Оналар ҳаётини сақлаш учун аёллар саломатлиги ва тиббий ёрдамни такомиллаштириш
Ushbu kitob O'zbekistonda ona va bola salomatligini yaxshilash, o'limni kamaytirishga qaratilgan muhim ilmiy-amaliy qo'llanmadir. Unda mamlakatimizda va jahonda ona o'limining sabablari, uning oldini olish va davolash yuzasidan zamonaviy yondashuvlar, shuningdek, muhim tibbiy muammolarga bag'ishlangan chuqur tahlillar keltirilgan. Kitobda o'tkir respirator kasalliklar (COVID-19), sepsis, preeklampsiya, qon ketish, buyrak va jigar kasalliklari kabi keng tarqalgan va og'ir asoratlarning profilaktikasi, diagnostikasi va davolash yuzasidan tavsiyalar berilgan. Kitob, shuningdek, holanalar o'limining statistik ma'lumotlari, uni tahlil qilish usullari, foydalanilgan adabiyotlar va amaliy tavsiyalar bilan boyitilgan.
Asosiy mavzular
- Onalar o'limi - jahon muammosi: Jahon va O'zbekistonda onalar o'limi statistikasini, uning sabablarini va global tendensiyalarni tahlil qiladi. BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida onalar o'limini kamaytirish bo'yicha choralarni ko'rib chiqadi.
- Onalar o'limini tahlil qilish usullari: Onalar o'limini aniqlash va sabablarini o'rganish uchun qo'llaniladigan turli usullar, jumladan, verbal autopsiya va muassasa darajasidagi tahlil haqida ma'lumot beradi.
- Onalar o'limining sabablari, homiladorlik va tug'ruq xususiyatlari: Onalar o'limining asosiy sabablarini, jumladan, qon ketishi, sepsis, preeklampsiya, buyrak va jigar kasalliklari, COVID-19 va tromboembolik asoratlarni batafsil yoritadi. Homiladorlik davridagi holatlar, tug'ruq usullari va yosh omillari tahlil qilinadi.
- Qon ketish sababli onalar o'limini oldini olish yo'llari: Onalarda qon ketishining sabablarini, uning oldini olish va davolash bo'yicha samarali usullarni ko'rib chiqadi. Bunda anemiya va boshqa omillarning roli tahlil qilinadi.
- Genital sepsisda акушерлик ёрдамни такоmillashtirish: Genital sepsisning sabablari, rivojlanishi va uni aniqlash hamda davolashdagi kamchiliklarni tahlil qiladi. Profilaktika va samarali davolash bo'yicha tavsiyalar beradi.
- Preeklampsiya: Preeklampsiya turlari, rivojlanish sabablari, diagnostikasi va davolash yuzasidan batafsil ma'lumot beradi. Uni oldini olish va uning og'ir asoratlarini kamaytirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
- Homiladorlik paytida somatik kasalliklar ta'siri oqibatlari: Homiladorlik davrida rivojlanishi mumkin bo'lgan somatik kasalliklarning ona o'limiga ta'sirini tahlil qiladi. Ayniqsa, COVID-19, yurak-qon tomir kasalliklari, buyrak va jigar kasalliklarining oqibatlari ko'rib chiqiladi.
- Onalarda o'pka arteriyasi tromboemboliyasi xavf omillari: O'pka arteriyasi tromboemboliyasining (O'ATE) sabablari, rivojlanish mexanizmlari va uning oldini olish bo'yicha tavsiyalar beriladi. Bunda immobilizatsiya, genetik omillar va boshqa xavf omillari tahlil qilinadi.