“Alpomish” dostonining dialektal xususiyatlari (Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li varianti asosida).
Ushbu dissertatsiya O'zbekiston milliy epik dostoni "Alpomish"ning Fozil Yo'ldosh o'g'li ijrosidagi varianti misolida dialektal xususiyatlarini lingvistik va nolingvistik omillarni o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda doston tilidagi dialektal birliklarning leksik-semantik, etimologik, fonetik va morfologik xususiyatlari hamda ularning badiiy-estetik, lingvopoetik imkoniyatlari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, "Alpomish" dostonida uchraydigan dialektizmlarning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati, oʻzbek tilshunosligi, lingvofolkloristika va dialektologiya fanlari rivojiga qoʻshgan hissasi ham koʻrsatib berilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, maqsad va vazifalari, obyekti, predmeti, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati, tadqiqotning joriylanishi, nashr etilgan ishlar va dissertatsiyaning tuzilishi haqida ma'lumot berilgan.
- Ilmiy yangiligi: Tadqiqotda Fozil Yo'ldosh o'g'li ijrosidagi "Alpomish" varianti leksikasida dialektallikni ta'minlagan antroponim, oronim, etnonim kabi onomastik birliklarning leksik-semantik, tarixiy-etimologik jihatlari, genetik manbalari, genetik manbalari, bu birliklarning asar mavzu va g'oyasiga mutanosib tarzda shakl va ma'no uyg'unligi tamoyili asosida qoʻllanishining uslubiy jihatlari ilmiy asoslab berilgan.
- Amaliy natijalari: Dostonning dialektal xususiyatlarini ta'minlagan lisoniy va nolisoniy omillar tahlili, eposda qoʻllangan dialektal birliklarning tadqiqi natijasida chiqaarilgan xulosa va talqinlar folklor dialektologiyasi, onomastikasi sohalarini yangi ilmiy-nazariy qarashlar bilan boyitishi, xususan, tilshunoslikning lingvofolkloristika, leksikologiya, leksikografiya, uslubiyat sohalari boʻyicha yaratiladigan darslik va oʻquv qoʻllanmalarining mukammallashuviga xizmat qilishi asoslangan.
- Xulosa: "Alpomish" dostonining Fozil Yo'ldosh oʻgʻli ijrosidan yozib olingan varianti)ning dialektal xususiyatlarini oʻrganish, dialektal til birliklarini leksik-semantik, stilistik jihatdan tadqiq etish quyidagicha xulosalarga kelish imkoniyatini berdi.