Yosh xokkeychilarni harakat tayyorgarligini shakllantirishda 3D texnologiyasini qo‘llash metodikasi
Ushbu avtoreferat yosh xokkeychilarni harakat tayyorgarligini shakllantirishda 3D texnologiyasini qo'llash metodikasi mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi bo'yicha
Asosiy mavzular
- Kirish: Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati, muammoning oʻrganilganlik darajasi, maqsad va vazifalari, tadqiqot obyekti va predmeti, tadqiqot metodlari, dissertatsiyaning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan.
- Tadqiqotning asosiy mazmuni: Dissertatsiyaning "Yosh sportchilarni harakat tayyorgarligini shakllantirishda 3D texnologiyalarining oʻrni” deb nomlangan birinchi bobida sport takomillashuvining turli bosqichlarida xokkeychilarining texnik va harakat tayyorgarligini tahlil qilish, xokkey sport turiga tayyorlashda mashg'ulot vosita va usullarini qo'llash xususiyatlari, xokkey sportida texnik tayyorgarlikka zamonaviy yondashuvlari toʻgʻrisida ma'lumotlar keltirilgan.
- Tadqiqot usullari: Tadqiqotda mavjud ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish, pedagogik kuzatuv, pedagogik nazorat, anketa so'rovnoma, pedagogik testlash, biomexanik tahlil (3D), pedagogik tajriba va matematik-statistik uslublardan foydalanilgan.
- Tadqiqot natijalari: 3D texnologiyasidan foydalanish orqali boshlang'ich tayyorgarlik bosqichidagi xokkeychilarning harakat tayyorgarligini oshirish boʻyicha olingan natijalar asosida OʻzbekistonSport vazirligining 2025-yil 6-maydagi 02-16/4755-son ma'lumotnomasi asosida klublarda tatbiq qilingan.
- Xulosa: Adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, xokkey sportida harakat tayyorgarligini rivojlantirishda sportchining koordinatsiya, muvozanat va tezlik reaksiyasi kabi kompleks koʻrsatkichlarini aniqlash murakkabligi, bu harakatlarning yuqori intensivlik va oʻzgaruvchanlikka ega boʻlishi, ularni baholash va aniqlashda olimlar hamda murabbiylar zamonaviy uslub va texnologiyalarga muxtojdir.