Oliy ta‘lim muassasalari talabalarining mediasavodxonlik va axborot madaniyatini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari (Falsafa fani misolida)
Ushbu tadqiqot Oliy ta'lim muassasalari talabalarining mediasavodxonlik va axborot madaniyatini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslarini falsafa fani misolida tadqiq etadi. Kitobda mediasavodxonlik tushunchasi, uning falsafiy, pedagogik va psixologik mazmuni, xorijiy tajribalar tahlili va O'zbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari o'rganilgan. Shuningdek, talabalarda tanqidiy fikrlash va axborotni saralash ko'nikmalarini shakllantirishga ta'sir etuvchi omillar, mediasavodxonlikni rivojlantirish texnologiyalari va tashkiliy mexanizmlar, shuningdek, ushbu jarayon natijalari tahlil qilingan.
Asosiy mavzular
- Mediasavodxonlik va axborot madaniyatining falsafiy-epistemologik asoslari: Bobda mediasavodxonlik va axborot madaniyati tushunchalarining tarixi va rivojlanish bosqichlari, ularning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati hamda oliy ta'lim muassasalarida media va axborot kompetensiyalarini rivojlantirish zarurati masalalari yoritilgan.
- Falsafa fanini o'qitishda mediasavodxonlikni rivojlantirishning metodik va pedagogik asoslari: Bobda Falsafa fanini oʻqitish jarayonida mediasavodxonlik elementlarini integratsiya qilish tamoyillari, axborot texnologiyalari va internet resurslaridan foydalanish metodikasi, interaktiv uslublar va multimedia vositalari orqali falsafa fanini boyitish va Falsafa darslarida mediamajmua bilan ishlash metodikasi tahlil etilgan.
- Talabalarning mediasavodxonlik va axborot madaniyatini rivojlantirish texnologiyalari va tashkiliy mexanizmlari: Bobda Oliy ta'lim muassasalarida mediasavodxonlikni rivojlantirishda institutsional yondashuvlar, mediasavodxonlik va axborot madaniyatini rivojlantirishda ilg'or xorijiy tajriba, media savodxonlik jarayonini boshqarishda innovatsion pedagogik texnologiyalar masalalari hamda Oliy ta'lim muassasalarida mediasavodxonlik va axborot madaniyatini rivojlantirish modellari keng yoritilgan.
- Mediasavodxonlik va axborot madaniyatini rivojlantirish tajribalarining natijalari va istiqboliy yoʻnalishlar: Bobda talabalarda media savodxonlikni shakllantirishga doir tajriba-sinov ishining tashkiliy asoslari hamda natijalari bayon etilgan va ushbu tadqiqot natijalariga asoslangan xulosalar chiqarilgan.