O‘spirinlarda stress psixoprofilaktikasi va psixokorreksiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Fan va Innovatsiyalar Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi, Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti tomonidan nashr etilgan monografiya o‘smirlarda stressning psixoprofilaktikasi va psixokorreksiyasi masalasini keng qamrab oladi. Unda stressning kelib chiqishi, uning turlari, o‘smirlarda stressning namoyon bo‘lishi, uni oldini olish va bartaraf etish yo‘llari chuqur o‘rganilgan.

Asosiy mavzular

  • Stress muammosining psixologik-pedagogik adabiyotlarda o‘rganilganligi: O‘smirlik davri va bu davrda yuz beradigan psixofiziologik o‘zgarishlarni yurtimiz hamda xorij psixologlari tadqiqotlarida yoritilishi. O‘spirin yoshlarda stress holatining keltirib chiqaruvchi ob’ektiv va subektiv omillar. Sharq allomalari asarlarida shaxs emotsional holatlari masalasi. Uzoq xorij olimlari tomonidan muammoning o‘rganilishi.
  • O‘smirlarda stress psixodiagnostikasi: Shaxsdagi stressni aniqlashga qaratilgan metodikalar. Masalan, «Reaktiv (vaziyatli) va shaxsiy xavotirlik darajalarini» o‘rganuvchi (CH.D.Spilberger va YU.L.Xanin) so‘rovnomasi, A.M.Prixojanning «Xavotirlanish darajasi»ni aniqlash shkalasi.
  • O‘smirlarda stress va uni bartaraf etish bo‘yicha olib boriladigan chora-tadbirlar: Stressni oldini olish va uni bartaraf etish usullari. Stress psixoprofilaktikasi dasturi. Muammoli vaziyatlarda pozitiv fikr yuritishni rivojlantiradigan mashqlar. Psixologik-pedagogik tavsiyalar.