori vositalari va reabilitatsiya xarajatlarini talab qiladi.
- Xulosalar: Keng qo'llaniladigan dori vositalarining noto'g'ri, me'yordan ortiq yoki uzoq muddatli iste'moli natijasida rivojlanadigan toksik gepatit holatlari hozirgi kunda nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy va iqtisodiy muammoga aylangan. Jigar hujayralari faolligining pasayishi, gepatotsitlarning nekrozi, detoksikatsiya tizimining buzilishi nafaqat umumiy organizm funksiyalarini, balki bevosita ko'zning to'r pardasi (retina) kabi metabolik jihatdan sezgir a'zolarni ham shikastlaydi. Gepatoprotektiv terapiya vositalarining eksperimental sharoitda qoʻllanilishi toksik gepatit fonida kuzatiladigan buzarilishlar oldini olishda yuqori samaradorlik koʻrsatdi.
- Amaliy tavsiyalar: Toksik gepatitda gepatoprotektiv terapiyani erta bosqichda qoʻllash maqsadga muvofiq bo`ladi. Gepatoprotektorlar (silibinin, ursodeoksixol kislota, S-adenozilmetionin, glicirrizin kislotasi asosidagi preparatlar)ni toksik gepatit belgilari paydo boʻlishi bilanoq kompleks terapiyaga qo'shish tavsiya etiladi. Terapiya davomida jigar fermentlari (ALT, AST, ALP) bilan birga retina holatini baholovchi vositalar (oftalmoskopiya, ERG) ham nazorat qilinishi kerak.