Sug‘orish nasos stansiyalari kaskadlarining ishonchliligi va xavfsizligini oshirish (Qarshi magistral kanali misolida)
Ushbu doktorlik dissertatsiyasi Qarshi magistral kanalining sug'orish nasos stansiyalari kaskadlarining ishonchliligi va xavfsizligini oshirish muammolarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda nasos stansiyalarining ekspluatatsiya davridagi texnik holati baholangan, ishonchlilik va xavfsizlikni oshirish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etish bo'yicha takliflar berilgan. Tadqiqot natijasida Qarshi magistral kanali nasos stantsiyalarining ishonchliligi va xavfsizligi umumiy holatda 7-10% ga oshirish imkoniyati yaratilgan.
Asosiy mavzular
- Tadqiqotning dolzarbligi va zarurati: Jahonda irrigatsiya tizimlari nasos stantsiyalari kaskadlari ishonchliligi va xavfsizligini oshirish uchun yangi zamonaviy texnika vositalari va tejamkor texnologiyalarni qoʻllash muhim ahamiyat kasb etadi. Iqlim oʻzgarishi sababli daryolarda suv sarfi kamayib ketayotganligi sugʻorish nasos stansiyalari kaskadlarining ishonchliligi va xavfsizligini oshirishni taqozo etadi.
- Tadqiqotning maqsadi: Qarshi magistral kanali nasos stantsiyalarini foydalanish davridagi ishonchliligi va xavfsizligini mavjud holatini baholash va ularni oshirishni asoslash.
- Tadqiqotning usullari: Sugʻorish nasos stansiyalarining ishonchliligi miqdoriy koʻrsatkichlari ishonchlilik nazariyasi va matematik stastistikaga asoslanib aniqlandi, gidrotexnikada qabul qilingan umumiy qonuniyatlar, matematik modellashtirish, nazariy va tajriba tadqiqotlari oʻtkazishda ilmiy metodikalardan foydalanildi.
- Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Ilmiy ahamiyati nasos stansiyaning joriy texnik holatini oʻrganish va ularning ishonchliligi va xavfsizligi muammosi turli jihatlarini tahlil qilish, mexanik suv koʻtarish tizimining bir nechta elementlarini takroriy sinovdan oʻtkazish tartibini asoslash, asosiy jihozlarining ish rejimlarini ishonchliligini oʻrganishdan iborat. Amaliy ahamiyati esa nasoslarning ish rejimini yomonlashtiradigan, ularning samaradorligini pasaytiradigan va sezilarli yo'qotishlarga olib keladigan alohida jihoz elementlarining FIK yaxshilash usullari ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi.
- Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Qarshi magistral kanali misolida sugʻorish nasos stansiyalari kaskadlarining ishonchliligi va xavfsizligini oshirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida kaskadlarning ishonchliligi va xavfsizligini umumiy holatda 7-10% gacha oshirish imkoni yaratilgan. Mashina kanalining 20 kmli uchastkasida elektr energiyasini tejash, QMK nasos stansiyasini suv bilan ta'minlash 5-7% ga oshishi imkoni yaratilgan.